Catira
5 mart 2018

Hali ham “shapka” bor

O‘zbekistonda “Damas” va “Spark” rusumli avtomobillarga ehtiyoj juda katta. Ammo mamlakat avtosalonlaridan ularni topish ancha mushkul.

Shuning uchun hozir yurtimizda ishlab chiqarilayotgan boshqa rusumdagi avtomobillarni avtosalonlardan bemalol olish mumkin bo‘lsa, yuqorida aytilgan mashinalar uchun ancha “terlash”ga to‘g‘ri keladi.

Sergelidagi mashina bozorida yangi “Damas”ni “moyi bilan” 8800 dollar deb turishibdi. Savdolashib, tortishib uni 8500 dollarga olsa bo‘ladi.

Avtosalonda esa uning narxi taxminan 51 million so‘m. Agar buni dollarga chaqsak, taxminan 6200 atrofida chiqadi.

Demak, avtosalondan yo‘lini qilib mashina bozorga olib chiqishning iloji topilsa, “Damas”ning “ustida” 2300 dollari bor.

Aynan shu holat shu kunlarda avtosalondan “Damas” olishda “shapkaboz”lik urchishiga sabab bo‘layotir.

Ko‘pchilik biladi, yaqin-yaqinlargacha O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarni avtosalondan olib chiqish “shapka”siz bo‘lmasdi.

Valyutaning erkin konvertatsiyasiga o‘tilgach, bu holat bir qadar barham topdi. O‘rni kelganda aytaylik, shu bahonada “JM-O‘zbekiston” o‘zi ishlab chiqarayotgan avtomobillarning narxini yana ancha ko‘tarib oldi.

Shunga qaramay, “Damas” bilan bog‘liq “shapkaboz”lik ko‘rsatib turibdiki, hali avtomobil bozoridagi qing‘irliklar barham topgani yo‘q.

Yaqinda bir tanishim salondan “Kaptiva” olishda ham “shapka” borligini aytib qoldi. Tekshirib ko‘rishga hali ulgurmadik…

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 dekabr 2023
Mana bu tarixiy suratni eslaysizmi? «Hududgazta'minot»ning kishanlangan Toshkent viloyat bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Aliev. Uning qo‘liga kishan solishni kimsan o‘sha ...
18 sentyabr 2017
Xorazm viloyatida ommaviy paxta terimi 10 sentyabrdan boshlab yuborilgan. Viloyatdagi “Najot” Inson huquqlari tashkiloti tarqatgan xabarga ko‘ra, paxta terimiga ...
28 may 2018
Andijon viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida shu kunlarda jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilayotgan uch foizlik kreditning manbai korruptsionerlardan musodara qilinayotgan ...
7 fevral 2019
Rassom TuzEltuz.com
Bloglar
11 may 2024
1944 yilning 11 mayida Stalin barcha qrim tatarlarini Qrimdan surgun qilish haqidagi mash'um qarorni imzoladi. ...
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...