Catira
11 dekabr 2020

Jahongir Otajonov “musiqa harom”ligi uchun qo‘shiq aytmaydigan bo‘ldi

Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 10 dekabr kuni instagram sahifasida musiqa bilan shug‘ullanmaslini bildirdi:

“O‘zim yaxshi ko‘rgan, meni shuncha darajaga yetkazgan xalqimizning orasida ozmi-ko‘pmi obro‘ qozontirgan kasbim, ya'ni musiqachilikdan Alloh uchun, shariatimizga to‘g‘ri kelmagani uchun voz kechdim! Bugundan boshlab menga musiqachilik kasbi bo‘yicha murojaat qilmanglar. Birinchi yanvargacha olingan to‘ylarimiz, kontsertlarimiz bor. Oldindan olingan bo‘naklarni bemalol murojaat qilib qaytarib olishlaringiz mumkin. Men u sahnalarda ishtirok eta olmayman. Sizlardan iltimos qilaman. Mening musiqalarim qaerda bo‘lsa, Yutubda bo‘ladimi yo MP3da, o‘chirib tashlashlaringni so‘rayman. Zotan, musiqa shariatda nomaqbul hisoblanar ekan, sizlarningham gunohkor bo‘lishingizga sababchi bo‘lishni xohlamayman”.

«Eltuz» muxbiri Otajonovning o‘zi bilan bog‘landi. Muxbirimiz bilan suhbatda Jahongir Otajonov “bundan buyon diniy nashidalar kuylashni rejalagani»ni aytdi.

Ijodi doimo munozaralar uyg‘otadigan Jahongir Otajonovning qarori ijtimoiy mediada kichik to‘fonga sabab bo‘ldi.

Xurshid Habib: Kontsertiga Germaniyadagi ishimdan ta'til olib borganman. Aviabilet xarajatlari va kontsertida qarsakdan qavarib ketgan kaftlarim og‘rig‘iga roziman. Ijtimoiy tarmoqda ko‘p o‘ralashib qoldi. Avvaliga hamma meni sevadi, deb o‘yladi. Keyin virtual mutaassib terrorchilarning bosimiga dosh berolmay qoldi. San'atdagi birinchi va oxirgi qurbonimiz emas.

Doniyor Ahmedov: Bir so‘z bilan aytganda – populizm

Sherzod Turdiev: Kuylash, musiqa harom bo‘lsa, qolgan san'atkorlar haromxo‘rmi shunda? O‘zbek san'ati uchun unchalik ham katta yo‘qotish emas, deb o‘ylayman. Nasha chekvolsa, yana qo‘shiq aytaversa kerak hali…

Madina Xo‘jamqulova: Uning musiqiy bilimlarini qadrlayman, uning bir qancha intervyularidan bilaman-ki… U san'atsiz to‘laqonli yashay oladi, deb o‘ylamayman. Afsuski, uning egoistik hislari tushunarsiz, o‘zgaruvchan. Menimcha, uning o‘zi biladi u san'atdan ketsa san'at emas, u juda ko‘p narsalarni yo‘qotishini…

Nodi Tulyaganova: Qo‘shiq etish gunoh bo‘lsa, nega san'atda ishlagan pullarini tarqatmayapti? Harom-ku uning mantiqi bo‘yicha?
Endi u to‘ylagayam, boshqa kontserlagayam bormasligi kerak. Musiqa harom bo‘lsa, uyda o‘tirsin. Uy – masjid – uy.

Kazbek Radjovich Jaksыmuratov: Kak chelovek, konechno, on tot yeщe frukt, no kak pevets on luchik sveta v Uzbekistanskom shoubize! Pechalno, chto religiya zastavlyaet prinimat podobnыe resheniya.

Jamshid Nurqul: Jahongir Otajonovni hurmat qilaman, uning qarorini ham. Ammo ahmoqona qaror qabul qilibdi. Harom deb har narsadan kechaversa, bu dunyoda yashamasligi kerak.

Sharif A.T.S: Jahongir Otajonovni san'at yuksak darajalarga ko‘targan edi, endi biz uchun u o‘ldi, uni o‘ldi deb qo‘yaveramiz, Uni «san'at» o‘ldirmadi, uni «islom» o‘ldirdi!

Umar Abdullaev: Jahongir Otajonovning muxlisi emasman, lekin u omma o‘rnatgan «ramkaga» qo‘yib qo‘ygani, o‘z fikriga ega ekanini hurmat qilardim. Nimagadir bizning odamlar din desa o‘zligini yo‘qotib qo‘yadigan darajaga tushib qolishadi. Jahongir Otajonov ham xuddi shu ko‘yga tushdi. Uning qaytishiga ishonaman, unday insonlar musiqasiz, ijodsiz yashay olishmaydi. Oxirgi 3-4 yil mamlakatda dinning roli kuchaydi, insonlar yana dinga sho‘ng‘ishni boshlashdi. Bu narsa davom etar ekan, qoloq davlatlar qatoridan xali-beri chiqmaymiz.

Azimjon Kamilov: Chalasavod, johil olomon oqimiga qo‘shilib, ularning ta'siriga tushib qoldi shekilli. Lekin, o‘ylashimcha, bu vaqtinchalik. Balkim yangi piar aktsiyadir… Alloh bilguvchidir 🤷🏽‍♂️

Gulinoz Rakhmatova: Bunaqa ishlar (san'at harom, yangi yil bayrami gunoh)ni amalga oshiruvchilar xalqni ongiga ichkaridan ta'sir qiladi, deb o‘ylayman. Ishonuvchilar bayram qilmaslik mayli, qo‘shiq ham eshitmay qo‘yib, zulmatga sho‘ng‘ishadi. Jiyanim nay chalib laureat bo‘lgandi va konservatoriyaga kirishga imtiyoz berildi. Shunaqa to‘lqinga tushib qolib voz kechdi. Bir yil davomida turli tushuntirishlar bilan anglab yetdi. Bu yil konservatoriyaga o‘qishga kirib davom etiryapti, lekin baribir bu voqeaning ta'siri bo‘ladi unga o‘xshaganlarga.

Shohruhmirzo Navruzbekovich Tulanboyev: «Oq kabutarlar» va «Yor-yor» qo’shiqlarini umrim oxirigacha eshitaveraman. Qolgani uncha qiziqmas.

Xonanda Jahongir Otajonov 1978 yilda Xorazm viloyatining Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. O‘zbekiston xalq artisti, marhum Ortiq Otajonov Jahongirning amakisi bo‘ladi. Jahongir Otajonov 2003 -2009 yillar mobaynida Toshkentdagi Muxtor Ashrafiy nomidagi konservatoriyada o‘qigan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 iyul 2018
O‘zbekistonning «Sevimli» telekanalida 15 iyul kechki payt ko‘rinib ketgan seks sahnasi haqidagi malomatlar ijtimoiy tarmoqda hali ham tingani yo‘q. ...
27 aprel 2022
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Jenevada bo‘lib o‘tgan tadbirdagi chiqishida Karimov davrida ...
29 sentyabr 2023
RT: Yashash soatining oltin kapgiri  Har borib kelishi bir olam zamon.  Koinot shu damda o‘z kurrasidan  Yasab chiqa olur ...
11 yanvar 2018
1 yanvardan Toshkent shahrining davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta'minlanadigan bolalar bog‘chalarida to‘lov narxlari 24,3 foizgacha qimmatladi. Davlat byudjetidagi maktabgacha ...
Bloglar
6 may 2024
Hayrli kun! Urganch shahrida yashayman. Bugun quyidagi voqea yuz berdi: men avtobusda telefonda gaplashib turgandim. ...
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...