Ko‘zqarash
15 oktyabr 2020

Mazlum xalqning shoiri semiradimi?

O‘nta roman yozay, ellikta she'riy to‘plamim nashr etilsin, yozganlarim dunyoning barcha yirik tillariga tarjima qilinsin, million nusxada kitob bo‘lsin, mayli.

Lekin ona xalqim dardi-mashaqqatini yozmasam, qiyinchiliklarini qalamga olmasam, oddiy o‘zbekning taqdiriga kuyunmasam, qalblardagi erk istagini oshkor etolmasam, yozuvchi ham, shoir ham emasman, bir tiyinman, sariq chaqaman, nolman, yo‘qman, hech kimman…

He, kiygan qimmat kostyuming, taqqan silliq bo‘yinbog‘ingdan o‘rgildim. Xalqim deb bo‘g‘zini yirtadigan yozuvchi odam ham shunaqa kiyinadimi?

Rauf Parfi qanaqa kiyinganini ko‘rmaganmiding? Bunaqa po‘rim kiyinib kimning ziyofatiga bormoqchisan, ziyofatda kimni maqtamoqchisan?

Semirganingni qara. Ikkala beting qizlarnikiday lo‘ppi. Hech jahonda mazlum xalqning shoir-yozuvchisi ham semiradimi? Bunaqasini endi ko‘rishim.

Rahimjon Rahmat

Yozuvchi

Tag‘in o‘qing
22 noyabr 2022
Joriy yilning 9 noyabr kuni Tokiodagi imperator saroyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz ...
30 sentyabr 2015
Bugun, 30 oktyabr kuni, kamida 4 nafar bo‘lgan bir guruh odamlar ikkita mashinada Angrendan to Toshkentgacha huquq himoyachisi Dmitriy ...
30 sentyabr 2016
Moskvadagi “Fuqaroviy ko‘mak” tashkiloti rahbari Bahrom Hamroevning Moskvadagi uyiga qo‘ng‘iroq qilgan eltuz.com nashri muxbiri, uning turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib, ...
20 iyul 2022
O‘zbekiston xalq artisti Afzal Rafiqov «Ozodlik»ning «Rossiya bosqini: gapirish fursati» dasturidagi chiqishida Rossiyani yoqlashini bildirdi. “Majbur bo‘ldi Rossiya. Rossiyani ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...