Ko‘zqarash
31 avgust 2018

General va oddiy fuqaro o‘rtasidagi jarlik

Tungi klub qo‘riqchilari bilan pichoqlashuvda 8 avgust kuni toshkentlik sportchi Jamshid Kenjaevning o‘limi ortidan mamlakatda «tozalash» ishlari boshlab yuborildi.

Bezorilik voqeasi bois, mamlakatda hususiy sektorga qarshi hujum kampaniyasi O‘zbekistonda mansabdor shaxs bilan oddiy fuqarolar o‘rtasidagi masofa qanchalik uzoqlashganini namoyish qildi.

«Eltuz» nashri sobiq biznesmen va huquqshunos Bobur G‘ulomovning Oliy mansabli general bilan hususiy suhbati asnosidagi mulohazalarini e'tiboringizga havola etadi.

Oygacha borib qaytishchalik masofa yoki Oliy mansabli general bilan hususiy suhbat

– Militsiyaning Toshkent shahridagi oddiy tarkibi hursand, chunki Jamshid Kenjaev shaxsi (Aurum 898) «operativniklar» rejasida bir yildan ortiq turishiga qaramay, hech uni qo‘lga tushirishning uddasidan chiqa olishmayotgandi.

– Qaysi ma'noda?

– Jamshid Kenja (laqab) tag‘in o‘sha oldingi «meva», bezori sportsmenlardan brigada tuzib, yonida doim pichoq bilan yuradigan va ko‘plarni pichoqlashga ulgurgan, hatto O‘zbekistondan tashqarida qidiruvda bo‘lgan.

– «Aurum 898″da nima bo‘lgan edi?

– Shershe lya fam! O‘sha mudhish tunda kimnidir tanishi bo‘lgan qizni xafa qilishgan, qiz do‘stiga shikoyat qilgan, u esa Jamshidni olib kelgan. Klubning qo‘riq bo‘linmasi hali yangi, Jamshid Kenjani tanimasdi, tintuv payti uning yonidan pichoq topishgan, pichoq bilan kirishga ruhsat berishmagan, keyin dahanaki jang boshlangan, shundan so‘ng u ikki qo‘riqchiga pichoq bilan zarba bergan. Buning hammasi tarqalgan videoyozuvlarda aks etgan.

– Mda… mana senga sportsmen?!

– Ha sportsmenlardan tarkib topgan bunday bandalar hozir shaharda 5-6ta. Istagancha bezorilik qilishadi.

– Nimaga unda ularni «yopishmaydi»?

– Imkoni yo‘q… har safar suvdan quruq chiqishadi, jabrlanuvchiga tahdid solishadi, huquq posbonlari bilan pul evaziga kelishishadi, kattakonlar ularning tarafini oladi. Mana shunaqa!

– (Davom etadi) Hozir vaziyatdan foydalanish kerak, «sportsmenlar» haddidan oshgan tungi klublarning barini yopish kerak, ularning sport klublari va trenajer zallariga esa umuman buldozer solish kerak. Yarim yil ichida Toshkent tozalangan bo‘lardi.

– Klublar va sportzallarni nimaga yopish kerak?

– Agar 10 tasiga buldozer solinsa, hech yomon bo‘lmaydi, qaytanga qolganlar uchun yaxshi o‘rnak bo‘lardi!

– Unda biznes, hususiy mulk nima bo‘ladi? Axir muammo bu maskanlarda emas. Hech bir holatda xususiy mulkka teginmaslik kerak. O‘zingiz aytayapsiz, bu «sportsmen»lar o‘z qilmishlarini pul evaziga hal qilib kelishgan. Demak uchastkavoylar, TIIB boshliqlari, tezkorlar, tuman prokurorlari va hokazolarni jazolash kerak. Asosiy muammo huquq tartibot idoralarining korruptsiyalashganida, chunki o‘shalar ulardagi o‘zboshimchalik va jazosizlikni hakalak orttirishgan…

Men o‘zimga nisbatan, g‘azabnok va norozi nigohni sezib, jim bo‘ldim. Garchi yana nimalardir demoqchi edim.

