Asosiy mavzular
8 avgust 2022

Istanbulda Jahongir Otajonovning shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi

O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda tanilgan 44 yashar pop qo‘shiqchi va siyosiy faol Jahongir Otajonovning Turkiyadagi shaxsiy mashinasi o‘g‘irlab ketildi.

Eltuz tasarrufidagi mavjud videokuzatuv kadrlarida 30 iyul tongi 3 dan 2 daqiqa o‘tganida ikki nafar kapyushon kiygan jinoyatchi Reno mashinasini ugon qilgani aks etgan.

Istanbuldagi Alibeyko‘y mahallasidagi ofis oldida Otajonovga oid ikkita mashina turgan. O‘g‘irlik Ayyub Sulton (Eyüp sultan – çırçır mahallesi dönmez sokak no:60) qarshisida yuz bergan.

O‘tkan yili ayni shu manzilga jinoyat olami vakillari kelib_ «siyosatga aralashma» deya Otajonovga tahdid qilishgan edi. O‘g‘rilar atay Renoni nishonga olishgan. Talonchilar Otajonovga tegishli Mersedes mashinasini ochib ichidan kalitni olib Otajonovlarning 2017 yilda ishlab chiqilgan Reno mashinasini o‘g‘irlab ketishadi.

Bu avtomobilning Turkiya bozoridagi narxi taxminan 20 ming dollar. O‘zbekiston rasmiylari Otajonovga mamlakatdan chiqish taqiqi qo‘ygani bois, Jaxongir Turkiyadagi mol mulkini tasarruf qilish huquqidan mosuvo qolmoqda.

Otajonovning to‘ylar va boshqa tadbirlarga chiqishiga yashirin taqiq mavjud. Chunonchi, uning o‘tkan xafta Urganch muzeyidagi kontserti ham «sirli mulozim»lar tarafidan taqiqlandi.

Eltiuz.com

Tag‘in o‘qing
7 aprel 2015
Qudrat Bobojon Biz har kuni xabarlar olamiz, mamlakatda kun sayin demokratiya zaiflashayotgani, diktatura kuchayib borayotgani haqida.  Ehtimol, oddiy avom ...
24 noyabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov «Eltuz» orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosida O‘zbekistonda qish mavsumi, ...
28 fevral 2018
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati sobiq raisi, qo‘li uzun Rustam Inoyatovning o‘g‘liga tegishli ko‘chmas mulklar haqida Open Source Investigations (OSI) ...
2 dekabr 2021
1 dekabrdan 2 dekabrga o‘tar kechasi Urganchda Jaloliddin Manguberdi haykali buzib tashlandi. Haykal badiiy ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston xalq ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...