Asosiy mavzular
23 noyabr 2018

Jurnalist Bobojonovlar ishi bo‘yicha sud noma'lum kunga qoldirildi

Urganch tumani fuqarolik ishlari bo‘yicha sudi jurnalist Bobojonovlarning da'vosi bo‘yicha 23 noyabrga belgilangan sud majlisini noma'lum muddatga qoldirdi.

Bobojonovlarning advokati Umid Davletovga ko‘ra, ish birinchi instantsiyaga, uylarni musodara qilish haqida qaror chiqargan sudya U. Masharipovning o‘ziga qaytarilishi munosabati bilan qoldirilgan.

Urganch sudi 19 noyabr kuni jurnalistlarning uylari musodara qilingani yuzasidan shikoyat arizasini ko‘rib chiqishni 23 noyabrga belgilagan edi.

Biroq 23 noyabr kuni ertalab sudga yetib borgan G‘ayrat Bobojonovga sud kotibasi majlisning noma'lum muddatga qoldirilganini, sud kunini o‘zlari keyin xabar qilishlarini bildirgan.

«Endi sudya Masharipov ishni qabul qilib olib, o‘rganib chiqib, kunini o‘zi belgilashi kerak. Shundan keyin chaqiruv qog‘ozi yuboradi. Ungacha sudning kunini bilmaymiz», dedi advokat Davletov «Eltuz» muxbiriga.

Suddan bir kun avval «Ozod Yevropa – Ozodlik radiosi» (RFERL) ning Vashingtondagi qarorgohi ma'muriyati bu amalning jurnalistlardan o‘ch olinishi ekanini haqida bayonot chiqargan, uning nusxasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga jo‘natilgan edi.

Ayni bayonotda «Ozodlik» muxbirining jurnalistik faoliyat bilan shug‘ullanadigan ikki ukasi – G‘ayrat va Qudrat Bobojonovlarga tegishli uylarning ham musodara qilingani qoralanadi.

Shuningdek, advokat Davletovning «Eltuz»ga bildirishicha, protsessual qonunlarning buzilishi uy egalarini sudda qatnashtirmasdan va yolg‘on guvohliklardan foydalanib uylarni tortib olish to‘g‘risida sudga ariza kiritgan Urganch tumani hokimi Otabek Bekjonovning harakatlarida ko‘zga tashlanadi.

Uylari asossiz tortib olinayotgan Bobojonovlarni himoya qilish yuzasidan hozirda Toshkentdagi «Simay» advokatlik idorasi huquqshunoslari ish olib bormoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 noyabr 2019
Turkiyada yashayotgan O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi lideri Muhammad Solih 27 noyabr kuni «Nastoyashee vremya-Aziya» TV dasturi uchun bergan intervyusida ...
1 may 2020
Yo ramazon aytib keldik eshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersin beshigingizga, Qo‘chqorday o‘g‘il bersa beshigingizga, Kim kelib, kim ketmaydi eshigingizga. Aziz ...
8 aprel 2015
Toshkentla “Style.uz” san'at haftaligi o‘tmoqda – prezident to‘ng‘ich qizining dabdabali ermagi, ayni paytda esa paxta dalalarida bolalar o‘lmoqda, deya ...
25 yanvar 2024
Suratdagi bu shaxsni taniysizmi? Tanimagan bo‘lsangiz, hozir ipuchi beraman: 5600 so‘m? – Esladingizmi? …. Ha, topdingiz! Bu o‘sha «2020 ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...