Asosiy mavzular
3 oktyabr 2019

Muhammad Solih: Mustaqillikni migrantlar manfaati uchun qurbon qilmaymiz!

Rossiya Federatsiya Kengashi spikeri Valentina Matvienko bayonotiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi masalasini o‘rganayotir.

Matvienkoning aytishicha, bu xususda «O‘zbekiston prezidenti bir qarorga kelgan».

Shu o‘rinda janob Shavkat Mirziyoevga bir necha savolimiz bor:

1.RIA Novosti kabi jiddiy xabar agentligida bosilgan bu xabarga nega javob bermayapsiz? Bu xabar to‘g‘rimi yoki ruslarning uydirmasimi?

2. Agar xabar to‘g‘ri bo‘lsa, nega davlatimiz uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgan bu mavzu haqida Matvienko biladi-yu, sizni prezident qilib saylab, boshiga o‘tqazgan xalq bilmaydi?

3. O‘rtada shubhali bir holat bor: Matvienko O‘zbekistonning davlat rejalariga o‘zbeklardan ko‘proq voqifmi?

Ba'zi laganbardorlar bu xoinona rejaga dastak berib: «Bu iqtisodiy ittifoq, tahlikali emas», deyishni boshladilar.

Davlatlar orasidagi har qanday iqtisodiy aloqa mutlaqo siyosiy aloqaning instrumentidir. Hatto eng kuchli instrumentdir. Buni bilib bilmaslikka olayotgan, bizga bu ittifoqni suqishtirayotgan o‘zbeklar vatan xoinidir.

«O‘zbekistonni demokratik o‘lka» deb o‘ylayotgan ba'zilar esa masalani referendumga qo‘yish haqida fikrlar ham bildirishyapti.

Bunga zinhor yo‘l qo‘yish kerak emas. Agar ish referendumga yetib kelsa, O‘zbekistonga bu bo‘yinturuqni kiydirish juda osonlashadi.

Karimov 1991 yil Sovet Ittifoqi Konfederatsiyasi referendumiga kirib, 1990 yilda qozonilgan Mustaqillik deklaratsiyasini qanday oson bekor qilgan bo‘lsa, bu muhtamal referendum Mirziyoev ham 1991 yilda e'lon qilingan mustaqillikni shunday oson bekor qilishi mumkinligidan darak beradi.

Bir o‘zbek vatandoshi o‘laroq, o‘zbek siyosatchilarini ogohlantirmoqchiman. Agar haqiqatan ham O‘zbekiston davlati tepasidagilar kim bo‘lishidan qat'i nazar, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirish qaroriga kelgan bo‘lsalar va bu qarorini amalga oshirsalar, bu aktsiya O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida yo‘q bo‘lishining boshlanishi bo‘ladi. Va bu ishning boshida turganlar vatan xoini deb baholanajaklar.

Muhammad SOLIH,
O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi rahbari
3.10.2019

Tag‘in o‘qing
22 noyabr 2017
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev maktab direktorlari va o‘qituvchilarini «hayvon», «shoqol», «eshshak», «gadoy», «padaringga la'nat» deya haqoratladi. 16 oktyabrdagi ...
24 sentyabr 2023
Qozog‘istonda chet el vatandoshini o‘g‘irlab yaqinlaridan pul talab qilgan besh o‘zbek uzoq muddatga qamaldi. Qarag‘anda shahar sudi 21 sentyabr ...
5 yanvar 2023
Qadrli muxlislar. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yilgi ilk sonini taqdim etadi.+++2022 yilda eng ko‘p tilga olingan o‘zbek vatandoshi ...
18 may 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...