Asosiy mavzular
8 avgust 2023

O‘zbekistonning «chiqindi qiroli» kim?

Ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari qanday qilib «chiqindi qiroli»ga aylandi?

Islombek Boqijonov

Sanitar tozalash korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga turli imtiyoz va preferentsiyalar berish hamda davlat-xususiy sheriklik munosabatlari asosida joriy etilishini kengaytirish maqsadida 2022 yilda 189-sonli Prezident farmoni qabul qilindi.

Mazkur Farmonga ko‘ra, ushbu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub'ektlaridan undiriladigan bir qator majburiy to‘lovlar bekor qilindi, foyda solig‘i va ijtimoiy soliq stavkalari pasaytirilib, bir necha milliard so‘mga teng boshqa bir qator imtiyozlar berildi.

Berilgan imtiyoz va preferentsiyalarga ko‘ra, Davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan korxonalar ixtiyorida o‘nlab milliard so‘m miqdoridagi mablag‘lar qolish imkoniyati yaratildi.

Ushbu imtiyoz va preferentsiyalarga qo‘shimcha ravishda, imtiyozli to‘lov shartlarida davlat korxonalariga tegishli bo‘lgan maxsus texnikalar, beg‘araz foydalanishga berilgan chiqindi poligonlari, bino va inshootlar, chiqindi to‘plash shahobchalari, chiqindi to‘plash konteynerlari deyarli tekin narxlarda beriladigan bo‘ldi.

Qisqa qilib aytganda, shuncha imkoniyat berilgan bo‘lsa, ishlash va mo‘may daromad keltiruvchi tayyor biznes.

Eltuz o‘tkazgan surishtiruv Prezident farmoni bergan imkoniyatdan, birinchilardan bo‘lib, o‘sha davrda Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimini egallagan Islombek Boqijonov hamda uning aftrofida bo‘lgan bir guruh “uddaburonlar” foydalana boshlaganini aniqladi.

Hozirgacha Islombek Boqijonov qurgan imperiya tor doiradagi kamchilik tadbirkorlarga ma'lum edi.

Ammo bugun Eltuz buni barchaga oshkor etishga qaror qildi.  

«Uddaburonlar» guruhi

Islombek Boqijonov yetakchilik qilgan “uddaburonlar” guruhi avval boshdan asosiy e'tiborni eng ko‘p foyda keltirishi mumkin bo‘lgan hududlar – Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlariga qaratdi.

Islombek Boqijonov yaqin qarindoshi nomiga “BIO TEX EKO” MChJni, o‘zining ukasi Shaxobiddino Boqijonov nomiga “BI SAY” MChJni, yaqin “shotiri” Otabek Rahbarov ham Qo‘mita huzuridagi Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi direktori lavozimidan foydalanib, boshqa qarindoshi nomiga “Vodiy maxsus sanitar trans” MChJni tashkil qilishadi.

Qizig‘i shundaki, tender raisi ham janob Boqijonov o‘zida mavjud hamma imkoniyatlardan maksimal darajada foydalandi.

Qo‘mita huzuridagi Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasi direktori, Otabek Rahbarov

“Uddaburonlar” avval boshdan shaffoflik mezonlarini bir chetga surib qo‘yishdi va tender bosqichini ham o‘z qo‘llariga olishdi.

Eltuz insayderlariga ko‘ra, tenderga qo‘yilgan “eng mo‘may daromadli” hududlarning 80 foizidan ortig‘i “yuqori balllar” “uddaburonlar”ga tegishli korxonalar ixtiyoriga o‘tdi.

 Mabodo tender paytida mutloq ustinligi tufayli yiqitishni eplasha olmay, “ro‘yxatidagidan” boshqa biror bir korxona “tasodifan” haqiqiy g‘olib bo‘lib qolsa, turli bo‘xton va uydirmalar bilan, g‘olib korxonani sudlarga berib, bezor qilib “tinchitishdi”.

Keyin esa tenderda “g‘olib bo‘lgan korxonalar” bilan tantanali ravishda bitimlar tuzishdi.

Bitimlar ham, tabiiyki, g‘olib korxonalar egalarining xohishu istaklariga qarab tuzildi.

Nomiz yuqorida zikr etilgan shirkatlar uchun bitim shartlari boshqalarga nisbatan “yaxshilab imtiyozlarni qo‘shib” berilib, “o‘zgacha” qilib tuzildi.

Bitimning hamma shartlarni o‘zlarining foydasiyu xohishu istaklariga qaratgan holda tuzilganidan so‘ng xotirjam ishlar boshlanadi.

Ammo, ushbu “uddaburonlar” Davlat rahbari tomonidan berilgan shuncha yengilligu imtiyozlarning ustiga qo‘shimcha ravishda o‘zlari uchun yaratib olgan sharoitlarga ham qoniqishmadi. 

 “Uddaburonlar” endi hali muddati yetib kelmagan mamlakat prezidenti bergan imtiyozlardan foydalanishni orzu qilib qolishdi va bu orzuni amalga oshirishdi.

Boshqaruv o‘z qo‘llarida bo‘lgani bois ushbu korxonalar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan 5 % to‘lov to‘lanmaydigan bo‘ldi.

Sobiq qo‘mita raisi o‘rinbosari janob Islombek Boqijonovning tegishli topshiriq xati bilan Prezident bergan imtiyozli muddat yetib kelishidan 6 oy avval ushbu to‘lovni asossiz bekor qilib, 2,5 mlrd so‘m mablag‘ni davlatga to‘lamasdan, o‘z cho‘ntaklariga urishdi.

