Asosiy mavzular
8 yanvar 2021

Olimpiadaga ketayotgan shogird va ustoz Qoraqarg‘a dovonida o‘ldi

Navoiyda fan olimpiadasiga borishda avtohalokatga uchragan o‘quvchi va o‘qituvchi 7 yanvar kunida ham jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Ular 5 yanvar kuni avariyaga uchragan edi.

O‘sha kuni nurotalik o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib yo‘lga chiqqan “Neksiya” rusumli taksi yo‘lda halokatga uchrashi oqibatida bir o‘qituvchi va bir o‘quvchi voqea joyida halok bo‘lgan edi.

Mashinada bo‘lgan yana bir o‘qituvchi va o‘quvchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan, haydovchining ham ahvoli yaxshi emas.

Navoiy viloyati xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati shifoxonadagi o‘quvchi va o‘qituvchi holidan xabar olib turilganini, olimpiada qoldirilgani, issiq kunda o‘tkazilishi mo‘ljallanganini ma'lum qildi.

Aytilishicha, haydovchi Qoraqarg‘a dovonidan o‘tayotganda tezlikni oshirgani sababli mashina yo‘ldan chiqib ketgani oqibatida o‘lgan kimyo fani o‘qituvchisi 27 yoshda, o‘quvchi esa 18 yoshda bo‘lgan.

– Har yili ob-havo noqulay kelgan vaqtda dovon yo‘li yopilardi, – deydi voqeani izohlagan Navoiy viloyati IIB YXHB xodimi. – Bu yil Yangi yil bayrami sababli ob-havo yomon kelsa ham dovon yopilmadi. Avtomashinalar esa uzoq, aylanma xavfsiz yo‘ldan yurmagani natijasida shu halokat ro‘y bergan. 

Nurota tumani xalq ta'limi bo‘limi mudiri Bayramali Bobomirzoning aytishicha, vafot etgan qiz tumandagi 2-maktabning a'lochi o‘quvchilaridan biri bo‘lgan. 27 yoshli kimyo o‘qituvchisi ham shu maktabda 4 yildan buyon dars berib kelgan.

“Eltuz” muxbirining o‘quvchilar fan olimpiadasiga boshqarma tomonidan nazoratga olinib olib borilmaydimi, degan savoliga bo‘lim mudiri “Shunday qilish esga kelmabdi”, deya javob berdi.

Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Qodirov maktab o‘qituvchilari va direktorining bu avtohalokatda aybi yo‘qligi, ularga o‘quvchilarni taksida olib borish ko‘rsatmasi tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri tomonidan berilganini ma'lum qildi va mudirga chora ko‘rilishi ehtimoli borligini bildirdi.

Tuman xalq ta'limi bo‘limi mudiri “Eltuz” bilan suhbatda o‘quvchilar Nurotaga qaytarib olib kelingani, o‘zi esa shifoxonada yotgan jabrlanuvchilar oldiga qatnash bilan ovvora ekanini aytdi.

Tag‘in o‘qing
23 fevral 2018
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xodimi 23 fevral kuni telefonda «Eltuz» muxbiriga sobiq bosh prokuror Rashidjon Qodirovning hibsga olinmaganini, ...
5 yanvar 2016
Yangi hamkorimiz bizga jo‘natgan ilk hajviy surat «Karimovning amal kursisi» deb nomlanadi. Elsevar taxallusi bilan ijod qilishni ma'qul ko‘rgan ...
26 avgust 2022
30 yildirki sargardonlikda, avval Norvegiyada keyin Turkiyada yashayotgan Muhammad Solih yangi kulliyoti – asarlar to‘plami ustida ishlamoqda. Unga bir ...
14 avgust 2019
Bir guruh faollarning 13 avgust kuni shoir Mahmud Rajab himoyasiga norozilik namoyishi o‘tkazishni so‘rab Xorazm viloyati hokimiga, viloyat IIB ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...