Asosiy mavzular
16 avgust 2023

AQSh politsiyasi o‘zbek pedofilini ushladi

Pittsburgda istiqomat qilib kelgan o‘zbekistonlik Maqsudjon Qosimov ijtimoiy tarmoqda FBR va Kranberi politsiyachilari tarafidan ochilgan soxta 15 yoshli qiz sahifasiga kirib, unga shahvoniy videolar yo‘llagan va yaqinlik taklif qilgan. Shundan so‘ng (go‘yoki) rozi bo‘lgan qiz bilan uning uyida uchrashish niyatida bir necha kilometr narida joylashgan Kranberi shahriga ketayotganida qo‘lga olingan. 

O‘zbekiston vatandoshi shu tariqa pedofil jinoyatchilarni aniqlash va hibsga olish uchun atay uyushtirilgan “tadbir” to‘riga tushgan.

15 yoshli qiz bilan yaqinlik orzusi uni qamoqqa olib borgan… Maqsudjon maqsadiga yetdi. Mahalliy matbuotga ko‘ra, bu 23 yashar yigit shahvoniy suratlarni yosh qizaloqlarga ham jo‘natgani tekshirilmoqda.

Ayrim vatandoshlarning AQShda o‘zini juda ham xunuk tutayotgani haqida gapirganimizda, albatta, bir qator e'tirozlar bo‘ldi. Kimdir bizni yangi kelayotgan vatandoshlarga nisbatan adovatda, kimdir musulmonchilikka to‘g‘ri kelmas harakatlarda aybladi.

Mana sizga oqibat. Hech shubhasiz, bu yigitning kelajagi (Amerikadagisi) juda ayanchli. Unga nisbatan olg‘a surilayotgan ayblov AQShda juda ham qat'iy choralar ko‘rilishini nazarda tutadi.

Yigitni ma'lum muddat qamoq jazosi va undan keyin shubhasiz deportatsiya kutyapti. Zero uni AQSh jamiyati uchun o‘ta xavfli deb topishlari aniq.

Tag‘in o‘qing
1 noyabr 2015
Shuhrat Bobojon Eltuz.com Sichqon kabi mitti jonivor ulkan filni o‘ldirishi mumkin, degan gapni birinchi sinf o‘qituvchim Zevarjon opa ilk ...
9 fevral 2022
2021 yil 3 fevral kuni toshkentlik faol Aleksey Garshin Samarqand shahri yaqinidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasining yopiq bo‘limida majburiy davolanayotgan ...
20 fevral 2024
Minglab o‘zbeklarni arabistonda sarson qilib qoldirib ketgan «Ummat uchun» firmasi doxil 42 shirkat ustidan ochilgan jinoyat ishi doirasida o‘nlab ...
14 sentyabr 2020
Bir tanishim bor edi. Hozir o‘tib ketgan. Ikki-uch yilda chorraha yoki metro vagonida to‘qnash kelib qolardik. U qo‘liga rubob ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...