Asosiy mavzular
21 mart 2019

Qishloq xo‘jaligi sohasida qat'iy yo‘limizni qachon topamiz?

O‘zbekiston hukumati fermerlik harakati siyosatini qaysi yo‘nalishda davom ettirishini bilmay, shuncha yillardan buyon halak bo‘lmoqda.

Bundan bir necha oy avval Vazirlar Mahkamasi fermerlarning yerlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi navbatdagi qarorini chiqargan edi.

Shu kunlarda esa fermerlar prezidentning qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etish to‘g‘risidagi qarori yana nimasi bo‘ldi, deya hayronligini yashirmayapti.

Garchi prezident qarorida bunday birlashmalar ixtiyoriylik va o‘zaro ishtirok tamoyillari asosida faoliyat ko‘rsatishi belgilangan bo‘lsa-da, ko‘p yillik achchiq tajriba ularni o‘z yerlari va faoliyati kelajagidan tashvishga tushishga majbur qilayotir.

Prezident qarorida bunday birlashmalar bo‘yicha boshlang‘ich loyihalar G‘allaorol, Zomin, Bulung‘ur, Urgut, Oltiariq, Quva, Qibray va Parkent tumanlarida amalga oshirilishi va ular meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va sotish yo‘nalishida ishlashi belgilangan.

Loyihalar natijasiga qarab, mamlakatning boshqa hududlarida ham qishloq xo‘jaligi birlashmalari tashkil etilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligi birlashmalariga a'zolik ixtiyoriy hisoblanadi hamda ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda kirish a'zolik badallari (paylarni) kiritish yo‘li bilan pay asosida amalga oshiriladi.

Ammo O‘zbekiston sharoitida “ixtiyoriylik” qanday bo‘lishini o‘z faoliyatida ko‘p bora sinovdan o‘tkazgan fermerlar va dehqonlarda xavotir bor. Chunki bundy ixtiyoriylik majburiyatga aylanib ketmasligiga kafolat yo‘q.

Qolaversa, hozir Vazirlar Mahkamasining fermer xo‘jaliklarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi qarori munosabati bilan boshlangan mojarolar tobora avj olib borayotir.

“Maqbullashtirish hokimning og‘zini moylaganlar foydasiga bo‘layotganini bugun hamma ko‘rib turibdi. Yillar davomida g‘allaning ham, paxtaning ham rejasini bajarib kelgan, lekin yeri 100 gektarga yetmaydigan ilg‘or fermerlarning ham yerlari tortib olinyapti. Bunaqada adolat qaerda qoladi”, deydi “Eltuz” bilan suhbatlashgan sirdaryolik fermer.

Uning ta'kidlashicha, shu paytgacha necha marta maqbullashtirish o‘tkazilgan bo‘lsa, ular fermerlik harakatining rivojlanishiga emas, faqat hokimlarning cho‘ntagini qappaytirishga xizmat qilgan.

“Fermer mulkdor bo‘ldi, yer o‘zining haqiqiy egasini topdi, deb OAVda qancha ko‘p gapirilsa, fermerlarga nohaqlik shunchalik kuchayib boravergan shu paytgacha. Hozir hamma narsani klaster qilish moda bo‘ldi. Fermerlarning yerlarini ham klaster qilishga tushib ketishgan shu pallada endi birlashma degani chiqyapti”, deydi fermer.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillar davomida mamlakatning butun qishloq xo‘jaligi tajriba maydoniga aylanib qolgan. Buning natijasida fermer o‘zining kelajagiga bo‘lgan ishonchini yo‘qotgan. Faqat bugungi kuni bilan yashashga intilayotgan fermerlar soni ko‘paygan. Natijada yerlarning meliorativ holati va hosildorligi yil sayin yomonlashib bormoqda.

“Biz qishloq xo‘jaligi qaysi yo‘l bilan rivojlanishini qat'iy aniqlab olmas ekanmiz, bu ketishda hosildor yerlarimizni boy berib qo‘yamiz”, deydi sirdaryolik fermer “Eltuz” bilan suhbati chog‘ida.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
29 may 2017
O‘zbek kino artisti va qo‘shiqchisi Dilfuza Ismoilova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga qo‘shiq bag‘ishladi. 49 yashar Dilfuza Ismoilova “Gap yo‘q” ...
20 fevral 2017
Besh yil burun Shvetsiyaning Stromsund shaharchasida yollanma qotil tomonidan otib ketilgan taniqli imom Obidxon Nazarovning yaqinlari uning ancha tuzalib ...
3 mart 2022
O‘zbek migrantining Putinga murojaati telegramda elga ovoza bo‘ldi. «Zdarastvuyte, Putin Valadimirovich aka. Ya migrant O‘zbekistona. Dayte mne arujiya. Ya ...
27 aprel 2020
Tarix takror sahnalardir. XVIII-XIX asrda Rossiya zodagon va bashanglari asosan frantsuz tilida gaplashishgan. Pushkinning tili frantsuzcha chiqqan va besh ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...