Asosiy mavzular
27 fevral 2019

«Bravo»chilar tarafdorimasman, ammo tsenzuraga qarshiman

«O‘zbekkontsert» «Bravo» va Halimaning litsenziyalarini bekor qilibdi. Hechqisi yo‘q, «O‘zbekkontsert»ning 3-4 ta tadbirida bepul qatnashib berishsa, sekingina hech kimga e'lon qilmay qaytarib berishadi. Bu mayli, lekin «O‘zbekkontsert» ko‘pchilikdan litsenziyani tortib olganda «ma'naviy qadriyatlarga yot bo‘lgan xatti- xarakatlari» degan ibora bilan asoslaydi. Xo‘p, unda bu ma'naviyat deganingiz qanaqadir normalashtirilgan, standartlashtirilganmi o‘zi? Nima zidu nima mosligi ro‘yxati bormi? Agar litsenziyani tortib olishga keltirilayotgan sabab konkretlanmagan bo‘lsa, unda ma'naviyatga zid mezonni xohlagan narsaga ishlatish mumkin.

Mayli, tortib olishdi. Men emotsional tarafdan buni qo‘llab-quvvatlayman. Lekin bu tsenzura. Qip-qizil tsenzura. Eng yomoni, mana shunday qo‘rqinchli iboralarni keltirib, litsenziyasi olinayotgan artistlarga bir-ikki oydan so‘ng «ma'naviyatimizga zid bo‘lgan palonchiga litsenziya qaytarildi», deyilmaydi. Bu esa ikkiyuzlamachilik. Hammaga reklama qilib olib tashlab, qayta sekingina berish shunchaki ikkiyuzlamachilik.

Xalq shunaqa kontsertlarga tushyaptimi, ko‘ryaptimi? Ko‘ryapti. Bas qilinglar yuksak ma'naviyat deb baqirishni. Xafa bo‘lmanglar, mana bizning ma'naviyat, mentalitet. Mana, bravo. Biz o‘zimiz o‘ylagandek pok-pokiza bo‘lganimizda o‘sha kontsertga hech kim tushmasdi. Va yetar hammani bir xil ma'naviyatga tiqish. Hammaning o‘z ma'naviyati bor. U umumiy bo‘la olmaydi. U fiktsiya. Yo‘q narsa. Ming kishidan so‘rang ma'naviyat nima deb, ming xil javob olasiz. Shunday ekan, bu faqat individuallik. Qachon qutulamiz bu pufak, primitiv va kulguli ideologiyadan?!

PS. «Bravo»chilar tarafdori emasman. Men uchun bu past sort yumor. Men ko‘rmayman ham, kuymayman ham. Lekin tsenzuraga ham qarshiman.

Nozim Safarov
bloger-shoumen

Tag‘in o‘qing
2 avgust 2016
Mustaqillik bayrami arafasida xorijliklarning o‘zbek xalqiga tabriklarini chop etish an'anasi shu kunlarda qizg‘in davom etyapti. «Jahon» axborot agentligi tayyorlagan, ...
8 avgust 2016
«Hurriyat» gazetasida (03.08.16) chop etilgan «Jamiyatni halokatdan qutqaruvchi kuch» sarlavhali maqolada Chor Rossiyasi va sho‘rolar davrida xalqimizning ma'naviy boyliklarini ...
10 may 2018
Eramizdan oldingi VI-V asrlarda yashab o‘tgan, «Dao De Tszin» asarini yozgan qadimgi xitoy faylasufi Lao Tszi so‘zlari 9 mayni ...
21 noyabr 2017
17-20 noyabr kuni Shvetsiyaning Stokgolm shahrida VI Yevroosiyo adabiyoti festivali bo‘lib o‘tdi. Postsovet davlatlar, jumladan, o‘zbekistonlik yozuvchilarning asarlari taqdim ...
Bloglar
22 noyabr 2024
Qudratlar ayrilgan tuzum, ya'ni demokratiya avtokratiyadan yaxshidir. Bu gapni aytaverib tilim qavardi. Demokratik jamiyat bo‘lgan ...
28 oktyabr 2024
(Eltuzga telegram orqali kelgan maktub) “Xorazm viloyati Urganch tumanlararo sud raisi Yo.A.Almosov janobi oliylarining bugungi ...
24 oktyabr 2024
Bir odam hammaga yaxshilik qilishga so‘z beribdi. Qo‘shnisi kelib uni otini so‘rab olib minib ketganicha ...