Asosiy mavzular
15 may 2020

Yana yer mojarosi. Buvayda hokimi fermer yerini olib qo‘ydi

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani hokimi Bekzod Ibragimov 2019 yil 28 yanvardagi qarori bilan 2015 yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Siddiqjonobod oq oltin xirmoni” fermer xo‘jaligining yer maydonini davlat zaxirasiga olib qo‘ydi. 

49 yilga ijaraga berilgan 80,89 gektar maydonda fermer xo‘jaligi rahbari Nabijon Shamshiddinov uch o‘g‘li, kelinlari, ayoli, xonadonidagi jamiki mehnatga yaroqli 15 kishi bilan dehqonchilik qilib kelayotgan edi.

Hokim esa bu katta oilaning rizqini ta'minlab kelayotgan yerini tumandagi “Qo‘rg‘onobod hamkori” MMTP hududidagi “Jannat diyor” fermer xo‘jaligiga biriktirib berdi.

Nabijon Shamshiddinov adolatsizlik yuzadan tuman va viloyat prokuraturasiga shikoyat qilganidan keyin prokuratura hokim qarorini bekor qilish haqida protest kiritdi.

Shundan keyin hokim 2020 yil 26 fevralda o‘zining avvalgi qarorini bekor qildi. Bundan quvongan fermer yana ishga kirishib, yerlarni haydadi, g‘allani suvga qondirdi. Hatto bu orada 22 gektar maydonga chigit ekishga ham ulgurdi.

Nabijon Shamshiddinov tuman hokimi 2019 yil 26 martda ikkinchi qarorini chiqarib, fermer xo‘jaligi yerlarini yana davlat zaxirasiga qaytarganini bilmasdi.

Bu qarorga “Siddiqjonobod oq oltin xirmoni” fermer xo‘jaligining yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tmagani asos qilib olingan.

Unda nega 2015 yildan buyon ishlayotgan fermerga er uchastkasiga bo‘lgan huquq rasmiylashtirilmagani masala endi chiqadi. Xo‘p, bunday huquq rasmiylashtirilmagan ekan, endi yerni darhol olib qo‘ymay, uni qonuniylashtirib berish shunchalik qiyinmi?

“Xonadonimda ishga yaroqli 15 kishi bor. Chigitni ekib bo‘ldim. Nega chigit ekilganda, bug‘doy pishig‘iga oz muddat qolganda yerim tuman zaxirasiga olinyapti? Paxta ekishga ham bor mablag‘imni o‘z hisobidan sarfladim-ku”, deb kuyinadi fermer.

Buvayda tumani hokimligi axborot xizmati “Siddiqjonobod oq oltin xirmoni” yer maydoni davlat zaxira yerlari hisobiga qaytarilishini Vazirlar Mahkamasining fermer xo‘jaliklari yerlarini maqbullashtirish to‘g‘risidagi 2019 yil 9 yanvardagi qarori bilan izohlamoqda.

Lekin axborot xizmati bergan ma'lumotda asos sifatida tuman hokimining prokuratura protesti asosida bekor qilingan qarori keltirilgan. Qolaversa, fermer xo‘jaligi erdan oqilona foydalanmagani, turli xizmatlar va mahsulotlar uchun qarzdor bo‘lib qolgani iddao qilingan.

“Bu vajlar men shikoyat qilishni boshlaganimdan keyin o‘ylab topilganga o‘xshaydi. Chunki mening qo‘limda “Agrobank”dan “qarzdorligi yo‘q”, degan ma'lumotnoma turibdi”, deydi yeridan ayrilgan fermer.

Fermerning shuncha aybi bor ekan, nega tuman prokurori fermerga yerini qaytarish to‘g‘risida protest kiritadi? Bundan tashqari, joriy yilning 26 fevralida tuman hokimi fermerga yerini qaytarish haqida qaror chiqargan. Oradan bir oy o‘tib esa yana yer olib qo‘yilyapti.

Ajabtovur yana bir voqelik. Fermer xo‘jaligi yerlari zaxiraga qaytarilgan bo‘lsa-da, fermerga tuman hokimligi tomonidan har yilgi majburiyatlari hisobidan 2 quti ipak qurti berilgan. Hozirgi kunda fermer oilasi bilan ipak qurtini parvarish qilmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
16 avgust 2023
Pittsburgda istiqomat qilib kelgan o‘zbekistonlik Maqsudjon Qosimov ijtimoiy tarmoqda FBR va Kranberi politsiyachilari tarafidan ochilgan soxta 15 yoshli qiz ...
7 fevral 2019
Rassom TuzEltuz.com
17 fevral 2021
Curxondaryolik tadbirkor H.Olimov 17 fevral kuni prezident Mirziyoevga videomurojaat yo‘lladi. Murojaatida u Muzrabot tumani hokimi Erkin Olimov uni yo‘q ...
2 fevral 2021
1 fevral kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat ichida turib faoliyat yuritadigan polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskaning akkreditatsiya muddatini uzaytirishni ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...