• Foto: AP/Mark Shifelbeyn
Asosiy mavzular
3 iyun 2020

Associated Press: Xitoy koronavirus haqidagi ma'lumotlarni atay yashirgan

O‘tgan yilning yanvarida JSST (Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti) Pekinning koronavirus tarqalishiga bo‘lgan tezkor munosabatini olqishlayotgan paytda Xitoy rasmiylarining xatti-harakatlari hech bir maqtovga loyiq emas edi.

Pekin tomonidan koronavirusga qarshi hech qanday  «o‘z vaqtida tezkor munosabat» bildirmagandi. Yanvar oyida JSST yozganidek, Xitoy ochiqlik majburiyatlarini yoqlamagan edi. Aslida aynan Xitoy hukumati dunyo va, avvalo, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti uchun zarur bo‘lgan ma'lumotlarning tarqalishiga to‘sqinlik qildi. Bu haqda bugun «Assoshieyted press» (AP) agentligi yozmoqda.

Xitoy virusning xususiyatlari haqida laboratoriya ma'lumotlarini tarqatishni istamasdan, o‘sib borayotgan xavfni yashirayotgan bir paytda turli mamlakatlardagi uchta laboratoriyada koronavirus to‘liq dekodlangan.

«Xitoy davlat sog‘liqni saqlash ichki tizimida raqobat yo‘qligi, ma'lumot tarqalishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatilganligi o‘nlab intervyular hamda hujjatli manbalarga asoslangan va bu davr qoralanishga loyiqdir», deya ta'kidlaydi AP.

Xitoydagi davlat laboratoriyalari genom to‘g‘risidagi ma'lumotni undan oldin boshqa bir laboratoriya virusologiyaga ixtisoslashgan veb-saytda 11 yanvar kuni chop etganidan keyingina e'lon qilgan edi.

Ammo shundan keyin ham Xitoy rasmiylari ushbu virus haqida ikki hafta davomida ma'lumotlar e'lon qilishga jur'at eta olishmadi.

«Aynan shu davrda (JSSTning yopiq yig‘ilishlari bayonnomasiga asosan) bemorlar va infektsiya holatlari to‘g‘risida batafsil ma'lumot ko‘proq zarur edi. Bu, ehtimol, koronavirusning halokatli ta'sirini kamaytirishga yoki uning tarqalishini sekinlashtirishga yordam bergan bo‘lar edi», deya xabar beradi AP veb-sayti.

JSST rasmiy vakillari Xitoyni oshkora olqishlashdi, ehtimol bu Pekinni rag‘batlantirib, o‘zlariga kerakli ma'lumotlarni olish uchun qilingandir. Har holda AP agentligi bu taxminni o‘z manbalaridan olingan ma'lumotlarga asoslanib ilgari suradi.

Ammo shaxsiy suhbatlarda JSSTning yuqori lavozimli amaldorlari Xitoy tomoni virusning odamdan odamga yuqishi haqida yetarli ma'lumotlar bermaganidan shikoyat qilishgan. Xitoylik mutaxassislar JSST bilan yangi koronavirus dunyoning boshqa hududlariga tarqalishi mumkinligi haqidagi xulosalarini ham baham ko‘rishmagan.

Amerikalik epidemiolog Mariya van Kerkxove (Maria van Kerkhove) yopiq yig‘ilishlarning birida ma'lumotlar yetishmasligidan shikoyat qildi. U bunday ma'lumotlarsiz koronavirusga qarshi chora-tadbirlarni rejalashtirish mumkin emasligini ta'kidladi.

Maqola «Eltuz» tomonidan «Assoshieyted press» nashridan olinib o‘zbekchaga o‘girildi. Curatda: (Foto: AP/Mark Shifelbeyn) Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Xitoydagi vakili Gauden Galea (Gauden Galea) Pekindagi anjumanda gapirmoqda.

Tag‘in o‘qing
20 sentyabr 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
15 mart 2021
Ichki ishlar vazirligi ikki oy ichida 24 milliard so‘mga mahbus tashuvchi 50 ta transport vositasi – avtozak sotib olgani ...
3 noyabr 2017
So‘nggi vaqtlarda rus mulozimlarining O‘zbekistonga tashriflari ko‘paydi. Shu kunlarda Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov yurtimizda bo‘lib turibdi. MDH mamlakatlari ...
14 dekabr 2020
Toshkentdagi COVID-19ga chalinganlar uchun maxsus qurilgan Zangiota-2 shifoxonasidagi kasallar yarmiga qisqargani aytilmoqda. «Bemorlar kamaygani» sababidan shifoxona xodimlarining oyligi kamaytirilgan. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...