• Surat: Benksi, Bristol muzeyi
Ko‘zqarash
6 yanvar 2020

Allamjonov sovg‘a qilgan telefon sotiladi…

AOKA bloger va jurnalistlarni sotib olishi emas, huquqiy qo‘llab-quvvatlashi zarur. Uning bayonotlari juda kulgili. Vakolatlari bizni himoya qilishga yetmas ekan. Balki, xohish yo‘qdir.

Kecha, Otabek Nuritdinovning sudidan avval unga advokat yollash uchun mablag‘ zarurligi aytildi. AOKA tekin advokat bilan taminladimi?

Jurnalistlar uyushmasichi? (Menimcha uyushmaga bahona bor. Chunki, sudlanuvchi jurnalist emas, bloger.)

AOKA o‘zini maqtaydigan blogerlarga sovg‘a ulashguncha, erkin fikr uchun sudlanayotgan blogerga huquqiy yordam berishi, afzal emasmidi.
Balki, AOKA rahbarlarga jurnalist va blogerlarning tanqidlariga toqatli bo‘lish kerakligini seminarlar tashkil qilib o‘qitishi kerakdir. Bu o‘qishni esa avval o‘zidan boshlashni taklif qilar edim.
Axir, qachondir, qachondir tanqid qilgan taraf, erkin fikr yutib chiqishi kerak-ku!!!

Otabek Nuritdinovning sudidan so‘ng bloger va jurnalistlar «yanayam ehtiyotkorroq bo‘lish kerak», degan xulosaga kelishgan bo‘lsa ajab emas. AOKAga suyanib bo‘lmasligi ham kunday ravshan bo‘ldi.
Jurnalistlar uyushmasi esa faqat «oltin qalam» arafasida eslanadi.

Bir blogerni himoya qila olmadik.
Shilov kechirim so‘ramadi…
Ortiqxo‘jaevni prokuratura oqladi…
G‘aniev doim kechirim so‘rab qutuladi…
Shubhali investorlar mavzusi hech kimni bezovta qilmaydi…
«Oligarxlarimiz»ning «bo‘riboyvochchalari» haqida sizib chiqqan dahshatli malumotlarni tilga olishga ham qo‘rqamiz…
Uyi buzilayotganlarni «kechirim so‘rash» chellenjidan so‘ng unutdik…
Gaz, elektr muammolari qancha ko‘p yozilmasin «tepa» pinagini buzmaydi…

Qachondir, qachondir tanqid qilgan taraf, erkin fikr ham sudda yutib chiqishi kerak. 2018 Yil 27 iyun sanasida Allamjonov bir guruh jurnalistlar qatorida menga ham RedMi 5 smartfonini sovg‘a qilgan. Telefonni ishlatmaganman, yap-yangi uni sotmoqchiman. Mablag‘ esa Otabek Nuritdinov uchun ochilgan kartochkaga tashlanadi.
Qachondir erkin fikr va tanqid qiluvchilar ham g‘alaba qilishi kerak…

Ushbu surat amaldorlarning tanqidlarga toqatli bo‘lishlari kerakligini anglatadi. Uning muallifi Otabek kabi sud qilinmagan va Olloshukurova kabi jinnixonaga tiqilmagan.

Anora Sodiqova
Feysbukdagi sahifasidan

Tag‘in o‘qing
10 mart 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
31 avgust 2016
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida O‘zbekiston mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan pensionerlarga pensiya pullarini berish uchun maktab direktorlariga “Agrobank»ka 100 ...
15 sentyabr 2017
So‘zsiz surat. Rassom Tuz Eltuz.com
15 aprel 2023
Rassom Tuz: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ...
Bloglar
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...
28 mart 2024
Rossiya gumondorlarini qiynagani IShID versiyasini yo‘qqa chiqarmaydi.  Bu yerda bir eski siyqa tryuk ishlatiladi. Spetsslujbada bu ...