Asosiy mavzular
28 fevral 2022

Bugun Ukraina, ertagachi?

27-fevraldan 28 fevralga o‘tar kechasi Vena shahar maydoni namoyishchilar bilan to‘ldi. Ular Ukrainani qo‘llab quvvatlashmoqda. Tarixiy binolarda Ukraina bayrog‘i ramzi aks etgan. Eslasangiz, 1938 yili Gitler ayni hudud – Avstriyani u yerda yashayotgan nemislarning toptalgan haqqini himoya qilishni bahona qilib  bosib olgan edi.

O‘sha paytda ger Gitler bilan muzokaralar olib borgan va Angliyaga urush ochmaslik yuzasidan tinchlik bitimini imzolashga erishgan Buyuk Britaniya Bosh vaziri Chemberlen bir yil o‘tmay yurak hurujidan vafot etadi. Chunki u tuzgan betaraflik va tinchlik bitimi bu ikkinchi jahon urushining boshlanishiga olib kelgan edi. Shunga o‘xshash bitim Gitler va Stalin o‘rtasida ham imzolangan edi. Biroq bu qog‘ozlar tarix taxmonlarida qolib ketdi.

Mamlakatlar tinchlikni saqlash uchun Rossiya Ukrainada boshlagan urushga betaraf turishni istashmoqda, muzokaralar bilan band bo‘lishmoqda. Bu vaqtda esa Ukrainada urush davom etmoqda.  Tarix takrorlanmoqda. Faqat bu safar Gitler o‘rniga Putin. Navbatdagi davlat qaysi? Har holda Italiya emas…

Qudrat Bobojon,

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
10 avgust 2020
Koronavirus kundaligi Qizimning qo‘g‘irchog‘i bilan uyda yolg‘izmiz. Ikkimiz ham bir odamchani sog‘inayapmiz. Faqat qo‘g‘irchoq yig‘lay olmaydi. Yolg‘izlik huvillagan uyda ...
13 dekabr 2017
12 dekabr kuni Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) O‘zbekistonda hukumatning majburiy mehnatni tugatish choralarini ko‘rgani haqida bayonot berdi. XMT saytidagi ...
9 noyabr 2023
Izboskan tumani Andijon viloyati tarkibida ta'sis etilganiga 97 yil bo‘lgan. Ammo, Eltuz suhbatlashgan izboskanliklar, tuman tarixida biron hokim Serobiddin ...
6 dekabr 2022
“Qonunlar tugagan joyda zulm va tiraniya boshlanadi”, degan edi 17-asrda Britaniya bosh vaziri bo‘lgan davlat arbobi va huquqshunos Uilyam ...
Bloglar
30 aprel 2024
1990 yilning 30 aprelida mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk demokratik partiya – «Erk»ning ta'sis qurultoyi bo‘lib ...
21 aprel 2024
Kartinani kecha uyimga olib keldim. Bir kecha termilib yotmoqchi edim. Lekin imkon bo‘lmadi. Doimgidek hayot ...
6 aprel 2024
Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda ...