Asosiy mavzular
13 fevral 2020

Eng xavfli xoinlarni vatan ichidan izlang!

Siyosatshunos Rafiq Sayfulin Islom Karimov rejimining yetakchi targ‘ibotchilaridan biri edi. Bugun u vatanga xoinlikda ayblanyapti

Bu ayblov qanchalik to‘g‘ri ekanini sud hal qiladi. Zero, demokratiya istovchilar aybsizlik prezumptsiyasini hammadan ko‘proq hurmat qilishi kerak.

Lekin uning xoinlik qilganiga ishonish hissiyoti ustun kelmoqda. Chunki diktatorning muruvvatiga erishish uchun xalq manfaatini sotgan odamning toza bo‘lishiga ishonish qiyin.

Kechagina muxolifat vakillarini yomonlab chiqqan, yurtdan qochgandan ko‘ra qamoqda o‘tirganing afzal edi, degan gaplarni yozgan jurnalist, ayni paytda parlament deputati Safar Ostonovga ishonch yo‘q.

Chunki u ham o‘z manfaati yo‘lida diktator Islom Karimovning sodiq quliga aylangandi. Bu qullik nusrati uni bugun ham tark etmagani yozgan maqolasidan ma'lum.

Safar Ostonov mayda odam. Ammo u ertaga katta xoinlikka yo‘l ochadigan mayda gumashtalarning bir tipik vakili. Shundan hushyor bo‘lish kerak. 

Agar Mirziyoev o‘zi e'lon qilgan yurtni farovon etish, xalqning fikrini eshitish, erkin matbuotga yo‘l berish siyosatiga sodiq bo‘lsa, demak Safar Ostonov uning eng katta dushmanidir.

Zero, amaldagi prezident marhum diktator yuritgan siyosat xalq manfaatiga, yurt manfaatiga qanchalik zid bo‘lganini bugun har ikki gapning birida ochiq aytmasa-da, qistirib o‘tyapti. 

Bugun Mirziyoev amalga oshirayotgan ishlar kimgadir kichik ko‘rinsa-da, xalqi uzoq yillar kun ko‘rmagan O‘zbekistondek mamlakat uchun juda katta qadamlardir.

Ustozi haqqi-hurmati, ochiqchasiga uning ruhini bezovta qilmayapti. Lekin qilayotgan ishlari ustozinikidan ijobiy jihatdan farq qiladi. 

Safar Ostonov marhum “payg‘ambari”ning yo‘lini ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlash orqali amaldagi davlat rahbarining siyosatiga, demakki, u e'lon qilgan hurlik yo‘liga xiyonat etmoqda. 

U avvalgi diktatorga qo‘ygan paxtalarini bugun ham bir etak qilib, qaerlargadir bosish ilinjida. 

Yana o‘z manfaati uchun bugun e'lon qilingan siyosatni, agar u samimiy bo‘lsa, sabotaj qilish yo‘lidan bormoqda. Chunki yozganlaridan yaqin o‘tmish siyosatining qo‘lansasi keladi. 

Tashqi dushman ko‘rinib turadi. Uning kimligini bilib turasiz, shunga yarasha chora ko‘rasiz. 

Eng katta dushmaningiz ichki dushmaningizdir. Chunki uning asli qandayligini bilish qiyin, zero, u sizning ishonchingizda. Shuning uchun aytganlariga ishonishingiz va yo‘ldan adashishingiz mumkin. 

Bir hikmat bor: Hukmron doira atrofida likillab, maddohlik qilayotganlardan ehtiyot bo‘ling. Zero, ular xalq manfaatini emas, o‘z manfaatini o‘yladigan amaldorlarning kirdikorlarini yashirish maqsadida xalqning fikrini chalg‘itadi. 

Xalq manfaatini o‘ylashga bel bog‘lagan vijdonli mulozimlarni esa o‘z yo‘lidan adashtiradi. 

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 dekabr 2019
Bu yil O‘zbekistonda qishga tayyorgarlik hatto o‘tgan yildagidan ham yomonroqdir. Bu tegishli idoralarning sabotajimi yoki hukumatning navbatdagi no‘noqligimi? “Sabotaj ...
29 fevral 2016
O‘zbek gazetalarini o‘qirkan, tag‘in tashviqot pardasi ortidagi jamiyat muammolar, vaqtida berilmayotgan ish haqi, matbuotda urchiyotan yolg‘onlar, sinayotgan korxonalar va ...
4 yanvar 2017
Britaniyaning Times gazetasi, Istambuldagi qonli voqealarni tahlil qilarkan, jihodchilar safidagi markaziy osiyoliklarga e'tibor qaratdi. Turk nashrlari, jumladan hujumchining Markaziy Osiyo ...
15 yanvar 2019
O‘zbekistonda Vatan himoyachilari kuni nishonlandi… bu esa bolalar bog‘chasida olingan surat… Nimaga bolalarga armiya formasini kiygizishmoqda, men bilmayman, biroq ...
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...