Asosiy mavzular
31 mart 2022

Yangi hisobot: Korruptsiya pullarini qaytarishda shaffoflik ta'minlansin

O‘zbekiston forumi (Uzbek Forum) va Transparency International tashkilotining Rossiya bo‘limi 29 mart kuni Gulnora Karimova pullarini O‘zbekistonga qaytarish jarayonida shaffoflikning ta'minlanishiga bag‘ishlangan yangi qo‘shma hisobotini chop qildi.

Yangi hisobot mualliflari O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyatini Gulnora Karimovaning korruptsiya yo‘llari bilan pullarini O‘zbekistonga shaffof tarzda qaytarish uchun mustaqil tashkilotlar tuzishga chaqiradi.

O‘zbekistonda so‘nggi yillarda BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasi boblarini amalga oshirish bo‘yicha muhim islohotlar amalga oshirilgan, biroq, keng tarqalgan qarindosh-urug‘chilik, asosiy institutlarga siyosiy aralashuv, korrupsiya jinoyatlarining jazosiz qolishi bu islohotlarni amalda amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda, deyiladi hisobotda.

Hisobotda davlat xaridlari va davlat sektoriga ishga qabul qilishda shaffoflik va mas'uliyatni oshirishga qaratilgan sa'y-harakatlarga qaramasdan, qonunchilikdagi bo‘shliqlar va ijro etilmayotganligi ushbu sohalardagi chinakam taraqqiyotga qanday to‘sqinlik qilayotgani ko‘rsatilgan.

O‘zbekistonda amaldorlarning korruptsiya daromadlariga oid axborotlarni olish asosiy muammo ekanligi, chunki axborot so‘rovlari ko‘pincha davlat organlari tomonidan rad etilishi yoki e'tiborga olinmasligi va bunday rad etishga sud tomonidan e'tirozlar samarasiz bo‘lib qolishi, shuningdek qonunchilikda masalan, «davlat mansabdor shaxsi» ta'rifining umuman yo‘qligi kabi muammolar borligi aytilgan.

Hisobotda Gulnora Karimovaning noqonuniy yo‘llar bilan to‘plagan aktivlarini qaytarish bo‘yicha davom etayotgan jarayonlarda ham shaffoflik va fuqarolik jamiyatining ishtiroki juda zarurligi bildirilgan.

Hisobot mualliflariga ko‘ra, ayni paytda O‘zbekiston AQSh va Shveytsariyadan Gulnora Karimovaning muzlatib qo‘yilgan 1 milliard 300 million dollardan ortiq pulini qaytarish jarayonini boshlagan.

15 fevral kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi marhum prezidentning qamoqdagi to‘ng‘ich qiziga nisbatan pul yuvish bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida musodara qilingan mablag‘larni qaytarish uchun BMTning ko‘p tomonlama trast jamg‘armasi tashkil etilishini ma'lum qilgan.

Adliya vazirligiga ko‘ra, Frantsiyadan Karimovaning $10 million qiymatidagi aktivlari O‘zbekistonga qaytarilgan, yana 131 million AQSh dollari qiymatidagi aktivlar «O‘zbekistonga qaytarilishga tayyor».

Gulnora Karimovaadan musodara qilingan mol-mulklarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha inson huquqlari tashkilotlaridan iborat koalitsiya – Uzbek Asset Return Network bu borada ko‘p tomonlama mexanizm yaratilayotganini olqishladi.

Ayni paytda guruh o‘z bayonotida qaytarilgan pullar o‘zbek xalqi manfaati yo‘lida sarflanishi va bu “shaffof va hisobdorlik” asosida bo‘lishi kerakligini ham bildirdi.

Guruhning 15 fevral kungi bayonotida mablag‘lar talon-toroj qilinishining oldi olinishi uchun mustaqil auditorlar va mahalliy fuqarolik jamiyati faollari ham bu jarayonga jalb etilishi va shaffof hisob berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozimligi aytiladi.

Biroq hisobot mualliflariga ko‘ra, Shveytsariya va O‘zbekiston o‘rtasidagi dastlabki o‘zaro anglashuv memorandumida qaytish jarayoni shaffof va fuqarolik jamiyatini qamrab oluvchi tarzda o‘tkazish va'da qilingan bo‘lsa-da, muzokaralar va qaytarish jarayonlari hamon sir saqlanmoqda. O‘zbekistonda korruptsiyaga qarshi qonunlar ijrosi sust ta'minlanayotgani hisobga olinib, vatanga qaytarilgan mol-mulkni qaytarish jarayoni va boshqaruvi fuqarolik jamiyati faol ishtirokida shaffof nazorat ostida bo‘lishi kerak.

Tag‘in o‘qing
7 dekabr 2017
AQSh Davlat departamenti; AQSh Adliya departamenti; Birlashgan qirollikning Hamdo‘stlik ishlari va tashqi ishlar vazirligi. Markaziy Osiyoda inson huquqlari uyushmasi, ...
4 oktyabr 2016
Uchko‘prik tumanidagi 1-MTM (maktabgacha ta'lim muassasasi) mudirasi 29 sentyabr kuni kechasi paxta terimiga bag‘ishlangan selektor majlisiga ketayotib, hokimiyat binosi ...
31 yanvar 2019
Germaniyada chiqadigan  «Süddeutsche Zeitung» (Zyuddoyche Tsaytung) gazetasi 29 yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning intervyusini chop qildi. Karimov davrida ...
5 oktyabr 2017
Prezident Mirziyoev 30 sentyabr kuni Maktabgacha ta'lim vazirligini tuzish haqidagi farmonni imzoladi. Farmonda, mamlakat bo‘ylab bog‘chalar sonini ko‘paytirish, maktabgacha ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...