Asosiy mavzular
5 oktyabr 2018

Alisher Usmonov biznesi, sanktsiyalar va mamlakatning so‘nggi oligarxi haqida

Rossiya telekanaliga berilgan intervyu mazmuni

USM Holdings asoschisi, Rossiyaning eng boy o‘ntaligiga kiruvchi Alisher Usmonov Rossiya kanalining «Deystvuyuщie litsa» («Harakatdagi shaxslar») ko‘rsatuvi qahramoni bo‘ldi. Bunda u ko‘rsatuv boshlovchisi Nail Askerzodaga o‘z biznesi, santsiyalarga munosabati, mamlakatning so‘nggi oligarxi va hayot tamoyillari haqida gapirdi. «Meduza» nashri intervyu mazmunini keltiradi.

Foto: Sergey Guneev / Sputnik / Scanpix / LETA

Biznesi haqida

Men o‘zimning dastlabki millionimni polietilen paket savdosidan yiqqanman. Juda shirin tuyg‘u. Keyin bu millionni mening o‘rtog‘im kazinoda yutqazgan.

Men bir necha bor xonavayron bo‘lish yoqasida qolganman. Bir marta 1990 yili hatto meni ortiq hech kim topa olmasligi uchun mayoq yoquvchisi bo‘lib ishlashga ketishni xohlaganman.

Mening yana ko‘plab aktivlarim G‘arbda, katta va kichik mamlakatlarda qolgan.

«Kommersant» — bu allaqachon meni qiziqtirmaydigan biznes. U allaqachon OAV tarixida qolgan, barcha bosma nashrlar ikkinchi iste'molda bo‘lishadi, saytlar oldinga chiqadi. Biroq men u yerda ishlayotgan jurnalistlarni hurmat qilaman. Bu mamlakat rivojlanishida muhim rol o‘ynagan brend, uni dafn qilish kerak emas.

Oligarxlar haqida

«Oligarx» degan so‘zga toqat qila olmayman. Bu so‘zda erkak uchun qandaydir qusurli narsa bor, «malikalar favoriti» deganga o‘xshash. Oligarx — bu hukumatdan haqini to‘lamasdan o‘margan kimsa. Men bundaylar sirasiga hech qachon kirmaganman. Bizda bo‘m-bo‘sh vagonda yakkayu yagona yo‘lovchi qolgan, haliyam ketyapti shuning ichida. U bitta shirkatidan tashqari hamma narsasini yo‘qotgan. Va u o‘zini oligarx deb biladi. Qolganlar — Abramovich, Deripaska — bu yirik va talantli biznesmenlar. Men esa ixtiyorsiz biznesmenman. Men dunyoni moliya orqali anglashni sevaman, biroq zerikarli pul birliklarini yig‘ishni yoqtirmayman.

Sanktsiyalar haqida

Sanktsiya — bu tarbiyaning yaxshi shakli emas, ayniqsa, siyosatga hech bir aloqasi bo‘lmagan biznesmenlar uchun. Idorani jazolang, insonning bunga nima daxli bor?!

Uzoq sanktsiyalar bumerang bo‘lib qaytadi. Ularga e'tibor berishning keragi yo‘q. Qanday sharoit bo‘lsa, shunday yashaymiz. Biz o‘zbeklar sabrli xalqmiz, lekin qo‘rqoq emasmiz.

Internet haqida

Men internet qiroli emasman. Qirollar — bu Jobs, Geyts, Tsukerberg, Grishin, Durov. Men esa internetning savdogari va uning ishqiboziman.

Internetni tartibga solish — arximuhim vazifa. Men tsenzura tarafida emasman, qonun tarafidaman. Internet — bu xuddi yadro quroli kabi. U tag‘in raqamli iqtisodiyot ham, insoniyatning axlati, iflosliklari oqadigan kloaka (chuqurlik, «Eltuz») hamdir. Bu narsa BMT doirasida tartibga solinishi kerak.

Men Navalniy haqida video yozdim, chunki unga o‘zining quroli bilan javob qaytarish lozim edi. Jamiyat blogosferaga ko‘chib o‘tyapti.

Hayot haqida

Ancha bo‘ldi ofisga bormayman. Ko‘pincha kuniga nol soatdan ishlayman.

Men fatalistmasman, biroq kimgadir yoki nimagadir tobe bo‘lishni istamayman. Men faqat o‘z prezidentimga yoki xotinimga bo‘ysunaman.

Hech kimga va hech qachon qarz bermayman.

Men o‘z hayotimda hatto erkimni yo‘qotganman. Hozir nimadan qo‘rqishim kerak?

Meduza.io
(Ruschadan «Eltuz» tahririyati tarjimasi)

Tag‘in o‘qing
6 yanvar 2017
Milliy olimpiya qo‘mitasining 6 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan XXX Bosh Assambleyasi yig‘ilishida Qo‘mita Vitse prezidentligiga Salim Abduvaliev saylandi. Shuningdek ...
17 avgust 2017
Matluba Azamatova 1965 yil Andijon shahrida tug‘ilgan. Maksim Gorkiy nomli Adabiyot institutida tahsil olgan. Britaniyaning IWPR instituti va Bi ...
28 mart 2019
1797 yili AQShda dunyodagi ilk kir yuvadigan mashinaga patent olindi. Shu tariqa bundan 219 yil avval insoniyat, xususan, ayollarning ...
29 mart 2018
Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog‘istonning Oqto‘basida avtobusda 52 nafar o‘zbek tiklayin yonib ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...