Catira
18 aprel 2018

Mirziyoev uchun teatr

Mirziyoev N viloyatining olis bir tumaniga vertolyotda uchib keldi. Yurtboshi tikuchar zinasidan tushib, atrofga alanglab qaradi. Atrof ivirsib yotibdi. Hamma tomon chiqindi. Daraxtlar oqlanmagan. Mahalliy hokim qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib, ayyorona jilmayib turibdi.

«Mana, bo‘lar ekan-ku! Meni keladi deb ko‘cha supurmaganing bilinib turibdi», deya yurtboshi hokimning yelkasiga qoqib, majlis zaliga kirib ketdi.

Tashqarida qolgan hokim o‘rinbosari ko‘chaga chiqindi sepib, oqlangan daraxtlarni qoraga bo‘yab yurgan o‘qituvchi, shifokor va teatr artistlarga uyiga javob berish oldidan navbatdagi vazifani belgilab berdi:

«Ertaga yurtboshi N tumaniga borib, tovuqxona ochilishida qatnashadi. Sizlar sal oldin borib, hamma yerga chiqindi to‘kib chiqishlaring kerak. Viloyat teatri artistlari esa “asalari boquvchi” hoji ota , “tovuq boquvchi” tadbirkor, “limon yetishtirayotgan” sobiq terrorchi rolini o‘ynab berishlari shart. Qani, marsh! Haromilar!!!»

O‘qituvchi, shifokor va artistlar bo‘ynini qisgancha dono yurtboshini duo qilib, arzon uylari tomon ketishdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 sentyabr 2020
Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 7 yigit 15 sentyabr kuni 20 yashar qizni guruh bo‘lib zo‘rlaganlikda ayblanib qamoqqa olindi. Bu ...
29 may 2016
Tinchlik va xotirjamlik har qanday ezgu ishlarning debochasi ekanini hech kim inkor etmaydi. Lekin aynan shu ezguliklar ortida aslida ...
13 dekabr 2016
2006 yilning aprelida uni hibsga olishgan payti A'zam Farmonov 27 yoshda edi, bugun u 38 yoshga to‘ldi. Yangi prezidentning ...
9 dekabr 2019
Abduvali Qutbiddin 8 dekabr kuni 59 yoshida Toshkentda vafot etdi. Zamondoshlari nazdida u o‘zbekning dalli bir shoiri edi. Undan ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...