Catira
7 sentyabr 2018

Hukumat internetdan foydalanishni cheklash qarorini chiqardi

O‘zbekiston hukumati 6 sentyabr kuni Internet veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi.

Ushbu nizomga muvofiq, tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud bo‘lgan veb-sayt yoki blogerlarning sahifalari sud qarorisiz yopilishi mumkin.

Cheklovlarning uch bosqichi

  1. Hukumat taqiqlangan axborot resurslarini aniqlaydi. Bunga Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markaziga turli shaxslardan kelib tushgan murojaatlar asos bo‘ladi.
  2. Axborot resursi reestrga (qora ro‘yxatga) kiritiladi. Buning uchun monitoring markazi xulosasi va ekspert komissiyasi qarori asos bo‘ladi.
  3. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi internet tarmog‘idagi axborot resurslarini cheklash bo‘yicha tadbirlar amalga oshiradi.

«Qora ro‘yxat»ga tushish sabablari

Nizomdan ayon bo‘lishicha, quyidagi holatlar veb nashrlarining cheklanishiga sabab bo‘lishi mumkin:

«O‘zbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan o‘zgartirishga da'vat etish;

urush, zo‘ravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizm g‘oyalarini targ‘ib qilish;

davlat siri bo‘lgan ma'lumotlarni yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni oshkor etish;

milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, fuqarolarning sha'ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatish;

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish;

pornografiyani targ‘ib qilish. giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni targ‘ib qilish; pornografiyani targ‘ib qilish.

Garchi bu hujjat endi paydo bo‘lishiga qaramay, asosan, xorijda joylashgan va O‘zbekistondan xabarlarni mustaqil yoritayotgan veb saytlarga anchadan buyon to‘sib kelinadi. To‘silgan saytlarning ro‘yxati uzun va ularni birlashtiruvchi jihat o‘zbek tsenzurasi nazoratida emasligidir.

Masalan, «Eltuz» nashri yuqoridagi taqiq toifalarining birortasiga kirmaydi, ammo tashkil bo‘lgan birinchi kundanoq mahalliy provayderlar tomonidan to‘silib kelinadi.

Nizomga ko‘ra, cheklovlar uch bosqichda amalga oshiriladi: taqiqlangan axborot resurslari aniqlanadi, ular reestrga kiritiladi, «cheklash tadbirlari»ga kirishiladi.

Nizomda «qora ro‘yxat»ga tushish sabablari  kuzatilmasa-da, «Eltuz» nashri birinchi kundanoq mahalliy provayderlar tomonidan to‘silib kelinadi.

O‘zbekistonda yopiq saytlarga proksi orqali kirishga allaqachon ko‘nikishgan.

«Mamlakatni ishg‘ol qilgan Internetni qanday cheklash mumkin?» deya hayratlanadi rassom Tuz.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 yanvar 2017
Karimov davrida yirik moliyaviy jinoyatlarda ayblanib 18 yilga qamalgan Zeromaks shirkati ijro direktori Mirodil Jalolov ozodlikka chiqdi, ilgari Toshkent ...
7 mart 2020
Malika Hayo bint al-Husayn o‘g‘irlik, majburiy qaytarish, qiynoq va qo‘rqitish kompaniyasi boshida o‘zining sobiq eri, milliarder va Dubay amiri ...
28 oktyabr 2015
Sutkalab svet yonmaydigan, gaz o‘tkazilgan holatda, gazni trubasidan havo ham kemaydigan qishloqda, dvijok yoqib o‘tirganizda, xayolingizni bo‘lib, televizordan yonayotgan ...
10 dekabr 2019
Har yili 10 dekabr Inson huquqlari kuni sifatida nishonlanadi. 1948 yil ayni shu kuni tarixiy hujjat – Jahon inson ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...