Asosiy mavzular
31 yanvar 2018

Muhammad Solih: Inoyatov Moskvaga bog‘langan odam edi

O‘zbek muxolifati lideri, “Erk” demokratik partiyasi raisi Muhammad Solih “Eltuz” muxbiri bilan suhbatda MXX raisining lavozimidan ketishini “O‘zbek xalqi uchun ijobiy bo‘lgan ulkan siyosiy voqea”, deb atadi.

Suhbat davomida Muhammad Solih MXXning 31 yanvar kuni ishdan olingan raisi Rustam Inoyatovning o‘zbek xalqiga nisbatan qilgan repressiya ko‘lamini tasvirladi.

“Inoyatov ukalarimni qamadi, “Erk” faollarini quvg‘in qildi, qolaversa, mening o‘zimga uch marta suiqasd uyushtirdi. Alloh ko‘magida bu suiqasdlardan omon qoldim”, dedi Muhammad Solih.

“Eltuz” muxbirining “Nega Inoyatovni ishdan olish uchun Mirziyoevga bir yil zarur bo‘ldi?” degan savoliga javob bergan Solih o‘z tasarrufidagi ma'lumotlarga asoslanib, “Inoyatov tarafdorlarini zaiflashtirish ancha qiyin bo‘lganini” aytdi.

“Inoyatov ishdan ketish oldidan MXX inventaridagi 5 foiz qurolni shaxsiy tarkibga noqonuniy tarqatgan, degan ma'lumot bor bizda. Ya'ni MXX qurol zaxirasining 5 foizi Inoyatov tarafdorlari qo‘lida bo‘lgan. Ularda Inoyatov tarafini olib qurolli qarshilik qilish rejasi bo‘lgan. Shu bois, Mirziyoevga Inoyatovni ketkazish uchun bir yil kerak bo‘ldi”, deydi suhbatdosh.

Ba'zi mulozimlarga ko‘ra, Rustam Inoyatov 1995 yilda Toshkent klani xoch otasi bo‘lgan Temur Alimov (hozirda marhum) ko‘magida MXX raisligiga keltirilgan. Ya'ni u Toshkent klaniga bog‘liq bo‘lgan. “Eltuz” bilan suhbatda Muhammad Solih 31 yanvar kuni ishdan olingan Rustam Inoyatov “Moskvaga bog‘langan odam edi”, deya ta'kidladi.

“Bu uning KGBning Moskvada bo‘lib o‘tgan yuz yillik tantanalarida bezbetlarcha qatnashganida yaqqol ayon bo‘lgan edi”, deydi Muhammad Solih.

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Rasulovich Inoyatov ishdan bo‘shatildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ishtirokida o‘tkazgan selektor yig‘ilishida ma'lum qilindi.

MXX raisi lavozimiga shu vaqtgacha O‘zbekiston Bosh prokurori bo‘lgan Ixtiyor Abdullaev tayinlandi.

23 yildan beri MXX raisi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Inoyatovning bo‘shatilishi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning MXXni ochiq tanqid qilgani ortidan yuz berdi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 iyul 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
4 yanvar 2017
Ukrain xalq artisti, “Verka Serdyuchka” taxallusi bilan sharaflanadigan 44 yashar Andrey Mixaylovich Danilko yangi yilni Toshkentda qutladi. Danilko Toshkentdagi ...
2 dekabr 2020
1 dekabrdan O‘zbekistonda hukumatning “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, ...
14 aprel 2022
2022 yil 1 aprel kuni Qarshi shahar hokimi Xolboev Normo‘min Yaxshievich IIB xodimlari tomonidan hibsga olinib, jinoiy ish ochildi. ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...