Catira
6 noyabr 2017

Bosh prokuratura va IIV o‘rtasida ziddiyat kuchaymoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasidagi ishonchli manbaning bildirishicha, yaqinda Toshkent viloyati prokuraturasi viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Yangiyo‘l tumanida yashovchi dehqon Ravshan Abduxoliqovga nisbatan ochilgan jinoyat ishining soxtalashtirilganini aniqlagan. Bu holat Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura xodimlari o‘rtasidagi ziddiyatni kuchaytirgan.

«Eltuz» manbasi so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘rtalarida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Saidikrom Nishonboev R.Abduxoliqovga tegishli yer maydonini zo‘ravonlik bilan olib qo‘yib, o‘z otasi nomiga rasmiylashtirgan.

Bundan tashqari, S.Nishonboev yangiyo‘llik dehqonga tegishli bo‘lgan 5 ming dona terakni sotib, pulini o‘zlashtirib yuborgan.

S.Nishonboevning harakatlaridan norozi bo‘lgan R.Abduholiqov adolat istab qator davlat idoralari, xususan, prezident qabulxonasiga ham murojaatlar qilgan.

«Eltuz» manbasining aytishicha, qilmishi fosh bo‘lishidan qo‘rqib ketgan S.Nishonboev dehqonning «ovozini o‘chirish» maqsadida ichki ishlar xodimlariga qanday qilib bo‘lsa ham R.Abduxoliqovni qamoqqa tiqishga ko‘rsatma bergan.

«Oqibatda Yangiyul tumani ichki ishlar xodimlari 66 yoshli dehqonga qarshi shu tumanda yashovchi qo‘shmachi «Manzura» ismli ayol nomidan go‘yoki Ravshan Abduxoliqov uning nomusiga tekkani yuzasidan shikoyat uyushtirib, dehqonni qamoqqa tiqishgan va bir necha kun turli qiynoqlar qo‘llashib, otaxonni sodir etmagan jinoyatni bo‘yniga olishga majburlashgan», dedi Bosh prokuraturadagi manba.

R.Abduxoliqov murojaatlari ortidan Toshkent viloyati prokuraturasi jinoyat ishini o‘rganish davomida ichki ishlar xodimlari tomonidan qator dalillar soxtalashtirilganini aniqlagan va R.Abduxoliqov qamoqdan chiqarib yuborilgan.

Ushbu ish bo‘yicha Yangiyul tumani ichki ishlar xodimlaridan bir nechasi ishdan bo‘shatilgan.

Bosh prokuratura vakilining ta'kidlashicha, mazkur hodisa ortidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuratura xodimlari o‘rtasida keskin qarama-qarshilik yuzaga kelgan.

«Hozir IIVning prokuratura harakatlaridan norozi ayrim mulozimlari tergovni olib borayotgan prokurorga nisbatan turli pinhona tazyiq va bosimlar uyushtirmoqda», dedi Bosh prokuratura xodimi.

Shamsiddin To‘laganov
O‘zbekistonlik muallif tahallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 dekabr 2020
2016 yil avgustigacha prezident Islom Karimovning yordamchisi bo‘lib ishlagan va 2020 yil noyabr oyining oxirlarida hibsga olingan Ulug‘bek Mirzamuhammedov ...
10 oktyabr 2022
Samarqand shahrida yashovchi Safarov Aminjonni bolg‘a va tesha bilan urib o‘ldirib murdasini uning Spark avtomobiliga qo‘shib yoqib yuborgan jomboylik ...
5 fevral 2020
«– Begjonov, men sizga aytdim, u qizingiz ekstremist! U Amerikani maqtab, o‘zi tug‘ilib o‘sgan yurt ustidan kulgan! O‘rtancha va ...
7 mart 2023
1) Siz tug‘ilganingizda o‘g‘il bola tug‘ilgani kabi quvonishmaydi. «Bola o‘ldirishdan ko‘ra kamroq tarqalgan selektiv abortlar bilan ulkan miqdorda qiz bolalar ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...