Asosiy mavzular
6 may 2023

6 may – Skobelev yetovidagi rus bosqinchilari Xiva xonligining Axaltaka viloyatini ishg‘ol qildi

1881 yilning 6 mayida Mixail Skobelev boshchiligidagi rus kolonizatorlari Xiva xonligiga qarashli Axaltaka viloyatini okkupatsiya qilishdi.

Bu Go‘ktepa jangida yengilgan rus askarlarining navbatdagi tajovuzi sifatida tarixga kirdi.

Rus armiyasi 1881 yilning 25 yanvarida Go‘ktepada turkmanlarning qattiq qarshiligi bilan yuzlashib, orqaga chekinishga majbur bo‘lgan edi.

25 yanvar Turkmanistonda Go‘ktepa shahidlarini eslash kuni deb e'lon qilingan.

Rossiya istilochilari 1879 yilgacha ham Xiva xonligiga ko‘p marta hamla qilib, uni ishg‘ol qila olmagan.

Yekaterina II davrida Qrim xonligi (1772 y.) bosib olindi. Kavkaz xalqlarining tobe etilishi esa butun XIX asr davomida kechdi.

1813 yilda Prussiya urushidan keyin Ozarbayjon qo‘lga kiritildi, 1859 yilda Dog‘iston va Checheniston, 1864 yilda cherkaslar yurti bosib olindi. Chechenlar bilan 60 yil jang qilindi. 19-asrning ikkinchi yarmida O‘rta Osiyodagi musulmon davlatlarini zabt etish boshlandi. Sal ilgariroq chor hukumatiga bo‘ysundirilgan tatar va boshqirdlarni zo‘rlab cho‘qintirish, ya'ni nasroniy (xristian) diniga kiritish siyosati yuritildi.

«Dunyo slavyanlarniki, slavyanlar esa Rossiyaniki», deb o‘zgalar yurti ustida qilich o‘ynatgan qonxo‘r rus generallari Perovskiy, Veryovkin, Chernyaev, Kaufman, Kuropatkin, Skobelev va ularning ming-minglab maslakdoshlari Kavkaz, Kavkazorti, Sibir, Uzoq Sharq, O‘rta Osiyo va Qozog‘iston o‘lkalarini bosib olib, Rossiya mustamlakasiga aylantirdilar. Sibir o‘lkasi hamda Turkistondagi bitmas-tutanmas yer osti va yer usti boyliklariga ko‘z olaytirgan chor ma'murlaridan biri – Rossiya imperiyasining moliya vaziri Vishnegorodskiy «O‘rta Osiyo – rus tojidagi eng qimmatbaho dur», deb yozganida Rossiyaning kelajakdagi iqtisodiy yuksalishi O‘rta Osiyoga bog‘liq ekanligini nazarda tutgan edi.

Rossiya imperiyasi O‘rta Osiyoga qancha kuch bilan bostirib kelgan edi? Hisob-kitoblarga qaraganda, kuchlar soni Kavkaz urushida qatnashgan askarlardan bir necha baravar ko‘p va qirg‘ini ham dahshatliroq bo‘lgan. O‘rta Osiyo va Qozog‘istonga yurish davrida Farg‘ona general-gubernatori: «Mingta sart bir rus askari etigining poshnasiga arzimaydi», deb yozgan bo‘lsa, ularning boshqa biri – Turkiston general-gubernatori fon Kaufman: «Amir (Buxoro amiri) isyonkorlaridan (1868 y.) birortasi ham asir olinmasin. Qo‘lga tushganlarning hammasi, hattoki yaradorlar ham otib tashlansin», deb farmon bergan edi.

Harbiy tarixchilar A.Terentev, M.Ivanin, 3.Kastelskaya Qozog‘istondagi shahar-qishloqlarni, O‘rta Osiyoning madaniy markazi bo‘lmish Toshkent shahrini vayron etib, ming-minglab begunoh oddiy odamlar qonini daryo qilib oqizgan generallar Chernyaev, Skobelev, Ionov, Kuropatkin, Ivanovlarni qattiq qoralashgan. «Chernyaev ashaddiy shovinist edi. Uning nazarida, Qo‘qon xonligida yashagan o‘zbeklar, qirg‘izlar, qipchoqlar va boshqa xalqlar faqat to‘n (chopon) kiyganliklari uchungina qirib tashlashga loyiq», deb yozgan edi tarixchi zobit Kastelskaya.

«Skobelev Ivanovni zug‘umga olgach,- deb yozadi B.Nalivkin,- u qo‘l ostidagi askarlarini hujumga boshlab, emizikli bolalargacha chopib tashladi».

Rossiya imperiyasiniig Kavkaz va O‘rta Osiyoda yuritgan bosqinchilik siyosatini hatto jahon yo‘qsillarining dohiylari ham qoralagan edilar.

V.I.Lenin «Turkiston mustamlakachilikning eng yorqin namunasidir», deb yozgan bo‘lsa, Fridrix Engels va Karl Marks Chor Rossiyasining O‘rta Osiyodagi mustamlakachilik va talonchilik siyosatini o‘z asarlarida qattiq tanqid ostiga oldilar.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 dekabr 2018
O‘zini tarmoqda «tabibi mutlaq Hasan domla» deya tanitib,  minglab kasallarni faqat asal va pista bilan davolashga urinayotgan, o‘zida Iso ...
29 mart 2018
Rossiyaning Kemerovosidagi “Qish olchasi” (Zimnyaya Vishnya) savdo-istirohat markazida yuz bergan fojea Qozog‘istonning Oqto‘basida avtobusda 52 nafar o‘zbek tiklayin yonib ...
9 dekabr 2017
Konstitutsiyaning 25 yilligiga bag‘ishlab 7 dekabr kuni qilgan chiqishida prezident Mirziyoev 2700 odamni avf qilganini bildirdi. «Hozir 57 ming ...
7 mart 2019
Gulnora Karimovaning umumiy tartibdagi qamoqqa o‘tkazilishi va farzandlarining dunyoga sharmanda bo‘ldingiz deb jar solishi mavsum-mavsum bo‘lib davom etadigan serialni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...