Ko‘zqarash
22 fevral 2016

Kesilgan chinor ostidagi duel

Qirqta chinorga qiron keltirganini tan olganidan bir kun o‘tib Murod Nazarov o‘zining FB sahifasida tarmoq yuzeri Zafar Hoshimovdan iqtibos keltiradi «Yemagan somsaga pul to‘lash» endi «kesmagan daraxtiga javob berish» bo‘ldi deyiladi iqtibosda.

O‘zini begunohligini isbotlash uchun Murod Nazarov o‘siroq qizlar haqidagi bachkana latifani FB dagi sahifasida yozib muhlis va muhlisalaridan olqish oladi.

Latifada bitta o‘siroq qizning tarafini olgan uch erkak haqida hazil qilinadi. Pirovardida Murod Nazarov “O‘siroq”lar aybi uchun javob bera olmasligini pisanda qiladi: “Tak vot, yesli gde-to srubayut derevya, to eto ya na vsyakiy sluchay!” Bir ikki tarmoq yuzeri bu latifaning bachkanaligini aytsa ham uch –to‘rt kishi it va karvon haqdagi siyqasi chiqqan naqlni aytib “murodingizga yeting Murodaka” deb prorabga taskin berishadi.

Bulardan biri Ravshan Tashpo‘latov esa karvonga qarab hurayotgan “it”larga pora berish ishorati bilan chiqadi: “Qadimda karvonga it tashlansa oldiga bir suyak tashlab yo‘lida davom etkan. Bu yo‘l mashaqqati oldida bu itga tashlangani xech narsa emasligini Sarbon juda yaxshi bilgan. Do‘stim mashaqqatli yo‘lda karvoningiz manzilga bus- butun yetib olsin” deydi “aqlli” yuzer.

Internetda bedor o‘tirgan Murod Nazarov esa bu tavsiyaga tezgina ehtirom bilan munosbatda bo‘ladi: “Raxmat katta! Xudo xoxlasa xech kachon uyaltirmaymiz. Asosiysi yaratganning uzi adashtirmasin!” Bu gapdan keyin Murodning muridlari hushomadni yomg‘irdek yog‘diradi. Hushomadlardan ensasi qotgan tarmoq yuzeri Shuhrat A'zamov paxtakorlar suratini qo‘yib “Paxta qo‘ysang toza qo‘y chanog‘ida qolmasin” deb piching qiladi.

Davraga kirgan rassom Lola Sayfiy mavzuni jiddiy o‘zanga buradi. “Darvoqe Murod daraxtlarni nega kesishmoqda? Qurilish rejasiga ko‘ra oldin daraxtlarni asrashga urinilgan.” Murod Nazarov esa rassom bilan bahslasha olmasligini tan oladi:

“Lola biz bahslashmoqchi emasmiz shu bois chet el agentlarining hujumlariga e'tibor bermayapmiz. Biz ham tabiatni sevamiz va ardoqlaymiz. Uy tagiga to‘g‘ri kelganini kesamiz qolganiga tegmaymiz. Bir chinorni kessak o‘nta nihol ekamiz” deydi prorab.

Yuzer Ruslan Ablaev esa niholni daraxtga aylanishi uchun ancha yil kerakligini eslatadi: “Chtobы odno takoe derevo vыroslo skolko let nado, yego sajali yeщe roditeli nashi i babushki i dedushki kotorыx net v jivыx mnogix. Krasotoy zastroyki tam i ne paxnet- spalnыy rayon.”

Bu fikrni yana bir yuzer Igor Klishin davom ettirib bir daraxt 30 yilda kamolga yetishini aytadi: “Da let tridtsat. Ne bolshe. Sam desyatki sajal, na Farxadskom. Kstati, v 60-x, kogda etot kvartal stroili skolko vsego porubili.”

