Boshqa maqolalar
14 sentyabr 2019

«Eltuz» «Marhabo, talantlar!» tanlovini e'lon qiladi

«Eltuz» nashri o‘zining yutub kanalida “Marhabo, talantlar” tanlovini boshladi.

Tanlov shartlari

Tanlovda ishtirok etish uchun qo‘shiq, ashula, raqs, she'rni ifodali o‘qish, stend-ap shou chiqishi, intermediya, sketch-fokus va akrobatika namoyishi yozilgan videotasvirni 2019 yil 1 dekabrga qadar yuborish kerak bo‘ladi.

Tasvirlar 7 minutdan oshmasligi va mualliflik huquqi normalariga rioya qilingan bo‘lishi shart. Cholg‘u chalish olqishlanadi. Fonogramma bilan ijro qilmaslik so‘raladi.

Tanlov g‘olibi yutubdagi tomoshabin soniga ko‘ra aniqlanadi. Nomzod yuborgan video e'lon qilinganidan keyin 10 kun ichidagi tomoshabinlar soni hisobga olinadi.

Video e'lon qilinganidan keyingi 10 kun ichida eng ko‘p ko‘rilgan qatnashchi yagona g‘olib bo‘ladi. Tanlov g‘olibi 31 dekabr kuni e'lon qilinadi.

G‘olibga shoxi bir aylangan qo‘chqor bo‘ynidagi arqoniga qo‘shib beriladi.

Marhabo, talantlar!

Qatnashishni istaganlar telegram (t.me/eltuz), feysbuk, (facebook.com/eltuzcom) va eltuz2015@gmail.com elektron pochtaci yoki +46 76 595 45 52 raqamli telefon orqali bizga murojaat qilishsin.

eltuz.som

Tag‘in o‘qing
14 may 2018
Mirziyoevning 15-17 may kunlari AQShga safari oldidan «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomova rasman O‘zbekistonda jurnalistik faoliyat yuritishga akkreditatsiya oldi. ...
24 dekabr 2020
Odatda revizor taftish qilayotgan sub'ekt hali qamoqqa olinmagan va ko‘p hollarda o‘z jinoiy faoliyatini oshig‘ich g‘ayrat bilan davom qildirayotgan ...
3 may 2021
Yangiyo‘l shahridagi 1-umumta'lim maktabi o‘qituvchisi maktab mutasaddisi Umida Sattorova muallimlarni koronavirusga karshi vaktsinani olishga majburlayotgani, aks holda ishdan haydash ...
20 sentyabr 2019
2013 yilning 2 mayida Termizdagi qurilish firmasi rahbari bo‘lgan 60 yashar Abdug‘ani Erdonov o‘z mashinasida quruvchilariga ovqat olib ketmoqda ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...