Asosiy mavzular
8 avgust 2020

O‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning kitobi Londonda chop qilindi

Britaniyaning Hertfordshire Press nashriyoti keng o‘quvchilar e'tiboriga o‘zbek shoirasi Xosiyat Rustamovaning “Rangin ko‘zyoshlar” deb nomlangan she'riy to‘plamini taqdim etdi. Kitob taqdimoti Madridda bo‘lib o‘tadigan «Open Eurasia and Central Asia Book Forum and Literature Festival 2020» 9-adabiy festivali doirasida o‘tkaziladi.

Xosiyat Rustamova 1971 yil 19 martda Namangan viloyatining Olmos qishlog‘ida tug‘ilgan. Ko‘plab she'rlari hamda she'riy kitoblari rus, ozar, tojik, ingliz, nemis, shved, golland, vetnam, frantsuz, ispan, italyan, turk, qozoq singari ko‘plab tillarga tarjima qilinib, kitob holida chop etilgan.

Jumladan, 2006 yil Turkiyada « Yarınsız günler” (“Ertasi yo‘q kunlar”), 2008 yil Ozarbayjonda “Qorxunç” (“Qo‘rkinch”), 2020 yil Qozog‘istonda «Sevgi anatomiyasi» kitoblari chop etilgan. Yakinda «Chiều cao của gió» (“Shamolning balandligi”) nomli kitobi Vetnamda, «İki güneş” (“Ikki quyosh”) nomli kitobi Turkiyada chop etildi. 2015 yilda Ozarboyjonning Mikoil Mushfiq nomidagi xalqaro mukofotini qo‘lga kiritgan. 2018 yilda OEBF festivali doirasida Open Eurasia 2018 tanlovining she'riyat yo‘nalishi bo‘yicha g‘olib deya e'tirof etilgan. Ozarboyjon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

***

Bo‘ldi, qaytarmayman savollarimni
Bilaman, bariga javob berasan.
Boshi ochiqmikan xayollarimning,
Nega qo‘rqmay kirib kelaverasan?

* * *

Boryapman…
Nishonga tegmagan o‘qday,
Kaftimda dunyo bor – go‘yo bir siqim.
Shuncha olomonning ichidan qo‘rqmay,
Yuragimni baland ko‘tarib chiqdim.

Nima ham ko‘ribman qirq yil ichida,
Yashab ham bo‘ldimmi? O, naqadar oz
Ont ichishim mumkin. Bari behuda —
Faqat muhabbatim muhabbat, xolos!

* * *

O‘zimni pishirdim olovlaringda,
Juda uzoq yillar… Sekin… Shoshmadim.
Muzaffar ruhimning bejon tanimdan
Kuygan joylarini olib tashladim.

Bir kun kelib qolsam cening yodingga,
Kechir, tanimasang, ko‘rib chiroyim,
Shuncha kutib-kutib cening oldingga —
Tirik borolmasam, Xudoyim.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 fevral 2018
O‘zbekistonda og‘ir kasallar uchun ishlatiladigan og‘riqni qoldiruvchi narkotik va psixotrop dorilar yetishmayapti. Mamlakat dorixonalariga narkotik dorilarning kam miqdorda yetkazib ...
15 aprel 2017
15 aprel kuni yozuvchi Nodir Normatovni taniqli rassomlar, ijodkorlar so‘nggi yo‘lga kuzatishdi. Marhum Toshkentdagi «Yalang‘och ota» qabristonida dafn qilindi. ...
16 iyun 2016
Pilla qurti boqish turli tashkilotlar, tibbiyot va ta'lim muassasalari qatorida fermer xo‘jaliklari uchun ham qo‘shimcha majburiyatdir.  Quyida bir fermer ...
4 mart 2021
Andijon shahrining yillar davomida e'tiborsiz qolgan ko‘chalari obod qilina boshlandi. Chuqurlar yamalib, loy ko‘chalarga asfalt yotqizilmoqda. Eski kanalizatsiya quvurlari ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...