Asosiy mavzular
1 iyul 2022

Mamlakat birligi va bo‘linmasligi masalasida barchani hamjihatlikka chaqiramiz

Nukusdagi norozi guruh ko‘chaga odam olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Buni 1 iyul kuni telegram sahifasida bir qadar yoritdik. Eltuz o‘zini Nukusdagi norozi gruppa matbuot kotibi deb atagan shaxs bilan aloqada. Ammo norozilar guruhining bu chiqishi butun Qoraqalpog‘iston siyosiy irodasini bildirmaydi.

Amudaryo, To‘rtko‘l, Beruniy, Elliqqala va Xo‘jaylidagi odamlar bilan gaplashdim. Ular nizo chiqishini istamasliklarini ochiq aytishdi. Asnoda O‘zbekistondagi separatizmni qo‘llovchi boshqa guruhlar ovozi ham chiqa boshladi. Bu jiddiy signal. Azizlar, O‘zbekistonda separatizm bilan bog‘liq nizo girdobiga tushish kabi lyuksimiz yo‘q bizlarning.

Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishida huquqiy muammo yo‘q. To‘g‘ri qadam bu. Unitar davlat tarkibida yana bir suveren tuzilma bo‘la olmaydi. Shu kunlarda DAVLAT o‘zining davlat ekanini ko‘rsatishi kerak. Jiddiylik va azmu qaror – eng muhim jihat. Ën berish va emotsiyalar asiriga tushish bunday paytda to‘g‘ri kelmaydi. Shu bilan birga kuch ishlatar tizimlar o‘ta ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi va kuch qo‘llashdan iloji bor qadar tiyilishi kerak. Zotan o‘zbeklar va qoraqalpoqlar orasida nizo tarixi yo‘q. Mamlakat birligi va bo‘linmasligi masalasida barchani hamjihatlikka chaqiramiz.

Eltuz jamoasi

Tag‘in o‘qing
11 fevral 2019
Turk dunyosining buyuk qo‘shiqchisi¸ “dutor qiroli” 55 yashar Abdurahim Hayitning Xitoydagi qamoqda suratga olingan videotasviri 10 fevral kuni tarmoqda ...
21 yanvar 2020
Turkiyada yashayotgan atoqli adib va siyosatchi Muhammad Solih hayoti haqidagi “Begona” filmining oxirgi 14-qismi uning umr yo‘ldoshi, biolog olima, ...
29 yanvar 2018
Toshkent shahri markazidagi modern me'morchilik namunasi bo‘lgan Kinochilar uyi va boshqa binolarning buzilishi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisining ...
2 iyun 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana hafta aylanib siz bilan birgaman.  MS: Toshkent o‘risni mallakina oylondimi og‘a? ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...