Asosiy mavzular
9 fevral 2022

Toshkentlik faol ruhiy shifoxonada saqlanayotgan Valijon Kalonov bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldi

2021 yil 3 fevral kuni toshkentlik faol Aleksey Garshin Samarqand shahri yaqinidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasining yopiq bo‘limida majburiy davolanayotgan jizzaxlik faol Valijon Kalonov bilan uchrashishga harakat qildi.

Biroq Garshinga Kalonov bilan uchrashuv shifoxona rahbariyati ruxsat bergan taqdirdagina amalga oshishi mumkinligi bildirildi.

Bosh shifokor o‘rinbosari bemor Kalonov qat'iy rejimli bo‘limda saqlanayotgani uchun, u bilan ko‘rishish faqat uning yaqin qarindoshlarigagina ruxsat etilishini bildirib, Garshinning savollariga javoban “Idi k chyortu! Siz bizga halaqit berayapsiz” deya kabinetidan haydab chiqargan.

Hovliga chiqqan Garshin temir panjarali ochiq deraza ortidan Kalonov bilan qisqa suhbatlashishga muvaffaq bo‘lgan.

Valijon uni noqonuniy ushlab turishgani, prezidentga tuhmat qilmagani, Xitoydagi uyg‘urlarning ayanchli ahvoli haqida aytganlarining hammasi haqiqat ekani, chunki Valijonning Gulja shahridagi amakisi hozir Xitoy qamoqxonasida saqlanayotganini bildirgan.

“BMTga arz qilinglar, men yolg‘on ma'lumot tarqatganim yo‘q. Xitoyda hamma turkiylarni qamashmoqda, o‘ldirishmoqda, mening amakim ham Xitoyda qamoqda, Xitoy haqida aytganlarimning hammasi rost, uyg‘urlar ozod bo‘lishini istayman, prezidentni haqorat qilganim yo‘q. Prezident Mirziyoev ketguncha shu yerda 10 yil qolsam kerak. Meni bu yerda o‘ldirishlari mumkin”, — degan panjara orkasida turgan Kalonov.

2021 yil 23 dekabr Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahri sudi internetda O‘zbekiston rahbariyati va Xitoyning uyg‘urlarga qarshi siyosatini keskin tanqid qilishi bilan tanilgan Valijon Kalonovni ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburan davolash to‘g‘risida ajrim chiqardi. 

Kalonov 2021 yil avgustda xibsga olinib, prezidentni haqorat qilish va Ommaviy tartibsizliklarga da'vat qilish jinoyatlarda ayblangan.

Ammo jinoyat ishi, Kalonovning “ijtimoiy xavfli qilmishni aqli noraso holatda sodir etgan” deya topilishi ortidan yopilgan.  

Eltuz.com 

Tag‘in o‘qing
15 iyun 2016
15 iyundan 25 iyungacha, Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston va Turkmanistondan O‘zbekistonga odamlar, yuklar va transport vositalarining o‘tishi to‘xtatiladi. O‘sh viloyatining ...
20 oktyabr 2015
Paxta qo‘yguncha paxta ter. Beva xotinning tushiga er kirar, Xasharchining tushiga — paxta. Xasharchining go‘shti harom, Mehnati — halol. ...
21 avgust 2020
Mezon kechdi. Qanday shoshib kechdi bu mezon. Hosil to‘la aravasi loylarga botib Sochi oqardi. Mezon kechdi. Qanday ma'yus kechdi ...
26 dekabr 2023
G‘allaorol sudi tanishini Turkiyaga jalablikka yubormoqchi bo‘lgan ayol ozodligini uch yilga chekladi. Sud 23 yoshli sudlanuvchi Ozoda Hazratqulovani O‘zbekiston ...
Bloglar
8 fevral 2025
Shu paytgacha «Anora» degan ikki film olindi. Bittasi yetim qizning ashlachi bo‘gani haqida¸ yana bittasi ...
23 yanvar 2025
O‘zbekiston mudofaa vaziri Xolmuxammedov bosqinchi gazanda Rossiya bilan 2026-2030 yillarda harbiy sohada strategik hamkorlik dasturi ...
20 yanvar 2025
O‘zbekiston prezidenti uyida yirtqich hayvon¸ ilon va xasharotlarni boqadiganlar jazolanishi haqidagi qarorni 16 yanvar kuni ...