Asosiy mavzular
11 aprel 2023

11 aprel – Beatles guruhi «From Me to You» qo‘shig‘ini taqdim qildi

«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir qo‘shiqdir.

Aytilishicha, bu qo‘shiq 1963 yilning 28 fevralida Shrusberi yo‘lida ketayotgan avtobus ichida yozilgan. The Beatles guruhi qo‘shiqchi Elen Shapiro bilan gastrolga ketishayotgan paytda Lennon va Makkartni vaqtni o‘ldirish va ermak uchun bu qo‘shiqni bastalashdi. Qo‘shiqdagi “men va sen” kalimalari o‘sha davr uchun bokira bo‘lgan insonning insonga yaqin munosabati va samimiylik izhori edi.

Alal-oqibat, bu qo‘shiq The Beatles guruhiga sharaf keltirgan taronalardan biriga aylandi.

The Beatles ning bu qo‘shig‘i “bitlomaniya” deb nomlangan yo‘nalishni paydo qilgan omil sifatida ko‘riladi.

The Beatles guruhining «From Me to You» qo‘shig‘i Sovet Ittifoqini o‘ragan temir devorni yorib o‘tib, erksevarlarning doimiy xirgoyisiga aylangan edi.

O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida tog‘amning o‘g‘li Xushnud magnitofon tasmasiga yozilgan «From Me to You» qo‘shig‘ini qayta-qayta eshitgani esimda.

Xushnud men uchratgan ilk bitloman edi. Ikkinchi bitloman esa Moskvada rassomlikka o‘qigan Davronbek Yo‘ldoshev edi.

The Beatles guruhi ularning yashash tarzini o‘zgartirgan va boshqacha fikrlashga undagan omil edi.

The Beatles qo‘shiqchilarini «bitllar» deb atashadi, shuningdek, ularni Fab Four (ingl.) deb ham atashdi.

Jon Lennon, Pol Makkartni, Jorj Harrison, Ringo Starr ishtirokidagi bu guruh Britaniyaning Liverpul shahrida 1960 yilda tashkil topgan edi.

Shuningdek, ayrim vaqtlarda guruh tarkibida Pit Best, Styuart Satkliff va Jimmi Nikol ishtirok etishardi. The Beatles ning aksariyat kompozitsiyalari Jon Lennon va Pol Makkartni hammuallifligida yaratilgan va ular nomidan chop etilgan.

Amerikada 1950 yillarda rivojlanib boshlagan rok-n-roll musiqa yo‘nalishiga taqlid qilib, The Beatles guruhi o‘zlarining shaxsiy adabiy uslublari va ijrolariga ega bo‘lishdi.

The Beatles guruhi rok musiqa yo‘nalishida juda katta ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsata olishdi va bu ko‘plab mutaxassislar tomonidan tan olinib, XX asrdagi ijodiy hamda tijoriy tomondan ham omadli guruhlardan biri sifatida e'tirof etilib kelinadi.

Ko‘plab rok-musiqachilar Beatles guruhining musiqasi ta'sirida mashhur bo‘lganini e'tirof qilishadi.

To‘rtlik Britaniya guruhlari ichida birinchi bo‘lib o‘z plastinkasi bilan AQShdagi chartlarda mashhurlik va birinchi o‘rinni egalladi, ushbu plastinkadan boshlab Britaniya jamoalarini, shuningdek, «liverpullik» (Merseybeat) rok musiqasi jarangining xalqaro tan olinishi boshlandi.

The Beatles guruhi birgalikdagi ijodini 1970 yilga kelib to‘xtatdi, lekin Pol va Jon allaqachon 1967 yildan boshlab shou-biznes olamida o‘zlarining shaxsiy loyihalarini joriy qilib bo‘lgan edilar.

Guruh parchalanganidan keyin har bir musiqachi o‘zining yakka xonandaligini davom ettirdi.

1980 yilda o‘z uyining oldida Jon Lennon o‘lim topdi, 2001 yilda esa Jorj Harrison saraton kasalligidan vafot etdi.

Pol Makkartni va Ringo Starr hanuz ijod bilan band.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 iyul 2019
Muhammad Solih shoir va siyosatchi. 1949 yil 20 dekabrda Xorazmning Urganch tumanida dunyoga kelgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakulteti ...
10 yanvar 2023
Rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra, yetti yarim yilga yilga qamalgan Jizzax zamhokimi va sheriklari muddatidan oldin shartli ozod qilingan. (Agar ...
4 iyul 2018
Samarqanddagi Registon maydonida pulli 3D shouni «begonalar»dan to‘sish uchun o‘rnatilgan devor ijtimoiy tarmoqdagi o‘zbeklar g‘azabini keltirdi. Kirish chiptalari mahalliy ...
8 iyun 2019
Kanadaning fuqarolik jamiyati saytlarini himoya qilish maqsadida tashkil Kanadaning Deflect internet xizmati «Eltuz» saytiga 3 iyun kechasi taxminan 05:00-05:40 ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...