Asosiy mavzular
8 dekabr 2020

Hokim qarori ustidan sudga arz qilgan fermerning o‘ligi topildi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida jasadi 6 noyabr kuni katta ariqdan topilgan 55 yashar fermer Muzaffar Muhammadievning yaqinlari u tuman hokimiga yaqin shaxslar tomonidan o‘ldirilganini iddao qilmoqda.

Ammo tuman sud tibbiy ekspertizasi 27 noyabr kuni chiqargan xulosada marhum alkogol ichimlik iste'mol qilgani, ariqqa yiqilib, nafas yo‘liga suv ketishi oqibatida o‘lgani qayd etilgan.

Voqeadan bir kun burun, 5 noyabr kuni Xatirchi tumani ma'muriy sudida tuman hokimi G‘.Aliev chiqargan qaror va farmoyishlardan norozi (marhum) Muhammadievning da'vo arizasiga ko‘ra sud majlisi bo‘lgan, biroq hokimlik vakillari qatnashmagani sababli sud 12 noyabrga qoldirilgan edi.

«Sud ishiga ijara shartnomasi asosida Muhammadievga tegishli “Sherali Bobur 2018” fermer xo‘jaligiga 49 yilga ajratilgan yer maydonining tuman hokimi qarori bilan 3 nafar fuqaroga o‘tkazilishi bilan bog‘liq o‘zaro kelishmovchiliklar sabab bo‘lgan edi, – deydi marhumning akasi Hamro Mustafoev.

– O‘sha kuni suddan keyin kechqurun marhum ukam mahalladoshi P.O.ning xonadonida O‘.A., Q. Sh. bilan birgalikda o‘tirishgan. Ushbu o‘tirish jarayonida o‘rtada janjal kelib chiqib, tezda tarqalishgan. Ammo marhum ukam uyiga ketayotganda uy egasi P.O. ukamni uyiga majburlab kiritgan. Ushbu xonadondagi o‘zaro tortishuvlarni qo‘ni-qo‘shnilar eshitgan».

Mustafoevning taxmin va iddaolariga ko‘ra, shu kuni mahalladoshlari uning ukasini ushbu uydan olib chiqib ketishgan, keyin qasddan o‘ldirib, jasadni katta ariqqa tashlab yuborishgan.

Muhammadievning jasadi ertasi kuni soat 10.30 da ariqda yuz tuban yotgan holda topilgan. Uning to‘rt farzandi yetim qoldi. Ularning kattasi Ziyo Muzaffarov Navoiy davlat konchilik institutida shartnoma asosida tahsil olayotgan edi.

Voqea yuzasidan «Eltuz» Xatirchi tumani ichki ishlar bo‘limi bilan bog‘landi. Telefonga javob bergan IIB xodimi ishning prokuratura tomonidan ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 dekabr 2019
Kechgan yilda O‘zbekiston tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirdi, biroq bundan o‘zbek xalqi ro‘shnolik ko‘rmadi. 2018 yil boshidan «O‘zbekneftgaz» ...
10 aprel 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 10 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning  navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ...
18 oktyabr 2017
Bu yil terimga O‘qituvchi va shifokorlar poezdlarda safarbar qilinmoqda. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlaridan minglab terimchilar mingan poezdlar Qoraqalpog‘iston va ...
1 may 2015
Islom Karimov O‘zbekistonga 1989 yildan rahbarlikni boshlagan. 24 yil avval. Juda ham qadimdan. Bu vaqt ichida u ancha qartayib ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...