Asosiy mavzular
3 aprel 2024

O‘zMTRKning ahmoqona o‘yinlari davom etadi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raxbariyati ustidan navbatdagi shikoyat maktubi Eltuzga yetib keldi. Uni tag‘in O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib, qozoni zo‘r-bazo‘r qaynab turgan xodimlar yo‘llamoqda.

«O‘zMTRK rahbariyatining o‘z tasarrufidagi telekanallarga topshirgan oxirgi topshirig‘i otni kuldiradigan, eshakni hangratadigan darajada axmoqona bo‘ldi» deya yozadi maktub mualliflari.

Xatdan ma'lum bo‘lishicha, raxbariyat iddaosiga ko‘ra, so‘nggi paytlarda “BBC”, “Ozodlik”, “Eltuz” kabi millatimizga yot bo‘lgan g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi ommaviy axborot vositalari o‘z chiqishlari bilan xalqimizni chalg‘itishga, to‘g‘ri yo‘ldan ketayotgan fuqarolarni yo‘ldan urishga harakat qilayotgan emish. Shu bois O‘zMTRKdagi yettita telekanal (“O‘zbekiston-24”, “O‘zbekiston”, “Yoshlar”, “Toshkent”, “Mahalla”, “Madaniyat va ma'rifat“ hamda ”Dunyo bo‘ylab” ) kanallari orqali har kuni soat 20-00 dan 21-00 ga qadar (Prime time vaqtida) bir soatlik shou tayyorlashi, bu ko‘rsatuvda albatta, mamlakatimizda so‘nggi yillarda olib borilayotgan izchil islohotlar, Prezidentning oqilona siyosati aks ettirilishi shart ekan.

«Bu ko‘rsatuvlarning efirga uzatilishini kompaniya raisining xotinbozligi bilan nom chiqargan o‘rinbosari Madamin hoji Safarov nazorat qilib borar ekan. (Odatda efirga chiqishi kerak bo‘lgan chiroyli qiz hoji akaning tungi suhbatidan o‘tmasdan ilojisi yo‘q.)» deya iddao qiladi maktub muallifi.

Rahbariyatning fikricha, xodimlar bunday ko‘rsatuvlar bilan yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi OAVlarga qarshi kurashib, siyosatni tushunmayotgan fuqarolarni to‘g‘ri yo‘lga solar ekan.

Qizig‘i, maktub muallifi o‘zlari tayyorlayotgan bunday mavzudagi ko‘rsatuvlarga o‘zlari ham ishonmasligini ta'kidlaydi.

«Olayotgan maoshimiz ro‘zg‘or tebratishga ham yetmay turgan bir paytda ko‘rsatuvni ko‘rish, undagi balandparvoz gaplarni tinglash bilan bola-chaqa boqa olmaymiz-ku. O‘zimiz ishonmayotgan narsaga ochlikdan sillasi qurib borayotgan xalqni qanday ishontirish mumkin? Shuning uchun ham biz bu topshiriqni yuqorida ahmoqona deb baholadik» deya yozadi u.

Masalaning ikkinchi jihatiga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, odatda telekanallar yuqorida ko‘rsatilgan praym-taym vaqtida aholi uchun qiziqroq bo‘lgan ko‘rsatuvlarni efirga uzatadi. Chunki bu paytda ekran qarshisiga nisbatan ko‘proq auditoriya yig‘iladi va shu paytda efirga uzatiladigan dori-darmon bilan bog‘liq reklamalardan ko‘proq pul ishlash mumkin bo‘ladi. Ahmoqona ko‘rsatuv efirga ketayotgan paytda uning o‘rtasida reklama berish mumkin emas. Qolaversa, reklama qo‘yilgan taqdirda ham uni hech kim ko‘rmaydi. O‘z o‘zidan kam ko‘rilgan reklamadan uning egalari biznesi ham rivoj topmaydi.

«Chunki ko‘rsatuvni ko‘rmagan odamlar o‘z-o‘zidan reklamani ham ko‘rmaydida. Bunday harakatlar bilan kimni aldayotganimizni hanuz tushunmaymiz» deya yozadi televidenie xodimi.

