Asosiy mavzular
22 aprel 2019

Zelenskiy g‘alabasi o‘zbek shoumenini prezident bo‘lishga ruhlantirdi

Ukraina saylovida shoumen Zelenskiyning g‘olib chiqqani o‘zbek hajvchisi va telegram blogeri Nozim Safarini o‘z kanalida «prezidentlik saylovchasi» o‘tkazishga undadi.

22 aprel kuni Nozim Safari o‘zining telegram kanalida o‘tkazgan «Menga ovoz berarmidingiz?» degan mazmundagi o‘z prezidentlik so‘rovi natijalarini e'lon qildi.

Nozim Safarining yozishicha, bir kun davomidagi «utopik saylov»da jami 1132 kishi qatnashgan.

Safari nomzodiga 37% respondent ovoz bergan. Qarshi chiqqanlar 50% ni, betaraflar 13% ni tashkil qilgan.

«Bundan ma'lum bo‘ladiki, Safari o‘z telegram kanalida o‘zi mag‘lub bo‘ldi)). Lekin real saylovda nomzodlar soni bir nechta bo‘lishini inobatga olsak, 37% bilan ikkinchi turga chiqib, bemalol favoritlar qatoriga kira olar ekanman)», deya izohladi o‘z saylovini prezidentlik orzusidagi o‘zbek shoumeni.

«Aslida buning hammasi shunchaki hazil. Avvalroq aytib o‘tganimdek, menda siyosiy ambitsiya yo‘q. Buning absolyut ilojsiz ekanligini ham aniq va ravshan anglab turibman. 5000 kishilik o‘z kanalimda yuta olmaganimdan keyin 32 millionlik aholi o‘rtasida tasavvur qilavering.

Meni qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat, qo‘llab-quvvatlamaganlarga esa fikringiz va tanlovingizni hurmat qilaman, deb qolaman. Barchaga omad».

Ukrainada 21 aprel kuni o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Rossiyaning KVN viktorinasi sobiq shoumeni Zelenskiy 73 foiz saylovchilar ovozi bilan mamlakat prezidentligiga saylandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2018
Rassom Mahmudjon Eshonqulov 
17 dekabr 2021
Kun chiqdi. Kun botdi. Oldingi spichdan keyin roppa-rosa 6 marta tong otdi. Eng uzun yaldo tuni ham ortda qoldi. ...
14 fevral 2022
Bu hikoya Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan jamoatchilik faoli va bloger Jumasafar Dadaboev haqida. 2016 yilda, hali u jamoatchilik faoliyati ...
26 mart 2020
24 martdan boshlab hukumat qarori bilan koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib e'lon qilindi. Virusga chalingani aniqlanganlar karantin manzillariga olib ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...