Catira
16 may 2020

Rus tilining eng katta muammosi Rossiya hukumatidir

O‘zbekistondagi, Qozog‘istondagi, Boltiqbo‘yidagi rus tilli ziyolilar va fuqarolar qanchalar aqlli, asosli argument keltirmasin, qanchalik do‘stona munosabatlarga va bag‘rikenglikka urg‘u bermasin, Kreml aralashadi-da, bu yerda imperial maqsadlar va g‘irromlik borligini ko‘rsatib qo‘yadi.

“Qoldirilgan izohlarning aksariyati shuni ko‘rsatadiki, rus tilining rasmiy tartibda saqlanishi tarix ruhi va munosabatlarimizning zamonaviy sifatiga, asosiysi — Rossiyada o‘qish yoki ishlashni tanlaydigan fuqarolarning manfaatlariga to‘la mos keladi”, deydi Mariya Zaxarova. Bu opa qanchalik chiroyli gapirmasin, imperialistik o‘tmishga, xususan, O‘zbekiston Rossiya koloniyasi bo‘lganiga, O‘zbekiston Rossiyaga iqtisodiy jihatdan bog‘liqligiga urg‘u berib turibdi. Shundanam bilsa bo‘ladiki, Kreml tillar o‘rtasidagi tenglik, xalqlar o‘rtasidagi bag‘rikenglikni emas, rus tili orqali boshqalarga bosim o‘tkazishni va bunda boshqa davlatlardagi rus tilli aholidan foydalanishni o‘ylaydi.

Iqtibosda aytilayotgan do‘stlik ruhini saqlash hamda o‘zbekistonlik muhojirlarning huquqlarini ta'minlash maqsadida Rossiyada o‘zbek tilini davlat tili deb e'lon qilishni, rus tili imtihonlarini bekor qilishni taklif qilaman. Bu taklifga Mariya Zaxarova nima derkin?

Ha-ya, yana bir shedevr esdan chiqib qopti. Nima emish, “davlat tilida ish yuritish tarafdorlari juda oz” emish (https://rus.ozodlik.org/a/30613981.html). “O‘zbek tilli saytlarni o‘qib, o‘zbeklar bilan muloqot qilib ko‘r gapirishdan oldin”, deydigan odam yo‘q.

Sobiq mustamlakalarda rus tili siqib chiqarilayotganiga asosiy sabab Kreml aralashuvidir. Qanchalar demokrat, bag‘rikeng bo‘lma, “Bir paytlar mening tilimda gapirgansan, tarix ruhiga mos bu”, deb turgan tomon ertaga “O‘zi o‘tmishda menga tegishli bo‘lgansan, qaytaqol”, demasligiga kafolat yo‘q. Rossiya imperialistik ambitsiyalarini tiyib olmasa, boshqa davlatlar rus tilini tahdid sifatida ko‘rishda, bundan esa rus tilli aholi aziyat chekishda davom etadi.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
11 sentyabr 2018
«2006 yilga qadar «Koson» zonasining tashqi shtabi tomi ustidagi soldat va snay­perlar yarim yil to‘xtovsiz “terrorchilar”ni kutib yashashdi. Ular ...
8 iyun 2021
Imtiyozli kredit ajratilishiga yordam so‘rab, 2 iyun kuni Koson tumani hokimligiga borgan ikkinchi guruh nogironi, 35 yoshli Dilshod Otaev ...
22 sentyabr 2018
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi sobiq direktori Jur'at Meliqulovga jiddiy tan jarohatlari yetkazganlar ustidan tergov yakunlanib jinoyat ishi sudga ...
11 iyul 2017
Prezident Mirziyoevning maktablarni 11 yillik tizimga qaytarish, buning uchun kollejlarni yopish taklifi O‘zbekistondagi ko‘pchilik tomonidan olqishlanmoqda. 18 iyun kuni ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...