Asosiy mavzular
22 iyun 2020

Qanot Odil: Mesxeti turklaridan kechirim so‘rashimiz kerak

1989 yilning may-iyun oylarida O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi mahalliy o‘zbeklar bilan yuz bergan etnik to‘qnashuvlar davomida mesxeti turklarining uylari vayron etildi.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 52 nafar mesxeti turki vahshiyona o‘ldirildi. Taxminan mingta uy yoqildi va talon-taroj qilindi.

Shu munosabat bilan bir qancha o‘zbek ziyolilari bayonot bilan chiqishdi. «Eltuz» bayonot matnini o‘z saytida e'lon qilganidan so‘ng media tarmog‘ida mavzu yuzasidan bahs-munozara qizidi.

«Aslida 31 yil avval shunday xulosaga kelgandim. Biz, albatta, tavbamizni aytishimiz kerak. O‘shanda judayam mudhish ish bo‘ldi. Agar biz o‘zimizni jamiyat deb bilsak, millat deb bilsak, har bir vatandoshimizning qilmishi uchun mas'uliyat sezishimiz kerak. Ana o‘shanda millat shakllanadi. Bunday bo‘lmaguncha biz millat emasmiz», dedi «Unutmadik. Kechirim so‘raymiz!» aktsiyasi tashabbuschilaridan biri Qanot Odil «Eltuz»ga bergan intervyusida.

«O‘tmishda sodir bo‘lgan shunga o‘xshash gunohlarni zimmasida olib yurgan xalqlar kam emas. O‘z tarixida bu kabi sharmandali harakatlar qilmagan jamiyatni topish qiyin. Muhimi, sukut saqlamasdan, bu gunohlarni tan olish, ularga xolis baho berish va tegishli xulosalar chiqarishdir», deyiladi, jumladan, bayonotda.

Bayonotning to‘liq matni bilan ushbu link orqali tanishishingiz mumkin.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 may 2019
Rasmiy taqdimoti o‘tkazilmagan bu klipda Sherali Jo‘raev sovet yuqori nomenklaturasining sevimli ulovi bo‘lgan “Chayka” avtomobilini yolg‘iz boshqargani aks ettiriladi. ...
29 mart 2021
Bir qancha nufuzli xorijiy tashkilotlar O‘zbekistonda yaqinda ta'sis etilgan ilk mustaqil kasaba uyushmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabi bilan qo‘shma ...
25 noyabr 2023
Ota – Abduvali Abdullaev qidiruvga berilgan. O‘g‘il – Rahmatulla Abdullaev bir qator sudlarga ayblanuvchi sifatida qatnamoqda. Ota-bola sanoqsiz tadbirkorlardan ...
16 noyabr 2017
Boshqa dinga kirganlikda ayblab, xotinini pichoqlagan sayramlik 34 yoshli Xayrullo Normetov 14 noyabr kuni hibsga olindi. Sud hukmi chiqquniga ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...