O‘zim bilan suhbat…

Dialog lahzalik monolog shaklida kallamda davom etdi:

– Bilasizmi, turli davrlarda men biznes bilan shug‘ullanganman, turklar, eronliklar, qirg‘izlar bilan qo‘shma korxonalar ochganman. Biznesga qarshi o‘ylab topilgan bu kabi kampaniya qandayligini, SNBchilarning shirkatni qanday sindirishlari, har hil joynamoz tashlashlari, xomashyo va mollarni qanday musodara qilishlarini o‘z tanamda his qilganman. Keyin soliqchilar kelishadi, tushunarsiz tarzda, tomga qarab jarimalarni hisoblashadi. Prokuratura jinoiy ish ochadi, sudlar «aybdorlar»ni sud qilishadi, jarima belgilashadi va hokazo.

– Yarim yil, uzog‘i bilan bir yil o‘tadi, ruhan va moddiy o‘zingga kelib ulgurmay hammasi tag‘in takrorlanadi.

– Va taxminan yillar o‘tadi, toki bu biznes-mazoxizm odamning joniga tegib uni tashlab ketmagunicha, kimdir taslim bo‘lmagunicha yoki shunchaki bor-budidan ayrilmagunicha (mening holatimda shunday bo‘lgan).

– Karimovning butun hukmronligi davrida ulkan miqdordagi turli biznesni yo‘q qilish va hususiy kapitalni tortib olishga qaratilgan kampaniyalar amalga oshirilgan.

– Har qanday kampaniya, toki buyuk va hamma narsani biluvchi Leviafan yetarli miqdorda qurbon qonini so‘rib olmaguncha davom etgan, uning «posbonlari» esa sidqidildan, o‘z foydalari uchun ham qon topishda davom etishgan.

– Garchi, birinchi Prezidentning o‘lganiga allachachon ikki yil bo‘lgan bo‘lsada, oddiy vatandoshlar va oliy amaldorlar o‘rtasidagi jarlik hamon ulkanligicha qolmoqda.

– Garchi bu oraliq: konstitutsiya; qonun ustivorligi; vatandoshlar huquqi va erkinliklari; korruptsiya; davlatning maqsad va vazifalari kabi tushunchalarga ko‘ra bu qadar katta bo‘lmasligi kerak.

– O‘rtoq general, men endi anglab yetdim, bu masofa, Oygacha borish va qaytishga tengligini. Bu siz bilan o‘rtamizdagi jarlikning kattaligi!

P.S. Hukumatdagilar chet el sarmoyasini istashadi? Ular albatta bo‘ladi, faqat buning uchun eng avval oddiy o‘zbekistonliklarning sarmoyasi ta'minlanishi kerak.

Bobur G‘ulomov
Toshkentlik huquqshunos
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 noyabr 2016
O‘zbekiston Huquq himoyachilari alyansi (O‘HA) tarqatgan matbuot xabariga ko‘ra 2016 yilning 1 noyabri kuni Bo‘ka shahar Xalq ta'limi bo‘limi ...
23 fevral 2021
Qishloq xo‘jaligi mutaxassisi, 70 yoshli Ismoil Ospanov “Eltuz” orqali o‘z turkum chiqishlarini davom ettirib, navbatdagi videosini prezident Shavkat Mirziyoevning ...
28 noyabr 2018
Taniqli o‘zbek xonandasi Sevara Nazarxonni mahalliy TVda va boshqa joylarda namoyish etilayotgan reklama roliklarida ko‘p uchratish mumkin. Uning hamma ...
21 iyun 2020
(bo‘lgan voqea) Tarjimon sifatida Rossiyaning militsiya bo‘limlaridan biriga chaqirishgan edi. Bo‘limda jinoyatchi sifatida gumon qilingan shaxslar vaqtincha ushlab turilardi. ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...