Prezident bergan imtiyozlar, imtiyozli shartlarda berilgan maxsus texnikalar, beg‘araz berilgan poligonu konteynerlar…. va bitta xat bilan osongina cho‘ntakka urilan 250 ming dollar.

Ammo bular ham kamlik qilib, janob Boqijonov kursida o‘tirgan paytda o‘zlariga tegishli korxonalarga Ekologiya jamg‘armasidan o‘nlab milliard so‘mlik ssuda mablag‘lari ajratishga ham ulgurdi.

Eng hayratlanarlisi, qisqa vaqt ichida shuncha ishlarni qilib o‘rgangan “uddaburonlar”, endi mamlakat Prezidentini ham aldashga o‘tishdi.

Prezidentning Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida, davlatning katta mablag‘i sarflanib, kuniga 5 ming tonnadan ortiq chiqindini qayta ishlash hisobiga 10 xilga yaqin mahsulot ishlab chiqarishi mumkin bo‘lgan zavod faoliyati to‘g‘risida ma'lumot berildi.

Surxondaryo aholisi bu korxona ishga tushmadi “pul sarflagan bechora tadbirkorlar bankrot bo‘ldi” deyishmoqda.

Tabiiy savol: Milliardlab mablag‘ sarflangan zavod qurilishi bitganmidi o‘zi? Unda zavod nega ishlamadi ekan?

Eng qizig‘i Islombek Boqijonov Samarqand viloyatidagi “Marokand Obod” korxonasini hozirgi kunda ham “boshqarar” emish.

Mamlakat Prezidentining yuqoridagi Farmonida imtiyozlar berishdan ko‘zlangan maqsad  chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda uzoq muddatli investitsiya loyihalarni jalb etish edi.

Sohaga investitsiya kiritish umidida berilgan imtiyozlarga mos ravishda ishlar qilindimi? Ko‘rsatilgan xizmatlardan tushumlar oshirildimi? Investitsiyalar kiritildimi?

Savollar ko‘p!

Ming afsuski, o‘zlari tanlab olgan eng ko‘p foyda keltiradigan hududlardagi ahvol avvalgidan yomonlashsa yomonlashdiki, ijobiy tomonga biror o‘zgarish bo‘lganligini ko‘rish qiyin.

Sohadagi holatni ko‘rib, investitsiya kiritish ham tadbirkorlarning esidan chiqib qolganga o‘xshaydi deb o‘ylaysiz.

Oxirgi paytlarda Zangiota tumanidagi chiqindi tashish faoliyatidan aholining noroziligini ko‘rib, bu norozilik bejizga bo‘lmaganligini anglash mumkin.

Ushbu va Toshkent viloyatining boshqa bir qator tumanlarida “Zangiota obodon” korxonasi xizmat ko‘rsatmoqda.

Shunda bu hudud ham bizning “uddaburonlarga” tegishli bo‘lsa kerak yoki shularga o‘xshash kimningdir “erkatoy” jiyani yoki ukasiga tegishli bo‘lsa kerak degan xulosa qilasiz.

Beg‘araz foydalanishga berilgan poligonlarga chiqindilarni tashlash qoidalariga rioya etmasdan insonlar hayotiga xavfli bo‘lgan chiqindilarning tashlab yuborilishini ko‘rib, berilgan shuncha narsalar nafaqat uvol bo‘lganligini, balki, odamlar hayotiga o‘ta xavf solayotganligini anglaysiz.

Mutaxassilarning fikriga ko‘ra, poligonlardan yiliga atmosfera havosiga 400 ming tn issiqxona gazlari chiqib, yer ostiga 43 ming tn chiqindi erindilaridan zaharlangan filtratlar tashlanmoqda.

Buning natijasida, aholimiz orasida surunkali kasalliklar soni tobora ortgan. Yiliga 471 ming nafas yo‘li, 469 ming asab tizimi, 344 ming yurak, qon-tomir, 26 ming onkologik kasalliklariga chalinish hamda chaqaloqlarning nogiron bo‘lib dunyoga kelishi holatlari kuzatilmoqda.

Hozirgi kunda o‘zlariga tegishli 3 ta korxona – “CSW BIO GROUP”, “CSW BIO GROUP” va “BI SAY” MChJ ta'sischiligida “yaxshi niyatlar” bilan 33 foizdan ulush kiritib, Chiqindilar bilan ishlash sohasidagi tashkilotlar uyushmasini tashkil etib olishgan.

Ko‘ramiz, ushbu yo‘nalishda qanday rejalarni o‘ylab qo‘yishgan ekan.

Tag‘in o‘qing
19 may 2023
It quvgan gadoyday kunlar zuv zuv o‘tib yana qarshingizdaman aziz o‘quvchim. Yana 10 kun chidasangizlar Qo‘qon tarafdan qattiq shamol ...
23 oktyabr 2018
Xalqaro boks uyushmasi (AIBA) prezidentligi uchun 2-3 noyabrda o‘tadigan saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan o‘zbekistonlik 66 yashar G‘afur Rahimov jinoyat ...
10 noyabr 2018
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya ...
3 oktyabr 2023
Narpay tumani turg‘uni 7 sinf o‘quvchisi, Nurmuhammadov Umidjonni mahalla  raisi ayovsiz kaltaklab tashlaganini aytib, yordam so‘rab Eltuzga murojaat qildi. “Samarqand ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...