Tarmoq yuzerlaridan biri Shukurjon Islomov “Farg‘onadagi chinorlarni ham shu shirkat kesganmidi” deb savol qo‘yadi. Bu savol ortidan sahnaga sobiq mulozim Sherzod Qudratxo‘jaev naftalin hidini anqitib kirib keladi va “Butun dunyodagi chinorlarni Murod kesgan” deya askiyani davom ettiradi.

Ishdan quvilgan bu mulozim zerikib o‘tirganmi mabodo mavzuni bekoqollarga ham bog‘lashga urindi: “Bir xafta oldin besokolbozlar xakida bong urib turgan xorirjlik ba'zi saytlar, endi toshkentliklar takdiri xakida nega buncha “kaygurib” koldi? Nega ular ijtimoiy tarmoklar orkali Uzbekistonda yashayotgan turli millatlar orasida nizo keltirib chikarishga urinmokda? Siesatchilarni tankid kilgan bu saytlar, endi biznesmenlarga xam va'z ukishga utibdi. Bu yerda ob'ektivlik va xakikatparastlik xakida gap ketayotgani yuk. Buning orkasida sensatsiya ketidan kuvish va ochikdan ochik buyurtma borligi turgan gap.” (Orfografiya aynan saqlandi)

Sobiq mulozimning bu gapini kamol Boboxonov ismli yuzer davomlaydi: “O‘zi shu chinor atrofida yashaganlarga baxorda oklash kerak xashar desa ensasini kotiradi endi kimdir kesib tashlab uy kuramiz desa shuncha urush janjal. Kompensatsiyani kimga tulisan? kancha tulisan? Sanga nima !! Xar kim kilgan ishiga javob beradi sizlarsizam. Agar xozir Murad Bildings daraxtlarni kesilishiga norozilarga nakd pul beramiz deb elon kilsa shu norozi buganlar navbatni boshida turishadi chinorlarni foydasi esidan chikib!”

So‘z navbati Bekzod Mamatqulovga yetadi: “Xullas avvalo daraxtlarni xam usha domdagilar ekmagan… Podezdini lampochkasi kuysa bir yil kim kuyarkin deb kutadigan, tepadan turib daraxtni ustiga axlat tukadiganlarga daraxt kk bulib kolganmish… Voy buuu bu daraxtlar davlatniki kompaniya xam kerakli tashkilotlardan suralgandilar, nokonuniy kesilmaydiku. Ayuxannos solish kerak emas… Shaxarni obod kilyapdiku.. man ishonaman urnina manzarali daraxt ekilsa kerak archami yeki boshka vakt kerak biroz usib katta bulgunicha ammo vakt utib kurkam buladi… Mana skver kanaka edi xamma dod voy soluvdi xozir kanday buldi… Murodxon aka ishlarizga muvaffakiyat tilayman. Fakat uta xusherlik bilan yetti ulchab davom etavering…” deydi tarmoq yuzeri.

Bu fikrga skeptik qaragan Rushana Abud esa rasmiyat ortiga yashiringan Murodni vahshiylikda ayblaydi ”Yuridicheski da, vse chisto. A fakticheski eto varvarstvo”

FB yuzeri Komilov Oqil esa «ChINOR OSTIDAGI DUEL» filmidagi chinor kolib ketibdi kesilmagan” deb askiya qiladi.

Muqaddas Ro‘zimurodova
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 aprel 2023
O‘zbekiston Oliy sudiga Xorazm viloyati adliya boshqarmasining sobiq boshlig‘i Aybek Masharipov va tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Anvar Kuryazovga ...
6 sentyabr 2018
Yosh ayol bilan intim videosi internetda tarqalgan 61 yashar xorazmlik mulla Abduhamid Otajonov urganchlik to‘rt nafar militsiya xodimi uyiga ...
29 iyun 2016
Turkiya prezidentining so‘zchisi Erdo‘g‘on Ibrohim Qalin vaziyatga oydinlik kiritdi: “Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘onning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yuborgan ...
27 yanvar 2020
O‘zbekiston moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov milliy iqtisodiyotda xufyona iqtisodiyot hajmi, turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 45 foizni tashkil etishini bildirdi.      “Aslida ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...