Asosiy mavzular
30 mart 2017

Mahmud Namozov O‘zbekistonda ishsizlik muammosi yo‘q deb o‘ylaydi

«Oila va jamiyat» gazetasini (29.03) varaqlar ekansiz, undagi maqolalarda bugungi o‘zbek jamiyatining ancha og‘riqli muammolari tilga olinganiga guvoh bo‘lasiz.

To‘g‘ri, gap bu muammolarning ildizi, sabablari haqida emas. Ular shunchaki, yo‘l-yo‘lakay tilga olinib o‘tilgan. Shunga qaramay, agar sal mulohaza qilinsa, gazeta shu paytgacha aytishga jur'at eta olmayotgan jihatlarni ilg‘ab olishingiz mumkin.

Mahmud Namozov bugungi o‘zbek qo‘shiqchiligida manmanlikka berilmagan, yulduzlik kasaliga chalinmagan, o‘z obro‘sini saqlashga harakat qilib kelayotgan kam sonli xonandalardan biridir.

Ammo gazeta muxbiri bilan suhbatda xonanda jamiyatimizdagi ayrim masalalar haqida o‘z fikrlarini bildirganki, ular o‘quvchida istehzo paydo qiladi.

Xususan, u ko‘plab yurtdoshlarimizning xorijga ish izlab ketayotgani haqidagi mulohazalarida bu holatni ishsizlik deb atamasligini aytar ekan, muammoni: «Bilmadim, buni qanoatsizlik, deyish kerakmi yoki olisdagi quyruqqa havasmi», deya izohlaydi.

Mana shu gaplarni o‘qir ekansiz, bir vaqtlar Islom Karimovning o‘z yurtida ish topa olmay, Rossiyada mardikorlik qilib yurgan vatandoshlarimizni dangasalar, deb atagani yodga tushadi.

Shu bilan birga, xonanda tadbirkorlar ishchi izlab yurganini bildirib, yurtdoshlarimiz bunga ko‘nmay, besh-o‘n so‘m ko‘p pul oladigan xorijni ma'qul ko‘rayotganini ta'kidlaydi.

«Lekin bola-chaqasidan uzoqda yashashiga, g‘ururini poymol qilishiga arzirmikan shu?» deya ritorik savol tashlaydi xonanda.

Maqolada ishlagani ertasiga yetmaydigan, bir oylik mehnati haqiga bir hafta kun o‘tkazishi ham mushkul bo‘lgan, mehnati qadr topmagani uchun xorijda mardikorlik qilayotgan vatandoshlarimiz himoyasiga bir so‘z aytilmagani alam qiladi.

Shuningdek, gazetada shoira Umida Abduazimovaning ijtimoiy tarmoqlarda bolalar nega gazeta o‘qimayotgani mavzusini ko‘tarib chiqqani haqida yozilgan.

Shoira maktabda o‘tgan kitobxonlik kechasida to‘plagan olti yuz boladan birortasi Aziz Nesin, Mark Tven, Jek Londonni bilmaganidan yozg‘iradi.

U maktablarda bolalar besh yuz so‘mdan yig‘ib, bir sinf bittadan obuna bo‘layotganiga e'tibor qaratar ekan: «O‘qituvchilarni «qayta o‘qishlari» uchun majburan, ming bir tazyiqlar bilan ikki yuz, uch yuz ming so‘m sarflatib, partiya va muallimlar nashrlariga obuna qildirishadi. Tushunolmayman, bolalarni o‘qitib imtihon qilamizmi yoki ziyoli atalmish o‘qituvchilarnimi?» deya savol tashlagan shoira.

Bahodir Sharif
O‘zbekistonlik gazetxon tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 aprel 2015
Jurnalist Qudrat Bobojanov rasm chizadi. Islom Karimov rejimi uning nazdida, o‘zini o‘zi yeydigan va tag‘in boshqa minotavrchalar siz bilan ...
10 may 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov klasterlar tizimi mamlakat qishloq xo‘jaligi ...
25 aprel 2019
Ciyosiy mahkum, buxorolik 35 yashar huquq faoli Humoyun Rahmonovning xalqaro jamoatchilikka yo‘llagan videomurojaati 23 aprel kuni tarmoqda e'lon qilindi. ...
29 avgust 2016
«XXI asr» gazetasida (25.08.2016) O‘zLiDeP partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining «istiqlol bergan ulkan imkoniyatlar, erishilgan bemisl yutuqlar»ga bag‘ishlangan ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...