Catira
4 iyun 2018

O‘zbekistondagi tamaki monopolistining g‘alati “zarari”

O‘zbekistonning 90 foiz bozorini egallagan qo‘shma korxona shaklidagi “O‘zBAT” aktsiyadorlik jamiyati 2017 yil yakunlari bo‘yicha 1 trillion so‘mdan ortiq zarar ko‘rganini e'lon qildi, deya xabar berdi “Novosti Uzbekistana” sayti.

Agar buni dollarga o‘girsak, 125 million bo‘ladi. Korxonaning daromadi 1,2 trillion so‘mni tashkil etgan holda xarajatlari ancha yuqori bo‘lgan. Asosan, valyuta kursidagi o‘zgarishlardan kelgan zararning o‘zi 1,5 trillion so‘mdan (187,5 mln dollar) oshib ketgan.

Asosiy xarajatlar tamaki va uning urug‘ini, o‘ramlar, aromatizatorlar va ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallarni sotib olishga sarflangan.

Buning uchun katta miqdorda valyuta talab etilgan va kompaniya o‘tgan yilning oktyabr oyida “Orient Finans” banki bilan qariyb bir trillion so‘mga 125 million dollar sotib olish haqida bitim tuzgan.

Mavjud moliyaviy vaziyatdan chiqib ketish uchun qo‘shma korxona rahbariyati o‘tgan yillarda olingan foydani zararni qoplashga yo‘nalishtirishga qaror qilgan, shuningdek, 2017 yil uchun dividentlar to‘lashdan voz kechgan.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida monopolist zarar ko‘rishini mantiqqa moslashtirish juda qiyin. Buni faqat olingan daromad qaysidir yo‘llar bilan “chapga” ketgani bilan izohlash mumkin nazarimizda.

Fikrimizni asoslashga urinib ko‘ramiz. Yuqoridan xabardan kelib chiqadiki, “O‘zBAT” oldingi yillarda, ya'ni hali erkin konvertatsiya yo‘lga qo‘yilmagan paytlarda valyutani bozordagidan ancha past bo‘lgan davlat narxida sotib olib kelgan.

Zero, o‘tgan yili ko‘rilgan zararning asosiy sabablaridan biri sifatidagi valyuta kursidagi o‘zgarishlar ko‘rsatilmoqda.

Bunday maqomga esa, so‘nggi vaqtlarda mamlakatning hozirgi rahbariyati ham tan olayotganidek, aksariyat hollarda faqat yuqoridagi “xos” odamlar bilan kelishgan holda erishish mumkin bo‘lgan.

E'tibor qaratish zarur bo‘lgan ikkinchi holat “Orient Finans” banki bilan juda katta miqdordagi valyuta qimmatliklari bo‘yicha kelishuvdir.

U o‘tgan yil sentyabr oyida valyutaning erkin konvertatsiyasi o‘tilishi ortidan juda qisqa muddatda, ya'ni oktyabr oyida amalga oshirilgan.

“Orient Finans” banki esa bugun hibsda saqlanayotgan yoki ustidan tekshiruv ketayotgan juda yirik korruptsionerlar bilan aloqador ekanligi haqida muayyan sabablarga ko‘ra rasman tasdiqlanmagan ma'lumotlar bor.

Agar shu nuqtai nazardan qaraydigan bo‘lsak, bu ishlar katta miqdordagi valyutani mamlakatdan olib chiqib ketish amaliyoti bo‘lishi mumkinligi haqida shubha uyg‘otadi.
Qolaversa, hatto 2 oy ichida o‘z mahsulotlari narxini 3 marta oshirishga ulgurgan monopolistning ulkan zarar ko‘rganiga qanchalik ishonish mumkin?

“O‘zBAT”ning asosiy aktsiyadori – “British Amerikan Tobakko” (BAT) korporatsiyasi O‘zbekistonda 1994 yildan buyon faoliyat yuritadi. Uning mamlakatga kiritgan sarmoyasi miqdori 300 mln dollardan oshgani aytiladi.

Kompaniya korxonalarida mingdan ortiq kishi mehnat qiladi. Uning tarkibida Samarqand sigareta fabrikasi va Urgut fermentatsiya zavodi bor.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 noyabr 2016
O‘zini avvaliga Sabrina deb tanishtirgan 22 yashar O‘zbekiston vatandoshi Mushtariy. S dugonasi asli ozarbayjonlik 23 yashar Latifa Mamedova bilan ...
15 avgust 2022
Taniqli siyosat arbobi va shoir Muxammad Solih suhbatining davomida sevimli ayoli Oydin xonim bilan kechirgan hayoti, birga Islomni qabul ...
10 aprel 2021
Faloniy o‘ylar: nechun Tomni bosdi tog‘dek qor. Bir nayrang yetgan ko‘kka, Amerika aybdor. Sigir qochmas buqadan, Bolalar ayronga zor. ...
31 dekabr 2020
Yangi yil arafasida Farg‘ona va Navoiy shahri markaziy maydonlariga o‘rnatilgan archalar yonib ketdi. eltuz.com
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...