Asosiy mavzular
28 sentyabr 2020

Muxolifat faoli Aminboy Qodirov olamdan o‘tdi

Vatanparvar yurtdoshimiz Aminboy Qodirov 27 sentyabr kuni Urganchning G‘oybu qishlog‘ida 81 yoshida olamdan o‘tdi.

U hali SSSR bor paytda mustaqillik uchun kurashgandi. «Erk» partiyasi Xorazm viloyati tashkiloti rahbarlaridan biri bo‘lgan edi.

Biz Aminboy akani Ustyurt, Qoraqum, Qizilqum cho‘llari bo‘ylab «Kamaz» haydagan «dalnoboyщik» sifatida tanirdik. U dengiz floti jangchisi sifatida harbiy kemalarda Karib inqirozi davrida Kuba sohillarida jangovar faoliyatda qatnashgan.

Keyin «Kamaz» haydab, hali Ustyurtda yo‘l yo‘q paytida O‘zbekistondan Rossiyaga yuk tashigan edi. Yo‘lda mashinasi buzilib qolgan haydovchilarga doimo ko‘mak bergan sahro qoploni edi. Yaxshi, mard, halol odam edi.

Feysbuk messenjeri orqali so‘nggi bor Aminboy og‘a menga o‘limidan uch-to‘rt kun burun chiqqan edi.

«Ilgarigidek emas ahvolim. «Tiko»ni avariya qilishimga sal qoldi. Bir marta velosipeddan ham yiqildim. Endi rulga boshqa o‘tirmayman. Uyda o‘tiraman», dedi Aminboy aka. Uning o‘zi haqidagi gapi shu bilan tamom bo‘ldi.

Yaqinda sovet davrida bosilgan qalin jildli «Xorazm O‘zbekiston davlatchiligi tarixida» degan kitobni o‘qib «maza qilgani»ni gapirib berdi. So‘ng O‘zbekistondagi bugungi siyosiy muhit, uzoq-yaqin atrofdagi muxolifat vakillari fe'li-xuyidagi o‘zgarishlar haqida fikrlashdi. Gaplarimizning bir qismi qiyomatga qoldi…

Xotiramdan adashmasam, Aminboy aka o‘z siyosiy faoliyatini suronli 80-yillar so‘nggida norasmiylar harakati safida boshlagan, avval «Birlik», keyinchalik «Erk» demokratik partiyasi safida davom ettirgan.

2018 yilning yanvarida Aminboy aka chet ellarda quvg‘inda yurgan muxolifat faollari, xususan, muxolifat lideri Muhammad Solihni oqlab, vatanga qaytarish aktsiyasi tashabbuschilaridan biri sifatida maydonga chiqqan edi.

Bugun esa u umrining so‘nggi soniyasigacha ijtimoiy media faoli o‘laroq ko‘p yoshlarga o‘rnak bo‘lganini ham angladim. Messenjer sahifasida uning so‘nggi qoldirgan izohi 27 sentyabr kuniga to‘g‘ri kelgan. Aynan shu kuni uning timsolida biz yaqin safdoshimizni yo‘qotdik.

Qudrat Bobojon
eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 avgust 2019
Prezident Mirziyoev 2 avgust kuni o‘tkazgan yig‘ilishda uylarni buzish ishlari bilan norozilik keltirib chiqargan hokimlarni uning siyosatiga xiyonat qilishda ...
25 may 2023
2010 yilda 25 may sanasi National Center for Missing and Exploited Childrene – NCMEC tashkiloti tashabbusi bilan Yo‘qolgan bolalar ...
8 sentyabr 2021
Har bir insonning asosiy vazifasi qalbidagi insoniylikni saqlay olishdir», deb yozgan edi XX asr boshlarida yozuvchi Anton Chexov. Bugun, ...
14 oktyabr 2019
Chiqib ketishi oldidan sudya qo‘limga ayblov xulosasi va hukmni tutqazib uzr so‘radi va xayrlashish uchun qo‘lini uzatdi. Lekin men ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...