Asosiy mavzular
15 dekabr 2017

Stiv Sverdlov: O‘zbek matbuoti mening gaplarimni teskari talqin qildi

14 dekabr kuni HRW tadqiqotchisi Stiv Sverdlov O‘zbekistondagi rasmiy matbuotning ikkiyuzlamachiligi haqida maqola chop qildi.

Podrobno.uz saytida 5 dekabrda chop qilingan «Hyuman rayts votch»ning O‘zbekistondagi faoliyati hususida bergan o‘z intervyusini ko‘rib, tadqiqotchi O‘zbekistondagi tsenzurani tanasida his qilganini yozadi.

«Eng qizig‘i, umuman suhbatning e'lon qilinishi bo‘ldi. Rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan OAV shu paytgacha mustaqil inson huquqlari guruhining ishini yoritmagan, ammo bizning tanqidiy hisobotlarimizni faqat rasmiy rad etib kelayotgan edi», deya yozadi Sverdlov.

Tadqiqotchi o‘z maqolasida Mirziyoev davrida ozroq oldinga siljish bo‘lganini aytib, ayni paytda O‘zbekistonning rivojlanishiga hali ancha borligini taassuf bilan qayd etadi. Bunga u jurnalist Bobomurod Abdullaevning qamalishi, Turkiyadan qaytgan yozuvchi Nurilla Otaxonovning uy qamog‘iga olinishini misol keltiradi.

«Podrobno.uz saytida men qayd etgan ijobiy o‘zgarishlar, jumladan, siyosiy mahkumlarning ozod qilingani haqidagi gaplarim o‘zgarmagan. Lekin yaqinda hibsga olingan jurnalistlar, qiynoqlarning keng qo‘llanilayotgani, majburiy mehnat va fuqarolik jamiyatiga nisbatan cheklovlar haqidagi tanqidlar olib tashlangan.

Qisqa qilib aytganda, o‘z-o‘zini tsenzura qilish O‘zbekistonda hali ham tirik va kuchli.

Bu intsident bizga O‘zbekistonda e'lon qilingan islohotlar katta o‘zgarishlarga olib kelmayotganidan dalolat beradi. Prezident Mirziyoev lo‘nda qilib aytishi kerakki, davlat siyosati tanqidiga nafaqat toqat qilinishi, balki olqishlanishi lozim. Bu o‘tmishning qorong‘u merosini tark qilishning yagona usulidir», deydi Sverdlov.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 avgust 2023
O‘qishga kira olmagan abiturientlar, ularni tuzukroq o‘qita olmayotgan o‘qituvchilar, tabiiy gaz o‘g‘rilari va qo‘shnining parnigida ekilgan nasha… Salom qadrli ...
23 sentyabr 2019
O‘zbekiston «Erk» demokratik partiyasi a'zosi, shoir va jurnalist Mahmud Rajab adolat istab 22 sentyabr kuni Xorazmdan Toshkentga qarab yo‘lga ...
8 may 2022
Taniqli kinopublitsist Abdulaziz Mahmudov og‘ir xastalikdan so‘ng  8 may kuni 71 yoshida Toshkentda vafot etdi. Bu haqda Eltuzga uning ...
17 yanvar 2019
DXX rahbari Ixtiyor Abdullaev, sobiq KGB mulozimlari bilan prezident Mirziyoev o‘rtasida tobora avj olgan ko‘rpaosti urushiga oid ushbu videodagi ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...