Asosiy mavzular
23 may 2019

«Avtotest» rahbari parlament tasdiqlagan qonunni qanday o‘zgartirdi?

2019 yilning 3 mayida prezident imzolagan va matbuotda e'lon qilingan qonunda O‘zbekistondagi barcha haydovchilar malaka oshirish sertifikati olishi kerakligi yoziladi.

Prezident imzolagan rasmiy matnda malaka oshirish sertifikati yana barcha yuridik shaxslarga taalluqli ekanini ko‘rish mumkin.

Joriy yilning 28 fevralida senatorlar tasdiqlagan qonun loyihasida ham malaka oshirish sertifikati barcha yuridik shaxslarga emas, balki faqat yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanadigan haydovchilarga taalluqli ekani belgilangan.

Demak parlamentdan prezidentga olib borilayotgan paytda qonun loyihasini kimdir o‘zboshimcha o‘zgartiririb qo‘ygan.

Hujjatlarni qalbakilashtirish deya ataladi bu jinoyat qonunchilikda. Birgina jumla – «yo‘lovchi va yuk tashuvchilar” o‘rniga “barcha yuridik shaxslarga taalluqli” degan yozuv o‘zgartirilgan.

Bu degani sertifikat beradigan idoraning mijozlari 33 millionlik O‘zbekistonning barcha haydovchilari deganidir. Sertifikat beradigan shirkat uchun bu osmondan chalpak yoqqanday gap.

Qanday qilib Oliy Majlis kitobcha shaklida chop etgan qonun matni prezident imzolagan qonun matnidan farqli bo‘lishi mumkin? Demak kimdir o‘z manfaati yo‘lida qonun loyihasini o‘zgartirib prezidentga taqdim qilgan.

Kitobiy qahramon, afsonaviy izquvar Sherlok Xolms o‘z izlanishini «Bundan kimga foyda?» degan liniyada olib borganini kitobxon o‘laroq bilamiz.

Qarorga o‘zgartirish kiritishdan manfaatdor bo‘lgan idora – bu o‘sha sertifikat beradigan shirkat.

Bu yagona monopolistik shirkatning oti «Avtotest-Report» MChJ.

Bu shirkat ertaklarda aytilgan kabi “laylakvoyniki” emas. Uning egasi shaxsan prezidentning endilikda sobiq matbuot kotibi, ayni paytda esa prezident maslahatchisining birinchi o‘rinbosari maqomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligini boshqarayotgan Komil Allamjonovdir.

2014 yilda kompaniya ochilganidan so‘ng Komil Allamjonov “Forbs” jurnalisti Maykl Runiga bergan intervyusida bu haqda faxr bilan aytib o‘tgan.

Allamjonov bugun o‘zini O‘zbekiston matbuoti xo‘jayini deb biladi.

O‘zbekistonda haydovchilarning faqatgina “Avtotest” MChJga qarashli kurslardagina malakasini oshirishga yo‘l ochib beruvchi qonun tanqid qilingan maqolalarning Uza.uz, Kun.uz, Minbar.uz saytlaridan 7 may kuni olib tashlattirilishi “Komiljonning ishi” ekani aytiladi.

Ammo «Avtotest» monopoliyasi va “yo‘lda o‘zgartirilgan“ qonun haqida «Ozodlik» va «Eltuz» nashrlari yozishda davom etdi.


Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 fevral 2019
26 fevral kuni «O‘zbekkontsert» davlat muassasasi «litsenziya talablari va shartlari qo‘pol ravishda buzilgani, milliy urf-odatlar, odob-axloq, ma'naviy qadriyatlarga yot ...
16 avgust 2023
Pittsburgda istiqomat qilib kelgan o‘zbekistonlik Maqsudjon Qosimov ijtimoiy tarmoqda FBR va Kranberi politsiyachilari tarafidan ochilgan soxta 15 yoshli qiz ...
13 dekabr 2023
O‘zbekistonda jinoyat doiralarida tanilgan tadbirkor G‘afur Rahimovga nisbatan jinoyat ish ochilgan emas. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh ...
15 may 2017
Alpomish filmida rol o‘ynab tanilgan kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevga maktub yo‘llab, o‘tgan yili ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...