Document UZ
30 sentyabr 2015

Voyaga yetmaganlarning terimga chiqarilayotganiga oid yangi dalillar

Kecha majburiy paxta terimi jumladan bolalar ekspluatatsiyasi avj olgan Xorazm viloyatiga reydga chiqqan huquq himoyachilari Yelena Urlaeva va Malohat Eshonqulovalarning qo‘llari qayirib olib ketilgani foto va videokameralari tortib olingani, jumladan huquq himoyachilarini olib yurgan haydovchining o‘g‘lini xorazmlik militsionerlar kaltaklashgani haqida materiallar paydo bo‘lgan edi.

Shuningdek, bu yuzadan tashvish bildirib, xalqaro huquq himoya tashkilotlari O‘zbekiston hukumati idoralariga murojaat etishgan.

Faollarning yana aniqlashicha, o‘tgan haftada viloyat rasmiylari ko‘zbo‘yamachilik qilishgan, viloyatga Xalqaro mehnat tashkilotlari vakillari borgan paytda paxta dalalaridagi terimchilarni uylariga qaytarishgan, XMT vakillari ketgach tag‘in terimchilar majburiy mehnatga qaytarilgan.

«XMT kuzatuvchilari Xorazmga yo‘l olishi bilan mahalliy hokimiyat vakillari paxtaga yotoqqa jo‘natilgan o‘quvchilarni, o‘qituvchilari, shifokorlarni va barcha terimchilarni vaqtinchalik ortga qaytaradi. Farzandi paxtada erta qaytganiga xayron bo‘lgan ona xam shuni aytdi. XMT ekspertlari ketganidan keyin esa barcha terimchilar yana paxta dalasiga qaytarilgan, – deydi Ozodlik radiosiga bergan intervyusida Malohat Eshonqulova.

Germaniyada joylashgan UGF tashkilotining mazkur intsident yuzasidan tashvish bildirib yozgan maktubida «Xorazi viloyat rahbarlari Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari va rahbariyatni aldayotgani», Aniqlangan faktlarga ko‘ra, voyaga yetmagan o‘nlab o‘quvchi sentyabr oyi boshidan buyon har shanba-yakshanba kunlari paxta terimiga chiqarilayotgani aniqlangani aytiladi.

Bugun qo‘limizga ular dalalarda olgan fotosuratlar kelib tushdi Eltuz.com ularni e'tiboringizga havola etadi.

www.Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
27 oktyabr 2020
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari mamlakatning o‘zida yetishtiriladigan O‘zbekistonda nega keyingi davrda go‘sht, tuxum va o‘simlik moyi kabi oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlab ...
22 may 2020
Ramazonning beshinchi jumasida siz bilan gurunglashish nasib etganidan ichimga sig‘may sevinib o‘tiribman. Bormisiz, og‘am, inim, singlim, opam, onam. Siz ...
13 may 2020
Sardobadagi falokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan hukumat komissiyasining 7 may kuni e'lon qilingan tarkibiga Sardoba suv ombori loyihasining bosh ...
10 may 2019
Magnitni birinchi marta ushlab ko‘rganimda, bir tomoni tortishi va yana bir tomoni o‘zidan itarishini o‘zim uchun kashf qilgan edim. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...