Asosiy mavzular
10 fevral 2021

«Eltuz»ga maktub: Sariosiyo tug‘ruqxonasida ota-onalar talanyapti

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani tibbiyot birlashmasi tug‘uruqxona bo‘limida ochiqchasiga chaqaloqning ota-onasi yoki yaqin qarindoshlaridan tug‘ruq jarayonida qatnashgan vrachlar kamiga 30 000 dan, hamshiralar 15 000 – 20 000 dan har yo‘l bilan  majburlab olishyapti.

Azbaroyi ona bilan bolaga yaxshi qarasin, deb indamay berishyapti. Aks holda onagayam, bolagayam hech kim qaramaydi. Chaqaloqda qandaydir kasallikka qarshi emlash bor ekan. Ular buni ham pulga chaqishib, 15 mingdan pullashyapti.

Bularni boshimdan o‘tgani uchun yozyapman. Menga-ku bor edi, berdim – tasavvur qiling, puli yo‘q odam kelsa qanday ahvolda tushadi? Alloh asrasin, qabulxonaga kirganingizdan 20 ta oq qog‘oz olib keling, deb ola-ol boshlanar ekan.

Bunga mas'ullar bir e'tibor berishsa yaxshi bo‘lardi.

Sariosiyolik Akramjon maktubi

Tag‘in o‘qing
11 yanvar 2021
Taniqli shoir Bahrom Ro‘zimuhammad 60 yoshda Bahrom aka indamaygina oltmishga kiribdi. Botinan qaralganda, unday emas. Bahrom aka indamaygina oltmishga ...
12 iyul 2017
Ijtimoiy tarmoqda Shavkat Mirziyoevning «Yoshlar» telekanalini tanqid qilib «Yoshlarning hidi ham yo‘q u yerda!» degan gaplaridan keyingi yoshlarning chiqishlari ...
5 mart 2020
«E’zoz Max» xususiy bandlik agentligining Birlashgan Arab Amirliklariga ishga jo‘natish va'dasiga ishonib katta pul to‘lagan o‘nlab odam arosatda qoldi. ...
27 may 2019
O‘zbekistonda issiqlik ta'minoti, issiq suv, gaz va sovuq suv, elektr energiyasi narxlari tobora o‘sishda davom etmoqda. Ilgari mamlakatda odatda ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...