Ismi sir qolishini istagan “Mahalla” telekanali xodimining aytishicha, telekanal direktori Ikrom Choriev mazkur masalada, ya'ni har kuni kechki payt efirga uzatiladigan “paxta”ga boy ko‘rsatuvlar tayyorlash masalasida yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilishda ko‘rsatuv vatanparvarlik tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi alohida ta'kidlangan.

Majlisda xodimlardan biri direktorga quyidagi mazmundagi savolni bergan:

 – Ikrom aka, o‘zi shundog‘am tayyorlayotgan ko‘rsatuvlarimizning gonorarini to‘liq ololmayapmiz. Oyliklar kamayib ketgan. Reklamani joylash evaziga tayyorlanayotgan bu ko‘rsatuvlarning gonorarini qanday olamiz? Har kuni kechgacha o‘tirib buncha ko‘rsatuv tayyorlagandan keyin gonorar miqdori ham oshib ketadi-ku. Axir shundoq ham kompaniyamiz bankrot yoqasida turgan bo‘lsa.

Ikrom Choriev esa bugun ko‘plab davlat telekanallarining direktorlari xodimlarini ovutish maqsadida ishlayotgan jumlalaridan foydalangan:

 – Hurmatli jamoa! Gonorarni-ku bir amallab topishga harakat qilamiz. Lekin topolmasak ham, doimo pul haqida o‘ylab ishlasak, kasbimizda baraka bo‘lmaydi. Vatan taraqqiyoti, yurt farovonligini o‘ylab ham ishlash kerak-ku. Biroz sabr qilib turinglar, men Madamin akamga aytib 1-2 haftadan keyin bu ko‘rsatuvni telekanalimizdan oldirib tashlayman. Boshqa telekanallar tayyorlayversin. Madamin aka o‘zimizning odam – degan jumlalar bilan o‘z xodimlarini ovutgan.

Ikrom Choriev va Madamin hoji Safarovning hamtovoq ekani, Safarov Chorievni doimo qo‘llab kelayotgani bugun kompaniyada hech kimga sir emas, deya yozadi u.

Xullas, botqoqqa qarab ketayotgan O‘zMTRK rahbariyati bunday topshiriq bilan yana bir qadam oldinga harakatlandi. Bunday topshiriq Prezident Adminstratsiyasi mulozimlarining g‘oyasimi yoki O‘zMTRK yangi raisinikimi, hozircha bizga noma'lum. Lekin bir narsa aniqki, bunday g‘oyaga orqa qilayotgan mahalliy nashrlar xorijdagi OAVlar bilan ikki dunyoda raqobatlasha olmaydi. Aksincha, xalq oldida yana kulguga qolishadi.

Eltuz O‘zMTRK atrofida kechayotgan voqealar rivojini kuzatishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Layk bosing. Super raxmat tugmachasi orqali bizni qo‘llab quvvatlang. 

Tag‘in o‘qing
22 aprel 2019
Qadimgi turkiy tilning ikkita asosiy alifbosi bor — O‘rxun-Yenisey (ko‘kturk, runik) yozuvi hamda uyg‘ur alifbosi. Bizgacha yetib kelgan matnlarning ...
15 oktyabr 2020
42 yoshli Bahrom virus yuqtirib olganini ahvoli yomonlashgandan so‘ng tahlil topshirgach bildi. Unda nafas yetishmovchiligi bo‘lgani uchun zudlik bilan ...
18 iyul 2016
«Hamma unutsa ham, bizning o‘zbek musulmonlari unutmagandir. 16 fevraldan keyin nima bo‘ldi, butun muxolifat yo‘q qilindi…» deydi Kamoliddin. Barbod ...
1 mart 2017
O‘tgan hafta Kiev sudi Islom Karimovning bevasi Tat'yana Karimovaning jiyani Akbarali Abdullaevni O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya talabi bilan bir ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...