Asosiy mavzular
3 oktyabr 2018

Gulnora Karimova Dubaydami?

Yirik miqdorda tovlamachilik va korruptsiyada ayblanib, jazo o‘tayotggan 46 yashar Gulnora Karimova 2 oktyabr kuni xususiy uchoqda Dubay shahriga keldi.

Bu haqda «Ozodlik» radiosi o‘z manbalariga tayanib, 3 oktyabr kuni ma'lumot tarqatdi.

Gulnora Karimova mingan xususiy samolyot 2 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 14 da Dubayga kelib qo‘ngan va u VIP mehmon sifatida qayd etilgan.

«Eltuz» nashrining o‘rganishicha, Gulnora Karimova ismidagi xos mehmon Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida «Jumeyra al nasim» mehmonxonasi xodimlari tomonidan alohida ehtirom bilan kutib olingan va mehmonxonaning de-luxe spa nomeriga o‘rnashgan.

“Karimovani kutib oluvchi, unga xizmat ko‘rsatish, xususan, xavfsizligini ta'minlashga mas'ul xizmatchilarga tarqatilgan VIP mehmonga oid ma'lumotnomaga” ega ekanligini iddao qiladi, jumladan, «Ozodlik» e'lon qilgan maqola muallifi.

Ma'lumotnomada Karimovaning «2016 yilda vafot etgan prezidentning to‘ng‘ich qizi ekani va O‘zbekistonda qator nohukumat tashkilotlari asoschisi va rahbari ekani» aytiladi.

Ozodlik muxbiri Gulnora Karimova bilan gaplashdi

Maqolada aytilishicha, «Ozodlik» muxbiri Gulnora Karimova bilan qisqa suhbatda bo‘lgan.

«Go‘shakni Gulnora Karimova ko‘tardi. Go‘shakni ko‘targan ayol “Gulnora, sizmi?” degan savolga “ha” deb javob berdi va kim telefon qilganini bilgach, darhol trubkani qo‘yib qo‘ygan.

O‘zbekiston rasmiylari Gulnoraning ozod etilganini inkor qilmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi 2 oktyabr kuni “Gulnora Karimova qonun bilan belgilangan tartibda jazo o‘tashni davom etmoqda”, deya bayonot bergan edi.

2017 yil 28 iyul kuni Bosh prokuraturaning Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi Bosh prokuratura rasmiy saytida «G.Karimovaga nisbatan jinoyat ishlari yuzasidan xabar» e'lon qilgan edi.

Bu yilning 3 oktyabrida Bosh prokuratura rasmiy saytidan topilmagan bu hujjatda tovlamachilik va 2 milliard dollar atrofidagi pulni yashirishda ayblangan Gulnora Karimovaga Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani aytilgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 mart 2022
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirganiga bir oy to‘ldi. Rossiya Ukrainani uch kunda bosib oladi, degan bashoratlar (ular orasida g‘arb ...
20 noyabr 2020
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari haq talab qilgani (hujjatlarda – “jamoat tartibini buzgani”) uchun uch kunlik ma'muriy hibsga ...
18 aprel 2022
Ukrainada bedarak ketgan 11 nafar surxondaryoliklarning so‘ngi videosi Bucha tumaniga qarashli Kolonshchina qishlog‘i bozor qorovuli tomonidan 1 mart kuni ...
17 avgust 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...