Catira
28 yanvar 2019

Nukusda tug‘ilgan uch egiz qizga Shavkat, Miromon, Mirziyo ismi qo‘yildi

24 yanvar kuni Nukusda Jumamuratovlar oilasida tug‘ilgan uch egizak qizga prezident ismlari berildi. Bu haqda «Xalq so‘zi» gazetasi xabar berdi. «Eltuz» muxbiriga ma'lum bo‘lishicha, qizlarga oldin Osiyo, Robiya va Maryam deb ism qo‘yishgan, ammo mahalliy hokimlikdan olinadigan sovg‘a ta'masida qizlarga erkak prezidentning ismi qo‘yilgan.

28 yanvar kuni bu oila “Kobalt “ avtomobilini sovg‘a sifatida olgan.

2018 yilning dekabrida uch egizakka prezident ismini bergan toshkentlik Qoryog‘dievlar oilasi «Kobalt» avtomobili bilan siylanganidan so‘ng bu an'ana mamlakat bo‘ylab davom etdi.

Qo‘qonda tug‘ilgan va prezident ismi qo‘yilgan egizlarning ota-onasiga ham mashina berildi.

Shu oyning boshida Qashqadaryoning Chiroqchisida yashovchi 25 yashar Sadoqatxon ham shu niyatda uch egizak o‘g‘liga Shavkat, Miromon va Mirziyo ismlarini qo‘ydi.

Buxoroda, Qo‘qonda, Toshkentda tug‘ilgan egizaklarga ham prezident ismlari berildi.

Andijonda tug‘ilgan uchta egiz bolaga prezident ismi qo‘yilmagani uchun sovg‘a olishmadi.

Prezident ismlarini qo‘yib mukofot olish an'anasi marhum prezident Karimov davrida shakllangan edi.

2015 yili Qoraqalpog‘istonning Ellikqal'a tumanida tug‘ilgan Islom, Abdug‘ani va Karimlar oilasiga tuman hokimligi sog‘in sigir sovg‘a qilgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 oktyabr 2022
Kuni kecha Uchko‘prik tumanidagi 80 nafarga yaqin fermer avval prokuraturaga, so‘ng tuman hokimligiga chaqirtirilib, yerni topshirish haqida majburan ariza ...
1 aprel 2021
Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida istiqomat qiluvchi 14 yoshli M.R.ni bir necha marta tahqirlab, zo‘rlaganlikda ayblanayotgan A.X. qamoqqa olindi. Holat bo‘yicha “Eltuz” maqola e'lon ...
12 mart 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tgan sonlarda.) Xolli, uyqudan uyg‘onarkan, o‘zining qaerdaligini daf'atan eslay olmadi. Boshi qattiq og‘rirdi. O‘rnidan ...
11 aprel 2020
O‘zbekiston xalq shoiri, satirik va yumoristik janrdagi kitoblar muallifi Anvar Obidjon 73 yoshida 11 aprel kuni olamdan o‘tdi. Bu ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...