Catira
20 aprel 2018

Muhammadning boshiga kavush bilan urgan o‘qituvchi jazolandi

Kollej o‘quvchisini urgan urganchlik o‘qituvchi Zebo Nafasova 14 aprel kuni ishdan bo‘shatildi.

Uning ishdan ketishiga oyoq kiyimi bilan o‘quvchini urayotgani aks etgan videoning ijtimoiy tarmoqda tarqalgani sabab bo‘ldi.

Videoda Urganchdagi avtoyo‘l kolleji biologiya o‘qituvchisi 17 yashar Muhammad Jumanazarovni qo‘lidagi ayollar tuflisi bilan qarsillatib urayotgani aks etgan.

«Nega dars qoldirding? Men seni shu bugun yo‘q qilaman»,- deya o‘qituvchi qo‘lidagi oyoq kiyimi bilan bolaning yuziga, yelkasiga bir necha bor soladi.

Video yuzasidan ijtimoiy tarmoqdagi bahslarda bola tarbiyasi bo‘yicha o‘zbek jamiyatining ikkiga bo‘linganini kuzatish mumkin.

«Kaltak yeb turmay, bu o‘qituvchining urib jag‘ini sindirish kerak… Bu tarbiyalamayapti, yigitni qo‘rqoq qilib qo‘yyapti… Agar o‘zining bolasini kimdir ursa, itga o‘xshab akillab borardi…», deya izoh qoldirdi feysbukda Ilhomjon Abdumo‘minov.

Ayni paytda o‘qituvchi tarafini olayotganlar ham kam emas.

«O‘g‘il bolani tarbiyalash juda qiyin, ayniqsa quloqsiz bo‘lsa! Hech narsa qilmaydi urgan bo‘lsa! O‘g‘il bola, qilgan aybiga yarasha ursa, buning yomon joyi yo‘q! Hadeb o‘qituvchini ayblash noto‘g‘ri, vaqti kelsa o‘zimizni qonimizga tashna qilib yuboradi bu o‘g‘il bola zoti!))», deya yozadi 3 o‘g‘li borligini pisanda qilib Dilya ismli ayol.

O‘zbekiston ta'lim tizimida o‘qituvchilarning maktab o‘quvchilarini, talabalarni urishi yangilik emas.

Masalan, 2017 yilning 16 martida farg‘onalik boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining bolalarni o‘quv quroli bilan urayotgani aks etgan video tarqalgan, voqeadan ko‘p o‘tmay o‘sha o‘qituvchi ham ishdan ketgan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 noyabr 2017
Bu yil O‘zbekistonda majburiy terimchilar – pedagog, tibbiyot xodimlari va boshqa turli kasblardagi byudjet va xo‘jalik korxonalari xizmatchilari paxta ...
26 aprel 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
20 yanvar 2017
«Xalq so‘zi» gazetasida (18.01) O‘zbekiston inson huquqlari milliy markazi raisining inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro paktlarning 50 yilligiga bag‘ishlab Moskvada ...
28 noyabr 2020
Afu et meniTaqlid qilolmadim, kechir, Vatanim –Tosh kabi bardoshli bo‘lolmadim hech.Sapchib turgan esam, aybsitma meni,Afu et, axir men o‘lolmadim ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...