Asosiy mavzular
25 fevral 2020

Cotton Campaign: Tashrif foydali, biroq O‘zbekiston tizimli majburiy mehnatni tugatishi kerak

Cotton Campaign xalqaro koalitsiya delegatsiyasi 2020 yil 28 yanvardan 5 fevralgacha O‘zbekistonda bo‘lib, hukumat a'zolari va huquq himoyachilari bilan mamlakatda paxtachilikda qo‘llanilayotgan majburiy mehnatga taalluqli masalalarni muhokama qildi.

Kuni kecha Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining matbuot uchun xabarnomasi e'lon qilindi. Unda Toshkentda hukumatning islohotlarni yetarli darajada anglashiga qaratilgan “konstruktiv, foydali va dolzarb” muloqot bo‘lib o‘tgani aytilgan.

O‘zbekiston hukumatining vaziyatni yaxshilash uchun aniq sa'y-harakatlarni shakllantirishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bular paxtachilik tarmog‘ida muntazam majburiy mehnatni bartaraf etish, tarkibiy islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyati uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlardir, deyiladi tashkilot xabarida.

Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi tashabbusi bilan G‘arbning 300 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari terimchilarning mehnat huquqlari buzilayotgani sababli o‘zbek paxtasidan foydalanmaslikka oid majburiyatlarni o‘z zimmalariga olgandi. Bundan o‘n yil avval boshlangan o‘zbek paxtasi boyqoti davom etmoqda.

So‘nggi bir necha yil ichida O‘zbekiston hukumati vaziyatni yaxshilash uchun qator ijobiy ishlarni amalga oshirdi, jumladan, bolalarni, talabalarni, ta'lim va tibbiyot muassasalarining aksariyat xodimlarini terimga jalb etishdan voz kechdi.

Biroq 2019 yilgi terim mavsumida mahalliy hokimiyat tomonidan davlat xizmatchilari va xususiy sektor xodimlarini majburiy tarzda paxtaga chiqarish yoki paxta pulini to‘lattirish kuzatildi. 

Xabarnomada Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi” joriy yilning 23 mart kuni Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan umumiy yig‘ilishda o‘zbek paxtasiga boykotni olib tashlash yoki saqlab qolish bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ko‘rib chiqishi bildirilgan. 

Cotton Campaign  – O‘zbekistonning paxta canoatidagi majburiy mehnatni to‘xtatish maqsadida tashkilotlar, sarmoyadorlar va huquq himoyachilarining birlashgan global koalitsiyasidir.

Tag‘in o‘qing
31 may 2018
31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 3D piyodalar yo‘lakchasi surati Namangan ko‘chalarida olingani aytiladi. O‘zbekistonda shusiz ham tuzukroq asfalt ...
27 fevral 2022
E'tiboringizga 26 fevralga qadar olingan Rossiya-Ukraina urushiga oid Eltuz tayyorlagan xronikani taqdim qilamiz.
12 iyul 2017
Ijtimoiy tarmoqda Shavkat Mirziyoevning «Yoshlar» telekanalini tanqid qilib «Yoshlarning hidi ham yo‘q u yerda!» degan gaplaridan keyingi yoshlarning chiqishlari ...
2 noyabr 2018
Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 noyabr kuni Buxoroga keldi. Rossiya Davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiyani, O‘zA xabariga ko‘ra, ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...