Document UZ
5 aprel 2023

Indoneziyada 4 nafar o‘zbek terrorchi deya qo‘lga olindi

Dastlabki tergov natijasiga ko‘ra, bu 4 nafar o‘zbek qashshog‘i Suriyada odam so‘yib terrorchilar qo‘lida shotir bo‘lgan. 

Indoneziya politsiyasi brigadasi matbuot kotibining aytishicha, o‘zbekistonliklar “ “Tavhid val Jihod katibasi” xalqaro terror tashkilotiga aloqador. 

Qo‘lga olingan B.A. 32 yoshli, O.M.M 28, B.K.A 40 va M.R. 26 yoshli kishilar ekani ma'lum qilindi. 

Ular Indoneziyaga Istanbuldan kelishgan va mamlakatga Malayziya orqali kirishgan. 

O‘zbekistonliklarning ikki nafari 2023 yilning 6 fevralida Indoneziyaga jo‘nab ketgan, qolganlari esa uch haftadan so‘ng 27 fevral kuni Indoneziyaga yetib borgan.

B.A, O.M.M va M.R Yaqin Sharq mintaqasida, xususan Suriyada faol bo‘lgan xalqaro terror tashkiloti a'zosi. Boshqa bir gumonlanuvchi B.K.A esa ularga moliyaviy yordam hamda soxta hujjatlarni taqdim etib kelgan.

Xabarga ko‘ra, B.A 2021 yilda tashkilot direktori bo‘lgan va O‘zbekistondan Turkiyaga jo‘nab ketgan. Shundan so‘ng u Suriyadagi jangarilar lageriga jo‘natilgan.

B.A Turkiyada bo‘lganida radikal tashviqot tarqatgan. Xabar qilinishicha, u teraktlarni amalga oshirish niyatida bo‘lgan 

“Tavhid val Jihod Katibasi” guruhi a'zolarini qabul qilish va ularni tegishli joylarga yetkazish bilan shug‘ullangan.

“Hozirda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi unga nisbatan radikal mafkura targ‘iboti bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan”, — dedi Indoneziya politsiyasi generali Ahmad Ramazon.

“ Tavhid val Jihod Katibasi” tarafdori O.M.M Suriyadagi guruh rahbariyatining buyrug‘i bilan 2020 yilda Suriyaga ketgani xabar qilindi. Aytilishicha, u lagerda qo‘poruvchilik terrorizm bo‘yicha mashg‘ulotlarni tamomlagan va guruh faoliyatida faol ishtirok etgan.

M.R esa 2020 yilda “Katiba Tavhid val Jihod” direktori sifatida Suriyaga jo‘natilgan, 2022 yilda esa Iordaniya poytaxtida terrorizm bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini tamomlagan.

Aksariyat o‘zbeklar fikrlashi va zexniyatiga ko‘ra¸ radikal zombi bo‘lishga moyil.

@rassomtuz

Tag‘in o‘qing
30 mart 2017
«Oila va jamiyat» gazetasini (29.03) varaqlar ekansiz, undagi maqolalarda bugungi o‘zbek jamiyatining ancha og‘riqli muammolari tilga olinganiga guvoh bo‘lasiz. ...
1 fevral 2016
2016 yil 27 yanvar kuni BJ’s Wholesale Club chakana savdo kompaniyasi Paxta majburiyati (Cotton Pledge)ga imzo chekkan 200 dan ...
17 aprel 2017
«Erk» Demokatik partiyasi lideri Muhammad Solih Qozog‘istonning yil oxirigacha lotin yozuviga o‘tish qarorini qo‘llab quvvatlashini bildirdi. Qozog‘iston prezidenti Nazarboev ...
12 avgust 2019
“Eltuz” orqali prezident Shavkat Mirziyoevga ochiq murojaat bilan chiqqan “bir guruh ishsiz qilgan va ishlayotgan prokuratura xodimlari” hozir ham ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...