Asosiy mavzular
15 mart 2023

Dumbadze va qonun – yoki Luiza Rasulova tarmoqda nega yig‘ladi?

«Brilliant qo‘l» kinofilmi qahramoni chet elda «it odamga do‘stdir» «bizda esa domkom do‘stdir» deydi. O‘zini «domkom» yoki «etajkom» deb nomlab olgan  «hukumat xotinlar» siz o‘z pulingizga olib yashayotgan uyingizdagi hayotingizni jahannamga aylantirishi mumkin.  Domkom xotinlar bilan shallaqilikda o‘tmishdagi do‘llarchi xalimalar bellasha olardi. Chilonzordagi ko‘p qavatli uylarda kim yashagan bo‘lsa domkom degan ajina haqida gapirishga hojat yo‘q.


Tarmoqda qo‘lma qo‘l bo‘lgan video aynan Chilonzorda yuz berdi. «Men palonchi milisa nachalnik to‘yida ocharchilik qiladigan dumbadzening» enasiman deb bo‘yniga domkom beyjigini osvogan 63 yashar xola bino eshigiga kodli zamok va domofon o‘rnatdi. Aslida u binoning birinchi va ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv kurslariga odam kiritmaslik uchun o‘zining noqonuniy hokimiyatini o‘rnatgan edi.

Bu birovning biznesiga atay halaqit berish deb ataladi. Agar bu xola o‘nta dumbadze ocharchining enasi bo‘lsayam bunga haqqi yo‘q.

Xullas 9 mart kuni o‘quv markaziga kira olmagan xodimlar milisani va o‘quv kursi rahbarini chaqirishgan. Ocharchi artsning enasi esa artslik qilib o‘zini yerga otib «oh o‘ldim, meni toptab tashashdi» deb chochini yulib yerlarda og‘onagan. Bu haqda  shahar IIBB ma'lumot berdi.

«9 mart kuni soat 15.00 larda Chilonzor-6 dahasidagi ko‘p qavatli uylardan birining uyboshisi — 1959 yilda tug‘ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko‘p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o‘quv muassasasi rahbari — 1971 yilda tug‘ilgan B.Ch. bilan o‘zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko‘p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo‘yib, ikkinchi qavatda joylashgan o‘quv muassasasiga kelgan o‘quvchilarning kirishiga to‘sqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ning qo‘lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova yerga yiqilgan.»

Ana shundan keyin tarmoq sahnasiga dumbadze nomi bilan tanilgan aktrisa Luiza Rasulova chig‘ib kelib timsox ko‘z yoshlarini to‘kib ko‘ngli bo‘shlarni yig‘latgan.

Menam jiladim buni ko‘rib. Lekin bu hammasi teatr ediku, nega bu artsning  «Uyboshi»  enasi birovning biznesiga halaqit beradi.

O‘zini yerga urib «ana o‘ldim» deb shallaqilik qiladi?

Spektakl  pardalari ochilib yopiladigan teatr binosida bo‘lgani yaxshi. Chilonzor teatr ko‘rsatish uchun zo‘r sahna emas.

Qizining anatomik ustunligi uning enasining boshqalardan ustun bo‘lishi degani emas. Bu «Abadiyat qonuni» kitobida yozilgan. Kitobni Dumbadze yozgan. Gurji yozuvchisi Dumbadze. Lekin yozuvchining enasi bacham mashxur bo‘ldi deb shallaqilik qilmagan. Chunki asl Dumbadze Chilonzor yoki Qatortolda emas Tiflisda yashagan.

PS: Ayni matn rassom Tuzdan edi. Eltuz esa o‘z kundalik ko‘rsatuvlarini davom ettiradi. Bizni kuzatib boring. Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang.

Tag‘in o‘qing
12 yanvar 2021
Andijon shahridagi avtobus bekatlaridan birida to‘shakka o‘ranib, ustidan tsellofan yopib o‘tirgan bir kishiga duch keldim. O‘sha kuni havo odatdagidan ...
18 sentyabr 2017
Uylandingmi tamom, bir yildan keyin farzand ko‘rmasang «bir balosi bor bularning» kabi tavqi la'natni quchoqlaysan. Mana dopustim, tasavvur qiling ...
8 aprel 2023
Olti yilcha oldin bir aziz do‘stim Saudiyaga zaruriyat yuzasidan borib keldi. Safar tafsilotlarini aytar ekan «Saudiyada yashaydigan o‘zbek olim» ...
27 aprel 2016
Bugun eltuz.com o‘zining kun karikaturasi ruknida tag‘in musavvir Elsevar chizgan yangi rasmni taqdim etadi. Bu safar rassom keksa yoshdagi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...