Dayjest
17 mart 2017

«Milliy tiklanish» – Karimovni abadiylashtirish tashabbuskori

«O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi tashabbusi bilan Buxorodagi markaziy ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi», deya tantanavor e'lon qildi «Milliy tiklanish» gazetasi (15.03).

Albatta, xalq o‘z «qahramon»larini bilib qo‘yishi kerak. Lekin «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi vakillarining bu «qahramonligi» yuqorining buyrug‘i bilan bo‘lgani shubhasiz.

Agar bunday «qahramonlik» qilish mavjud boshqa rasmiy partiyaga topshirilganda ular bu topshiriqni so‘zsiz bajarishiga shubha qilmasangiz aslo yanglishmaysiz.

So‘nggi vaqtlarda prezidentning buyrug‘i bilan partiyalardan saylangan deputatlar shuncha vaqt qilmagan ishi – «xalq bilan muloqot»ga sho‘ng‘ib ketgani ham fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Xususan, Milliy Tiklanish deputatlari shu kunlarda to‘rvasini yo‘qotgan lo‘lidek mahallama-mahalla chopqillab, «xalqning dardini», «joylardagi muammolar»ni o‘rganib yuribdi.

Masalan, yaqinda ular Sirdaryoning Sayxunobodiga borib, bu yerdagi sog‘liqni saqlash sohasi ahvolini o‘rganib kelibdi.

«Hududdagi tibbiyot muassasalari, jumladan, qishloq vrachlik punktlari dori-darmon vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagan. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi trasport vositalari, asbob-uskunalar yaroqsiz ahvolga kelib qolgan…», degan xulosaga kelgan deputatlar.

Yaqindagina ular O‘zbekistonda «havas qilarli tibbiyot tizimi yaratilgani, bu butun dunyoda e'tirof etilayotgani» haqida safsata sotib yurgandi.

Ammo yangi davlat rahbarining tinimsiz tanqidlari ularning yolg‘onlarini fosh etib qo‘ydi. Lekin deputatlar darhol vaziyatga moslashib, kechagina o‘zlari og‘iz ko‘pirtirib maqtagan tizimdagi kamchiliklarni topa oladigan «o‘tkirko‘z lochinlar»ga aylandi.

Deputatlarning bugungi holati buyuk Navoiyning «Sher va durroj» hikoyatini esga tushiradi. Ya'ni yolg‘onchining ahvoli baribir bir kuni voy bo‘ladi.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 noyabr 2021
Aziz va qadrdon, sevgili va sevimli, bir-biridan ardoqli tomoshabinlarim. Siz bilan noyabr oyida ikkinchi marta hamsuhbat bo‘lish baxtiga noil ...
11 iyun 2016
“Ko‘cha tozalash, paxta terimi yoki g‘o‘za chopig‘iga chiqariladiganlar ham endilikda o‘qituvchiyu do‘xtirlar bo‘lib qoldi”, – deydi Eltuz.com nashriga bugun ...
10 iyul 2019
O‘quv yili tugashi bilan ijtimoiy tarmoqda kollej va litsey bitiruvchilarining o‘z diplomlarini namoyishkorona «oyoqosti» qilishayotgani aks etgan fotosuratlar tarqaldi. ...
21 may 2016
O‘zbek rasmiylari milliy til rivoji va rag‘batini hukumat farmonlari, qarorlari bilan ochilgan universitet va uning tarkibida ochilgan o‘zbek tili ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...