Catira
17 mart 2018

Saloevni «o‘z aybiga»ga iqror bo‘lishga advokati undagan

Jurnalist Bobomurod Abdullaev bilan birga davlat to‘ntarishida ayblanib sudlanayotgan tadbirkor Ravshan Saloevning advokati o‘z mijozini aybiga iqror bo‘lishga va Abdullaevga qarshi ko‘rgazma berishga undagan.

Mahkamada ishtirok etgan va sudlanuvchilarning yaqinlari bilan gaplashgan toshkentlik huquqshunos va yana bir faol «Eltuz» nashriga shu holat haqida bildirdi.

«Eltuz» suhbatdoshlariga ko‘ra, sudda o‘z aybiga qisman iqror bo‘lgan Ravshan Saloevning advokati Irina Muzalevskaya himoyasidagi shaxsga tergov paytidagi pozitsiyasini o‘zgartirmaslik va tergovda Abdullaevga qarshi bergan ko‘rsatmasini takrorlashi kerakligini aytgan.

Bu holatni surishtirish uchun «Eltuz» muxbiri advokat Muzalevskaya bilan bog‘landi. Advokat bu yuzadan izoh bermasligini aytdi. Ayni paytda u savol qolib, muxbirdan kim unga telefon raqamini berganini surishtira boshladi.

«Biz hozircha hech qanday izoh berolmaymiz. Shu bois, hech narsa gapirmaymiz. Faqat sudyaning muayyan ko‘rsatmasidan keyingina biror axborot berishimiz mumkin. Hozircha hech narsa. Chunki sud endigina boshlandi. Hatto Bobomurod hali ohirigacha o‘z ko‘rgazmasini bergani yo‘q. Shuning uchun biz sizga hech qanday ma'lumot bermaymiz», dedi Muzalevskaya «Eltuz» muxbiriga.

Advokat xonim Saloevning o‘z aybiga qisman iqror bo‘lgani, tergovda qanday ko‘rgazma bergan bo‘lsa, aynan takrorlaganini tasdiqladi, biroq himoyasi ostidagi shaxs bilan o‘zining o‘rtasida Bobomurodni ayblash uchun qandaydir «kelishuv» bo‘lganini inkor etdi.

«Saloev tergovda ham, sudda ham o‘z aybiga qisman iqror bo‘lganini bildirdi. Lekin kelgusida nima deb ko‘rgazma berishi hozircha noma'lum», dedi Muzalevskaya.

15 mart kuni sud majlisida bo‘lgan huquq faoli A'zam Turg‘unov Saloevning o‘zini tutishi, aybini tan olishi unga ancha shubhali ko‘ringanini aytadi.

«Suddagi chiqishida Saloev zaldagi sudlanuvchilarni qo‘llashga kelgan jamoatchilikka qarata: «Biz haqimizda har xil «sahnalashtirilgan» ortiqcha gap tarqatmanglar», dedi. Endi iltimos qilib gapiryapti, lekin ko‘rinib turibdi, unga kimdir, nimadir o‘rgatgan», deydi huquq faoli.

Shuningdek, Turg‘unov sudlanuvchilarning sudda qatnashayotgan advokatlari orasida faqat Sergey Mayorov astoydil o‘z mijozini himoya qilayotganini bildirdi.

«Qolgan advokatlarning oyoq olishi g‘alati, biror savol bersak, go‘yoki biz nonini tortib olayotganday, indamay to‘rsayib olishadi, maqsadi nima ekanini bilib bo‘lmaydi», deydi huquq faoli «Eltuz» muxbiriga.

Jurnalist Bobomurod Abdullaev, bloger Hayot Nasriddinov, tadbirkorlar Ravshan Salaev va Shavkat Olloyorov ustidan keyingi sud majlisi 26 mart kuniga belgilangan.

Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bobomurodni shu yilning 27 sentyabrida o‘g‘irlab ketgan, oradan uch kun o‘tib, uning hokimiyatni ag‘darishga urinishda ayblanayotgani ma'lum bo‘lgan edi.

«Eltuz» nashri «Usmon Haqnazarov» taxallusi ostida 2003 yildan buyon tanqidiy maqolalar yozib kelgan jurnalist Bobomurod Abdullaevning sudi bilan bog‘liq jarayonlarni kuzatishda davom etadi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 aprel 2016
“Konstitutsion tuzumga tajovuz”, “Qo‘poruvchilik”, “Ta'qiqlangan tashkilotlar tuzish va ularga a'zolik” kabi bir biridan vaximali moddalar bilan ayblangan “Aramais va ...
21 iyun 2022
Eltuz tahririyati shu yilning 23 fevral kuni e'lon qilingan “Allamjonov 4.2 mln $ tillani chegaradan qanday olib o‘tdi?” sarlavhali ...
16 yanvar 2023
Hali rasman tasdiqlanmagan xabarga ko‘ra 15 yanvardan 16 yanvarga o‘tar kechasi ishdan olingan sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jaev 16 yanvar ...
9 aprel 2016
O‘zbekistonda bitiruvchilardan ish bilan ta'minlangani, ko‘plari esa uy ishlariga bandligi yuzasidan qo‘shib yozishlar bo‘layotgani, ish haqi esa nihoyatda pastligi ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...